Ekologik xavfsizlik. Environmental safety


Atmosfera  ifloslanishining  suvga  ta’siri



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/79
Sana26.07.2021
Hajmi2,14 Mb.
#128926
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79
Bog'liq
m2NMfOK5teA4eMKn0ca0zblQ8Dmx2IoJEnTYSHGX

Atmosfera  ifloslanishining  suvga  ta’siri.  Atmosferaning  (changlar,  qurumlar, 
tutunlar  va  boshqa  qattiq  zarrachalar  hamda  zaharli  gazlar  bilan)  ifloslanishi 
sayyoramiz  suv  resurslariga  ham  salbiy  ta’sir  etadi.  Atmosferaning  ifloslanishi 
tufayli Moskvada (1910-1962 yillarda), Kiyev va Novosibirsk (1967-1973 yillarda) 
shaharlarida  atrofiga  nisbatan  yog’in  11%  ko’p  tushgan.  Samarqand  shahri 
atrofiga nisbatan bir yilda 6 kun ko’p tuman tushgan, 11 mm yog’in ko’p yoqqan. 
Atmosfera  havosining  ifloslanishini  kishi  organizmiga  t a ’ s i r i .   Bir  kishi  sutka 
davomida o’rtacha 25 kg cha havo bilan nafas oladi. Natijada havo tarkibidagi zararli 
chang,  qurum  va  zaharli gazlar kishi  organizmida  to’planaveradi. Bu  esa  asta-sekin 
kishi  organizmining  zaiflashishiga  olib  keladi  va  oqibatda  inson  organizmi  turli 
infeksiyalarga yetarli darajada qarshilik ko’rsata olmaydigan bo’lib qoladi, oqibatda 
har xil  kasalliklarni,  chunonchi  astma,  ko’z  kasali,  jigar  sirrozi, qon bosimi, rak, 
bronxit, o’pka kasalligi, yo’tal kabi kasalliklarning ko’payishiga sabab bo’ladi hamda 
Sement  zavodlari,  tog’-kon  sanoatidagi  keraksiz  jinslardan  vujudga  kelgan 
changlar kanal, to’g’on va yo’l qurilishida o’tkaziladigan portlatishlardan vujudga 
kelgan  changlar  atrofidagi  o’simliklarga  salbiy  ta’sir  etadi.  O’zbekistonda 
o’tkazilgan  kuzatishlar  shuni  ko’rsatadiki,  portlatishlardan  vujudga  kelgan 
changlar atrofidagi o’simliklarning o’sishini 2 yilga susaytirar ekan. 
O’simliklarni  zararlanishida  atmosferaning  urushlar  natijasida  zaharlovchi 


 
31 
moddalar  bilan  ifloslanishi  ham  mavjud.  AQShning  Vetnamdagi  mudhish  urush 
yillari  davrida  90  ming  t  zaharlovchi  moddalar  2  mln.  ga  maydonga  tashlangan. 
Natijada  bugungi  kunga  kelib  1,5  mln.  ga  joyda  o’rmon  va  o’tloqlar  qurib,  qishloq 
xo’jaligiga yaroqsiz yerga aylanib qolgan. Bunday hodisa Laosda, Kambodjada ham 
ro’y bergan. 
Atmosferaning  ifloslanishi  hayvonlarga  ham  salbiy  ta’sir  etib,  ularning 
zaharlanishiga,  ba’zan  esa  nobud  bo’lishiga  sabab  bo’lmoqda.  Hayvonlar  iflos 
atmosfera  havosidan  nafas  olganda  uning  organizmida  zaharli  changlar  va  gazlar 
(ftor,  molibden,  qo’rg’oshin  va  surma  elementlari)  yig’ilib,  so’ngra  uni  kasallanib, 
o’lishiga sabab bo’ladi. Hayvon turlarining zaharlanib, qirilib ketishida urushlarning, 
xususan,  AQShning  Vetnamda,  Laosda,  Kambodjada  olib  borgan  urushlarda 
kimyoviy  qurollarni  qo’llash  tufayli  170  qush  turidan  hozir  24  qush  turi,  55  sut 
emizuvchilar  turidan  esa  5  tur  qolgan.  Hozir  sanoatlashgan  joylardagi  hayvonlar 
orasida  «sanoat  flyuoroz»  degan  kasalligi  keng  tarqalib,  u  suvda  va  yem-xashakda 
to’planib  qolgan  ftor  moddasi  tufayli  vujudga  kelgan.  Faqat  AQShning  Florida 
shtatining  Polk  okrugidagi  bir  necha  fosfat  zavodlaridan  chiqqan  ftordan  zaharlanib 
30  ming  bosh  qoramol  o’lgan.  AQShdagi  rangdor  metallurgiya  zavodidan  chiqqan 
qo’rg’oshin  va  po’lat  eritish  zavodidan  chiqqan  molibden  bilan  zaharlanib, 
zavoddan  diametri  24  km  gacha  bo’lgan  yaylovlardagi  qo’ylar  o’lgan.  Тursunzoda 
alyuminiy zavodining (Тojikiston) zaharli gazlari ta’sirida uning atrofidagi, jumladan 
Surxondaryo viloyatining chegaradosh tumanlarida chorva mollarining mahsuldorligi 
va qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorliklari kamayib ketmoqda. 
Atmosfera  havosining  zaharli  chang  va  gazlar  bilan  ifloslanishi  asalarilarning 
ko’plab qirilib ketishidan tashqari, asalini sifatiga ham ta’sir etadi. 
 Atmosfera ifloslanishining iqtisodiy zararlari. Atmosferaning ifloslanishi turar 
joy  va  kommunal  xo’jalikka,  qishloq  va  o’rmon  xo’jaligiga  sanoatga,  tarixiy-tabiiy 
yodgorliklarga  ham  ta’sir  etadi.  Natijada,  xalq  xo’jaligiga  katta  zarar  yetkazadi. 
AQShda  havoning  ifloslanishi  natijasida  jon  boshiga  o’rta  hisobda  yiliga  65  doll. 
zarar  to’g’ri  keladi.  Atmosfera  ifloslanishining  keltirgan  zararlarini  quyidagicha 
bo’lishi mumkin: 


 
32 
 Atmosferaning  ifloslanishi  tufayli  materiallarning  yemirilishi  va  korroziyaga 
uchrashi. Bunda atmosferadagi chang, qurum, qattiq zarrachalar va ba’zi gazlarning 
ta’sirida  binolar,  inshootlar,  metallar  yemiriladi,  kiyim-kechak  va  gazmollarning 
bo’yoqlari buziladi, qadimiy-tarixiy  yodgorliklar  nuraydi.  Ma’lumotlarga  qaraganda 
sanoat rivojlangan, atmosferasi iflos katta shaharlarda  temir korroziyasining tezligi 
kichik shaharlardagiga nisbatan 3 barobar, qishloq joydagilarga nisbatan 20 barobar, 
alyuminiyda esa 100 barobar tez boradi, qadimiy arxitektura yodgorliklari, jumladan, 
O’zbekistondagi qadimiy  obidalar,  marmar  va  bronzadan  ishlangan  monumentlar 
tez  yemiriladi.  Atmosferaning  ifloslanishi,  shuningdek,  mashina  ranglarini, 
gazmollar,  kiyim-kechak,  teri  materiallarini  va  umuman  shahardagi  turli  xil 
ob’ektlar  ranglarini  tez  o’zgartirib  yuboradi.  Atmosferaning  ifloslanishini  oldini 
olishning  eng  qadimiy  yo’li  -  bu  zavod-fabrikalardan  tutun  chiqaruvchi  trubalarni 
balandroq  qurishdir.  Тutun  chiqaruvchi  trubalar  qancha  baland  bo’lsa,  zaxarli 
changlar  va  gazlar  shuncha  keng  maydonga  yoyilib,  uning  yer  usti 
konsentratsiyasi kamayadi. Masalan, balandligi 100 m bo’lgan trubadan chiqayotgan 
chang  va  gazlar  radiusi  20  km  bo’lgan  territoriyaga  tarqalsa,  balandligi  250  m 
bo’lgan trubadanchiqqan chang, gazlar radiusi 75 km territoriyaga tarqaladi. Lekin bu 
usulda  havodagi  chang,  gazlar  miqdori    kamaymaydi,  faqat  keng  territoriyaga 
tarqaladi. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish