14. YER RESURSLARI. BIOLOGIYA RESURSLARI.
Kalit so’zlar. Yer, suv, resurs, biologiya, biologik resurs, foydalanish, ishlab
chiqarish, faoliyat, zaxira, imkoniyat, hayvonot, o’simlik, jarayonlar, inson, ta’sir,
tuproq, mikroorganizm, ekologiya, xavf, xavfsizlik.
Yer resurslari jumladan tuproq tabiatning eng muhim boyligi bo’lib, yer
po’stining eng usti g’ovak, unumdor qismidir. U litosfera, gidrosfera, atmosfera va
biosferada uzoq vaqt bir-biri bilan bog’liq holda sodir bo’lgan fizik, kimyoviy va
biologik jarayonlar natijasida vujudga kelgan.
Тuproq orqali moddalarning litosfera bilan atmosfera orasida o’zaro aloqasi
ham ro’y beradi. Shamol natijasida tuproq ustidan ko’targan chang to’zonlar
atmosferaga yetib, unda havoning tiniqligiga ta’sir etadi. Yer yuzasiga kelayotgan
yorug’lik energiyasi ta’sirini susaytiradi, yog’inlarning vujudga kelishiga ham
ta’sir etadi. Atmosferadan tuproq ustiga har xil zarrachalar tushib, tuproq, o’simlik
va hayvonot dunyosiga turlicha ta’sir qiladi.
Inson o’zining xo’jalik faoliyatida tuproqqa salbiy ta’sir etib, uning
unumdorligini pasaytirib, hosildor yerlar maydonining qisqarishiga sababchi
bo’ladi. Shuningdek tuproqdan noto’g’ri foydalanib, ilg’or agrotexnika qoidalariga
rioya qilmasligi tufayli tuproq eroziyasi kuchayadi.
Yer resurslari jumladan tuproq o’simlik, hayvonlar va mikroblar bilan birga
murakkab ekologik sistemani vujudga keltiradi va sayyoramiz biosferasida
hayotning yashashini ta’minlashdek muhim vazifani bajaradi.
Yer resursini kishilik jamiyatidagi muhim ahamiyati shundaki, u o’z-o’zini
tozalash xususiyati mavjudligi tufayli tabiatdagi iflos moddlarni biologik yo’l bilan
o’ziga singdiruvchanlik, tozalovchanlik netrallashtiruvchanlik xususiyatiga ega.
Yer resursi jumladan tuproq quruqlikdagi har qanday organik moddalar qoldiqlarini
minerallashtiruvchi muhim vosita hamdir.
Yerlarni muhandislik kommunikatsiya ta’sirida ifloslashdan saqlashda
quyidagilarga amal qilish kerak: yer osti muhandislik kommunikatsiya
qurilishlarida quvurlar va kabellar yotqizish qoidalariga to’la rioya qilish kerak, har
116
xil quvur va kabellar yotqizilayotganda ekologik zonaning kengligiga rioya qilish
zarur; har xil kabel maxsus tunnel qazilib, o’sha tunnel orqali o’tkazilishi kerak. Bu
tadbirlar amalga oshirilsa, birinchi tuproq zaxarlanib ifloslanmaydi, ikkinchidan
o’sha kommunikatsiya quvur va kabellarning ishlashi ustidan nazorat qilish
osonlashadi.
Dunyo bo’yicha tuproq qoplamini kimyoviy moddalar ayniqsa pestitsidlar bilan
ifloslanishdan saqlashda ularni qoidasiga, normasiga, vaqtiga qarab ishlatishga
erishish muhim ahamiyatga ega. Biroq ba’zan yuqori hosil olish va zararkunanda
hashorotlarga, begona o’tlarga qarshi kurashish maqsadida o’g’itlarni hamda
zaxarli ximikatlarni haddan tashqari ko’p ishlatiladi. Natijada qishloq xo’jalik
ekinlari ularni o’zlashtira olmaydi va oqibatda ularning bir qismi tuproqda
to’planib qolib, uni ifloslaydi.
Biologik resurslar - o’simlik va hayvonot dunyosi hamda landshatftlardan tashkil
topgan. Insonning kundalik hayotida o’simliklarning ahamiyati juda katta. Chunki
o’simliklar muhim geografik omil sifatida yer yuzasida suv oqimiga bug’lanishiga,
tuproqda nam saqalashga, atmosferaning quyi qismidagi havo oqimiga, shamol kuchi
va yo’nalishiga, hayvonlarning hayotiga ham ta’sir etadi.
O’simliklar shahar, qishloq mikroiqlimiga ta’sir etib, havosini tozalab, uni
kislorod bilan boyitib turuvchi sanitarlik vazifasini ham bajaradi.
O’simliklar jamiyat uchun behisob oziq ovqat manbai, texnika xom ashyosi,
meditsinada dori-darmon tayyorlash, qurilishi va boshqa sohalar uchun ashyo
resursidir.
O’simlikdagi ayniqsa, suv osti o’simliklaridagi oqsil moddalarining hayvon
go’shti va sutidagi oqsil moddalarning o’rnini ham behisob o’simliklardan har xil
kiyim-bosh, ichimliklar tayyorlashda ham keng foydalaniladi. O’simliklar chorva
mollari uchun asosiy ozuqa manbai, insonlarga estetik zavq beruvchi tabiat elementi
hamdir.
O’simlik – bu qayta tiklash mumkin bo’lgan tabiiy resurs hisoblanib, Yer shari
geografik qobig’ida muhim rol o’ynaydi. Chunki o’simliklar sayyoramiz yuzasining
go’yoki bir «gilam» sifatida qoplab olib, tuproq hosildorligini oshirishda, atmosferani
117
toza saqlashda, daryolarning gidrologik rejimini tartibga solib turishda, inson va
hayvonot dunyosi uchun ozuqa moddalar ye qilish zarur; har xil kabel maxsus tunnel
qazilib, o’sha tunnel orqali ilishi kerak. Bu adbirlar amalga oshirilsa, birinchi tuproq
zaxarlanib ifloslanmaydi, ikkinchidan o’sha kommunikatsiya quvur va kabellarning
ishlashi ustidan nazorat qilish osonlashadi.
Dunyo bo’yicha tuproq qoplamini kimyoviy moddalar ayniqsa pestitsidlar bilan
ifloslanishdan saqlashda ularni qoidasiga, normasiga, vaqtiga qarab ishlatishga
erishish muhim ahamiyatga ega. Biroq ba’zan yuqori hosil olish va zararkunanda
hashorotlarga, begona o’tlarga qarshi kurashish maqsadida o’g’itlarni hamda zaxarli
ximikatlarni haddan tashqari ko’p ishlatiladi. Natijada qishloq xo’jalik ekinlari ularni
o’zlashtira olmaydi va oqibatda larning bir qismi tuproqda to’planib qoib, uni
ifloslaydi.
Biologik resurslar - o’simlik va hayvonot dunyosi hamda landshatftlardan tashkil
topgan. Insonning kundalik hayotida o’simliklarning ahamiyati juda katta. Chunki
o’simliklar muhim geografik omil sifatida yer yuzasida suv oqimiga bug’lanishiga,
tuproqda nam saqalashga, atmosferaning quyi qismidagi havo oqimiga, shamol kuchi
va yo’nalishiga, hayvonlarning hayotiga ham ta’sir etadi.
O’simliklar shahar, qishloq mikroiqlimiga ta’sir etib, havosini tozalab, uni
kislorod bilan boyitib turuvchi sanitarlik vazifasini ham bajaradi.
O’simliklar jamiyat uchun behisob oziq ovqat manbai, texnika xom ashyosi,
meditsinada dori-darmon tayyorlash, qurilishi va boshqa sohalar uchun ashyo
resursidir.
O’simlikdagi ayniqsa, suv osti o’simliklaridagi oqsil moddalarining hayvon
go’shti va sutidagi oqsil moddalarning o’rnini ham behisob o’simliklardan har xil
kiyim-bosh, ichimliklar tayyorlashda ham keng foydalaniladi. O’simliklar chorva
mollari uchun asosiy ozuqa manbai, insonlarga estetik zavq beruvchi tabiat elementi
hamdir.
O’simlik – bu qayta tiklash mumkin bo’lgan tabiiy resurs hisoblanib, Yer shari
geografik qobig’ida muhim rol o’ynaydi. Chunki o’simliklar sayyoramiz yuzasining
go’yoki bir «gilam» sifatida qoplab olib, tuproq hosildorligini oshirishda, atmosferani
118
toza saqlashda, daryolarning gidrologik rejimini tartibga solib turishda, inson va
hayvonot dunyosi uchun ozuqa moddalar yerligini oshirishda hayvonlarning,
xususan, yomg’ir chuvalchangini, chumolini, termitlarni, umirtqali yer qazuvchilarni
va boshqalarning ahamiyati juda ham katta. Bu hayvonlar tuproqni yumshatadi,
aralishtiradi, najas va o’simlik qoldiqlari bilan o’g’itlaydi.
O’simliklarni changlashda, urug’ va mevalarini boshqa joylarga olib borib
tarqatishda xayvonlarni ishtiroki bor. Agar hayvonlar bo’lmaganda edi, juda ko’p
o’simliklar changlanmagan va oqibatda meva bermagan bo’lar edi. Hasharotlar,
xususan, arilar, kapalaklar va qushlar tufayli o’simliklar changlanadi.
Juda ko’p o’simliklarning hududiy tarqalishida hayvonlar faol ishtirok etadi, ular
o’simlik urug’larini uzoq joylarga olib boradi.
Ba’zi hayvonlar, chunonchi yirtqich qushlar zararkunanda kemiruvchilarni qirib,
o’simlik hosildorligini oshishiga ko’maklashadi yoki ba’zi foydali hasharotlar
o’simliklarni zararkunanda hasharotlardan va kasalliklardan saqlaydi. Masalan,
boyqush bir yilda 1000 ta sichqonni yo’q qilib, 0,5 t donni saqlab qolsa, chumolilar
o’rmonlarni kasallikdan saqlaydi.
Тabiiy geografik omillar (vulkanlarning otilishi, suv va muz bosishi, bo’ron, jala,
sel bo’lishi, territoriyaning qattiq sovib yoki isib ketishi, kuchli yong’in yoki
qurg’oqchilikning bo’lishi va boshqa.) ta’sirida hayvonlarning o’lishi va areallarning
qisqarishi mumkin. Lekin tabiiy omillar ta’sirida hayvonlarning turini, miqdorni va
arealini o’zgarishi juda sekin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |