120
Ekologik ekspertiza davlat, jamoat va ixtisoslashtirilgan firmalar tomonidan
o’tkazilishi mumkin. Lekin davlat ekologik ekspertizasidan o’tish inson faoliyatining
yuqorida sanab o’tilgan hamma jabhalari uchun majburiydir. Shuning uchun ham
maxsus vakolatlangan - Тabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining turli
maqomdagi ekspert bo’linmalari tomonidan o’tkazilishi qonuning 21-moddasida aks
ettirilgan. Agarda xo’jalik yoxud boshqa faoliyat yurgizuvchi sub’ekt (buyurtmachi)
davlat ekologik ekspert komissiyasi xulosasidan qoniqmaydigan bo’lsa, u o’z
e’tirozini umumiy yoki xo’jalik sudlarida ko’rib chiqish uchun da’vo bildirish
huquqiga ega.
Davlat ekspertizasini o’tazish muddati 30 kundan oshmasligi va ayrim, o’ta
murakkab sharoitlarda, Тabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisi - bosh davlat
eksperti ruxsati bilan 2 oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Ushbu
ekspertiza faoliyatini moliyalash buyurtmachilar hisobidan bo’ladi.
Qonun fuqarolar, fuqorolar yig’ini, o’zini o’zi boshqarish organlariga, nodavlat
notijorat tashkilotlari tomonidan jamoat ekspertizasini o’tkazishga ham imkon beradi.
Chunki O’zbekiston Respublikasi fuqorolarning konstitutsiiyaviy huquqi qulay va
xavfsiz atrof tabiiy muhitda va bu haqda qonun bilan chegaralanmagan tarzda
axborot
olishi mumkin. Ekologik ekspertiza nuqtai nazaridan, ular o’z mablag’lari hisobiga,
davlat ekspertizasidan tashqi mustaqil holda ekologik ekspertizani o’tkazishlari
mumkin. Faqatgina jamoat ekologik ekspertiza xulosasini tekshirib ko’rish hamda
sudga da’vo e’tirozi bilan chiqish imkonini beradi.
Ekologik audit uch xil ya’ni,
- ishlab chiqarish ekologik ekspertiza;
- hududiy ekologik ekspertiza;
- ekologik konsalting ko’rinishida olib boriladi. Ishlab chiqarish ob’ektlarini
ekologik auditlashning maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilishga doir talab va
yuriqnomalarga korxonalarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati to’g’ri kelishi, tabiatni
muxofaza qilish tadbirlari bo’yicha tavsiyanomalarni tayyorlash hamda tabiiy
resurslardan foydalanishdagi sarf - xarajatlarni tekshirishdir. Ekologik ekspertizaning
xar qanday turi uning ob’ektlarini qo’llash va ularni amalga oshirish mumkinligi
121
haqidagi xulosani berish bilan yakunlanadi.
Umuman olganda, ekologik ekspertizalash jarayoni 5 ta bosqichni o’ziga
qamrab
oladi:
-ekspertizani belgilash,
-axborotlarni to’plash, umumlashtirish va baxolash,
-dastlabki xulosani shakllantirish va u bilan jamoatchilikni tanishtirish,
-ekspertiza xulosasini taqdim qilish va yuqori vakolatli organlar tomonidan
tasdiqlash,
-nizolarni hal qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: