Biologik omil – soz holatdagi yoki ishga layoqatli ob’ektning buzilishini keltirib
chiqariladigan organizmlar yoki jamoalar.
Biom – biosferaning o’simlikning qandaydir asosiy turi bilan yoki landshaftning
boshqa o’ziga xos xususiyati bilan tavsiflanuvchi yirik regional yoki subkontinental
134
bo’linmasi.
Biomassa – bir turdagi individ, turlar guruhi yoki o’simlik, mikroorganizm va
hayvon jamoalarining o’zi o’sib yoki o’simlik, mikroorganizm va hayvon
jamoalarining o’zi o’sib yoki yashab turgan yer yuzasi yoki muhit hajmi birligiga
to’g’ri keladigan umumiy vazni; ko’pincha ho’l yoki quruq moddalar holida
ifodalanadi (g/m
2
, kg/ga, g/m
3
...). fitomassa, zoomassa, mikroorganizmlar massasi
farqlanadi.
Biosfera – aktiv hayot sohasi, atmosferaning quyi qismini, gidrosferani va
litosferaning ustki qismini o’z ichiga oladi. ―Biosfera‖ termini 1875 yilda kiritilgan.
Quyidagilar biosfera evolyutsiyasining asosiy omillari hisoblanadi: abiotik (geologik,
kosmik); biotik (o’zgaruvchanlik, ya’ni mutatsiyalar, irsiyat, yashash uchun kurash,
babiiy tanlanish); shuningdek, antropogen omillar.
Biota – ma’lum bir chegara doirasida tarqalgan o’simlik, hayvon va
mikroorganizmlarning turlari kompleksi. Biotsenozdan farqli ravishda, biotada
turlararo ekologik aloqalar bo’lmaydi.
Biotop – yer yuzasi (quruqlik yoki suv havzasi) ning muhit sharoiti bir xil bo’lib,
biotsenoz egallangan qismi. Yerning asosiy biotoplari: dengiz va okeanlar – 71%;
tog’ va cho’llar – 16 %; muzliklar, changalzor, o’rmonlar – 8 %; ishlov berishga
yaroqli yerlar – 5%.
Biotsenoz – quruqlik yoki suv havzasining ma’lum qismida o’sadigan va
yashaydigan, o’zaro munosabatda bo’lib, tashqi muhit sharoitiga moslashgan
o’simlik, hayvonlar va mikroorganizmlar komkleksi (masalan, ko’l, o’rmon
biotsenozi).
Bonitet – xo’jalik nuqtai nazaridan ahamiyatli bo’lgan ob’ektlar yoki
o’rmonzorlarning, ularni boshqa o’xshash tuzilmalardan farqlovchi tavsifi (o’rmon
boniteti, tuproq boniteti).
Vitasfera – biosferaning hozir yashayotgan organizmlarning hamda ular
tomonidan biogen aylanishga tortiladigan atmosfera, gidrosfera va litosferaning bir
qismini oluvchi qatlami.
Genofond – turlar qandaydir guruhi genlari yig’indisidan iborat nasliy axborot.
135
Ba’zan, genofond deganda, tirik organizmlar turlarining butun jami tushuniladi.
Geosferalar – yerni tashkil qilgan, fizik xossalari va kimyoviy tarkibiga ko’ra
farq qiladigan konsentrik qobiqlar. Magnitosfera, atmosfera, gidrosfera, litosfera,
mantiya va yer yadrosi farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |