Ekologik omillar. Reja: Muhit tushunchasi. Ekologik omillar, abiotik, biotik va antropogen omillar. Ekologik sistemalar



Download 89,63 Kb.
bet2/3
Sana04.04.2023
Hajmi89,63 Kb.
#924728
1   2   3
Bog'liq
ekologik omillar

Abiotik omillar.
Abiotik (grekcha "a"-inkor, "bios"-hayot) omillar - notirik tabiat elementlari: iqlim (harorat, namlik, yorug’lik, havo), tuproq, Relpef.
Abiotik omillardan eng muximi iqlim ‘isoblanadi. Ayni joydagi o’simliklarning turi unga bog’liq bo’ladi. U o’z navbatida, xayvonot olami va turkumlar qiyofasini belgilaydi. Iqlim qator omillardan yuzaga keladi.
Yorug’lik. Iqlim, eng avvalo, quyosh nuriga bog’liq. Quyosh nuri o’simliklarning fiziologik, funktsiyasi, tuzilishi, o’sish va rivojlanishi tezligiga turli darajada (meoyoriy, kuchli, kuchsiz) ta’sir ko’rsatadi. Quyosh nurining biologik ta’siri intensivligi, spektral tarkibi, fasliy va kunlik davriyligi bilan belgilanadi. Bunga bog’liq ‘odda tirik organizmlardagi moslashuvchanlik xususiyati - fasliy va mintaqaviy xarakterga ega bo’ladi.
Ko’zga ko’rinmaydigan ultrabinafsha nurlar - u barcha jonzotlar, butun hayot uchun xavflidir. Bunday nurlanishning asosiy qismini atmosferaning yuqori qismida joylashgan ozon qatlami tutib qoladi. SHuning uchun xam, tirik organizmlar faqat ozon qatlamiga bo’lgan oraliqda mavjuddir. Ko’rinmaviy - spektr (nurlar) o’simlik va xayvonlarga juda zarardir. Eng muximi, yorug’lik tufayli o’simliklarda fotosintez jarayoni sodir bo’ladi. Yorug’lik xayvonlar va inson uchun xam muxim omil ‘isoblanadi. CHunki u faollik darajasini belgilab beradi.
Infraqizil nurlar - issiqlik energiya manbaidir. Ammo uni inson va xayvonlar ko’ra olmaydi. Ularni organizmlar to’qimalari juda yaxshi yutadi. Bu esa ularning qizishiga sabab bo’ladi. Bu nurlar sovuqqon xayvonlar (o’rmalovchi xasharotlar) uchun ayniqsa muximdir. Ular bu nurlardan o’z tanalarini isitish uchun foydalanadilar.
Quyosh energiyasi yorug’lik tartibi (rejimi)ni yaratadi. U geografik kenglik va Relpefga bog’liq ravishda o’zgaradi. Yerning aylanishi bilan bog’liq ‘olda yorug’lik tartibi aniq kunlik va mavsumiy davriylikka ega. Kecha va kunduzning ma’lum davomiyligining davriy o’zgarishi natijasida organizmning yoritishning sutkalik tartibiga reaktsiyasi fotodavriylik deyiladi. Fotodavriylik biologik soatlar mexanizmi bilan bog’liq. Organizmlar funktsiyalarini tsiklik o’zgartirishga qodir. Biologik soatlar xuddi ana shu jarayonda namoyon bo’ladi. Biologik soatlar atrof-muhitdagi o’zgarishlarga mos ‘olda fiziologik muammoni belgilab beradi. O’simliklardagi sutka(kun)lik fotodavriylik fotosintez jarayonlarini nazorat qiladi. Xayvonlarda esa kunduzgi va tungi hayot tarziga moslashish yuzaga kelgan.
Yoritganlik darajasi xam juda katta axamiyatga ega. O’simliklarning soyada yoki yorug’lik ta’sirida o’sishi(sharoitlar)ga qarab bir necha guru’ga ajratiladi. Masalan, yorug’sevar o’simliklar (dasht, cho’l, dala joylardagi o’tloqzor, o’rmondagi baland bo’yli daraxtlar), soya sevar o’simliklar (pastki qatlamlarda o’suvchi mo’lar, plaunlar, tog’ gunafshasi va boshqalar) va soyaga chidamli yoki geliofit o’simliklar (qo’ng’irbosh, oq so’xta, qulpunay, shumrut, qoraqarag’ay kabilar).
Albatta, yorug’ sevar va soyasevar o’simliklar o’zlarining morfologik, anotomik va fiziologik tuzilishi va xususiyatlariga ko’ra bir-birlaridan farq qiladilar.
Mavsumiy marom - organizmning yil fasllari o’zgarishiga reaktsiyasi bo’lib, u fotodavriylik bilan tartibiga solinadi. Masalan, ko’zning qisqa kunlari boshlanishi bilanoq o’simliklar o’z barglarini to’kib, qishqi oromga xozirlik ko’ra boshlaydi. Qishqi orom - ko’p yillik o’simliklarning moslashuv xususiyati bo’lib, bu vaqtda ulardagi boshqa ko’plab hayotiy jarayonlar xam ma’lum darajada sekinlashadi yoki to’xtaydi. Qish mavsumida xayvonlarning faolligi sezilarli darajada pasayadi. Qushlarning boshqa issiq o’lkalarga ommaviy tarzda uchib ketishi uchun kun uzunligining o’zgarishi xabar ‘isoblanadi. Ko’plab xayvonlar qish uyqusiga kiradi. Bu esa ularning qish faslining noqulay sharoitlariga o’ziga xos moslashuv tarzidir.
Harorat - hayotiy jarayonlarni cheklovchi muxim omillardan biridir. Organizmda barcha hayotiy jarayonlar tananing ma’lum haroratida, asosan +10...+40oS oralig’ida kechadi. Faqat ayrim organizmlargina juda yuqori haroratli hayotga moslasha olgan. Umuman, yer sharida organizmning ko’payishi, tarqalishi va boshqa hayotiy jarayonlarni belgilashda harorat asosiy omillardan biridir.
Xayvon va o’simliklar hayotida xam harorat katta axamiyatga egadir. O’zining doimiy tana haroratiga ega bo’lgan xayvonlar gomoyoterm - issiq qonli xayvonlar deyiladi. Ular o’zlarining tana haroratini saqlagan ‘olda issiq-sovuqqa moslasha oladi va atrof muhit haroratiga juda kam darajada bog’liq bo’ladi. O’z tanasi haroratini doimiy ravishda saqlash qobiliyati xayvonlarning muxim ekologik moslashuvi ‘isoblanadi. Bunday xayvonlarga sut emizuvchilar va qushlarni misol qilib keltirish mumkin.
Tashqi muhit ta’siriga ko’ra o’z tanasi haroratini o’zgartiruvchi, ya’ni doimiy (qat’iy) tana haroratiga ega bo’lmagan xayvonlar poykilotermlar - sovuq qonli xayvonlar deyiladi. Atrof-muhit harorati oshishi ulardagi barcha fiziologik jarayonlarni kuchli tezlashtiradi. Bu esa ular fe’l-atvorini o’zgartiradi. Masalan, kalta kesaklar harorati +37oS bo’lgan mintaqalarda yashashni ma’qul ko’radi. Haroratning ko’tarilishi bilan bog’liq ‘olda ayrim xayvonlarning rivojlanishi bosqichlari xam tezlashadi. Ko’plab sovuqqonli xayvonlar uchun anabioz - ‘odisasi xarakterlidir. Bu vaqtinchalik ‘olat bo’lib, bunda hayotiy jarayonlar sezilarli darajada pasayadi va hayotning ko’rinmaviy belgilari yo’qoladi.
O’simliklarning xam ikki ekologik guru’ga, ya’ni issiqlik (harorat) ta’sirida yaxshi o’sib rivojlanadigan termofil va past harorat ta’sirida yashovchi psixrofil o’simliklarga ajratiladi.
Demak, o’simliklar uchun temperaturaviy rejim o’ta muximdir. +15...+25oS oraliqda fotosintez jarayoni jadal kechadi. Harorat juda pasayib ketganida (0oS dan past bo’lganda) o’simliklarda suvning muzlab qolishini bartaraf etishga imkon beruvchi maxsus mexanizm ishga tushadi. Masalan, o’simlik ‘ujayralarida glitserin, qand va boshqa moddaning kontsentrativ eritmalari mavjud bo’lib, qishda ular suvlarning muzlashiga xalaqit beradi.
Namlik. Yerda barcha organizmlar mavjud bo’lishining zaruriy sharti suvning borligidir. U ‘ujayralar hayotiy faoliyatining barcha jarayonlarida ni’oyatda muxim rol’ o’ynaydi. Zero, suvsiz hayot bo’lmaydi. Namlik tushunchasi yomg’ir, suv, tuman, qor, qirov, muz bilan bog’liq ‘olda tushuntiriladi.
Suv balansini ta’minlash organizmning asosiy fizoologik funktsiyasi ‘isoblanadi. Ekologik nuqtai nazardan qaraganda, suv boshqa omillarga nisbatan ko’proq cheklovchi (limitlovchi) omil ‘isoblanadi. Bu quruqlikda yashovchi organizmlar uchun xam, suv jonzotlari uchun bir xil amal qiladi. Masalan, suvning sho’rlanish darajasi yuqori bo’lsa, undagi organizmlar xalok bo’ladi. Yer yuzida namlik bir xilda taqsimlanmagan. Quruqlikdagi ko’plab o’simlik va xayvonlar namsevar ‘isoblanadi. Suvning yetishmasligi ko’pincha organizmlar tarqalishini cheklovchi sabab ‘isoblanadi. Suvning movjudligi asosan o’simlik uchun ekologik omillardan biridir. Ekologik omillar o’simliklarning o’sishi va rivojlanishini belgilaydi. Namlik yetishmasligiga moslashish ularda alo’ida yorqin ifodalanadi(tikanaklar, uzun ildizlar, yo’g’on poyalar).
Namlik omili xayvonlar uchun xam axamiyatlidir. CHo’l sharoitida yashovchi xayvonlarning ko’pchiligi uzoq vaqt suvsiz kun kechira oladi. Masalan, tuyalar, antiloplar, kulanlar,saygaklar. Ular o’zlarining suvga bo’lgan tashnaliklarini o’simliklar bilan oziqlanish orqali qanoatlantiradi. Quruq joylarda yashovchilar tungi hayot tarzini afzal ko’radi. Bu bilan ular o’zlarini kunduzgi isishdan va tanasidagi suvni parlanib ketishdan saqlaydi.
Davriy quruqlik paytida o’simlik va xayvonlarning hayotiy faolligi pasayadi, namlik yetishmasligidan fiziologik hayoti susayadi. Jazirama vaqtida o’simliklar barg tashlaydi, rivojlanmaydi. Ayrim xayvonlar yozda uyquga ketadi(so’g’urlar), ba’zilari anabioz ‘olatiga kiradi.
Tuproq. Yerning g’ovak, unumdor yuza qavati tuproq deyiladi. Tuproq-ko’plab mikroorganizm va xayvonlar uchun yashash muhiti ‘isoblanadi, shuningdek, unda o’simliklarning ildizlari va zamburug’larning giflari ildiz otadi. Tuproqda yashovchilar uchun uning tuzilishi , kimyoviy tarkibi undan namlik, oziq moddalarning mavjudligi birinchi darajali omillar ‘isoblanadi.
Tuproqda turli o’simliklardan tashqari bakteriyalar, zamburug’lar, sodda xayvonlar, chuvalchanglar, bo’g’im oyoqlilar va boshqalar keng tarqalgan.
Havo. Atmosferadagi gazlar aralashmasi havo qatlamini tashkil etgan. Havo qatlamining balandligiga qarab, uning tarkibi va zichligi o’zgarib boradi. Havo, xayvon va organizmlar uchun nafaqat yashash muhiti, balki ekologik omil sifatida xam axamiyatlidir.
Havo-atmosferani tashkil etgan muhitning muxim omili. Uning kimyoviy tarkibi Yerning evolyutsiyasi jarayoni kechishida tashkil topgan. Havo tarkibida 78,08% azot, 20,95% kislorod, 0,93% argon, 0,03% uglerod ikki oksidi, 0,2% boshqa gazlar aralashmalari, 2,6% suv bug’lari mavjud. Xayvonlar uchun yashash muhitining asosiy elementi-kislorod, yerda kislorod yaratuvchi yagona manba-yashil o’simlikdir. Kislorodni o’simlik fotosintez jarayonida ajratadi. Kislordsiz yonish yo’q, metalni eritib, ko’plab kimyoviy birikmalarni sanoat yo’li bilan olib xam bo’lmaydi.
Ammo atmosferaning sanoat chiqindilari, transport vositalaridan chiqqan gazlar bilan ifloslanishi havoda uglerod dioksidi, serovodorod, oltingugurt oksidi (IV), azot oksidi, uglerod oksidi (II) miqdorining ko’payishiga olib keladi. Bu esa atrof-muhit ‘olatigagina emas, kishilar salomatligiga xam katta ta’sir ko’rsatadi.
Relpef - bu tashqi ko’rinishi, kattaligi, yuzaga kelishi, yoshi va rivojlanish tarixi bo’yicha har xil yer sirtini shakllantirish majmuidir. Relpef iqlimning shakllanishiga ta’sir qiladi, daryolar oqimi yo’nalishi va xarakteri unga bog’liq, o’simlik va xayvonot olami tarqalishi xususiyatlari u bilan chambarchas bog’langan. Relpef inson hayot tarziga va uning xo’jalik faoliyatiga xam ta’sir ko’rsatadi.

Download 89,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish