Ekologiya huquqi (Kazus).
1-kazus.
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani prokuraturasiga tumandagi Oqdaryo qishlogʻi fuqarolaridan shikoyat kelib tushdi. Ushbu shikoyatda “Toza hudud” DUK tomonidan 2 yil muqaddam qishloq yaqinidagi adirda chiqindi poligoni qurilganligi, ayni paytda qishloq aholisi ushbu poligondan tarqalayotgan tutundan aziyat chekayotganligi, poligonda chiqindilar qayta ishlanib, yoʻq qilinishi oʻrniga ularga oʻt qoʻyilayotganligi, undan chiqayotgan tutun Oqdaryo qishlogʻi aholisiga tunda ayniqsa qariyalar va goʻdaklarning nafas olishga juda qiynalishayotganligi bois Kitob tumani hokimiyatiga murojaat qilishganida tuman hokimiyati tomonidan tegishli choralar koʻrilmaganligini, tutun esa pasayish oʻrniga kuchayganligi keltirilib, qishloq fuqarolari poligon faoliyati toʻxtatilishini soʻrab murojaat qilishgan. Tuman prokuraturasi viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining viloyat boshqarmasiga ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida murojaat qildi.
Ushbu muammoli vaziyatni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hal qiling.
Javob.
Do'stlaringiz bilan baham: |