Ekologik nazorat va ekologik ekspertizaning huquqiy holati. Reja I. Kirish. II. Asosiy qism Ekologik nazoratning tushunchasi



Download 95 Kb.
bet1/3
Sana04.06.2022
Hajmi95 Kb.
#635401
  1   2   3
Bog'liq
Ekologik nazorat va ekologik ekspertizaning huquqiy holati


Ekologik nazorat va ekologik ekspertizaning huquqiy holati. 
Reja
I.Kirish.
II.Asosiy qism
1.Ekologik nazoratning tushunchasi, maqsad va vazifasi. 
2. Ekologiya nazoratining tizimi
3.Ekologik ekspertizaning tushunchasi, maqsadi, tamoyillari va usullari. 
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik havfsizlikni ta’minlash qoida talablarini barcha vazirlik, davlat qo`mitalari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar, muassasa, mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit holatini o`rganish va kuzatish, chora-tadbirlarni qo`llash bilan bog`liq siyosiy huquqiy, ijtimoiy, iqtisodi va ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar yig`indisini o`z ichiga oladi. 
Ekologik nazoratning asosiy maqsadi atrof tabiiy muhit barqarorligini saqlashdan iborat bo`lib, davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirgan holda olib borilishini taqozo etdi.
Atrof tabiiy muhit holatini kuzatib boorish davlat xizmati muhim ahamiyatga ega bo`lib, tabiatda bo`ladigan fizikaviy, kimyoviy-biologik,gidrologik, seymologik va boshqa o`zgarishlarni kuzatish, ma`lumot to`plash, er, suv,o`simlik va hayvonot dunyosi, ye osti boyliklari va atmosfera havosi hamda aholi hayoti va sog`lig`iga xavfli va zararli ta`sir etuvchi omillarni o`rganish,atrof tabiiy muhitda bo`ladigan o`zgarishlarni davlat organlari va keng aholi qatlamlariga etkazish kabi faoliyatini o`z ichiga oladi. 
1.Ekologiya nazoratining tushunchasi, niaqsadi, vazifasi va usullari
Ekologiya nazorati - davlat ekologik siyosatining muhim tarkibiy qismi sifatida tabiat-jamiyat tizimidagi ekologik munosabatlaming barqa- rorligini ta'minlashda muhim ahamiyatga egadir.
Hammamizga ma'lumki, ekologik huquqiy munosabatlami tartibga solish jarayonida ekologiya nazorati muhim vazifalarni amalga oshiradi.Ekologiya nazorati - atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta'minlash qoida-talablarini barcha vazirlik, davlat qo'mitalari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar, muassasa, mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit holatini o'rganish va kuzatish, chora-tadbirlarni qo'llash bilan bog'liq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy chora-tadbirlar iyg'indisini o'z ichiga oladi.Ekologiya nazoratining asosiy maqsadi atrof tabiiy muhit barqaror- ligini saqlashdan iborat bo'lib, davlat organlari va jam oat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirgan holda olib borilishini taqozo etadi.Hozirgi va kelajak avlodga barqaror atrof tabiiy muhitni ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to 'g 'risi- da” gi qonunining 29-moddasiga asosan, ekologiya nazoratining asosiy vazifalari sifatida qo'yidagilar belgilangan1:
-atrof tabiiy muhit holatini hamda xo'jalik yuritish va boshqa faoliyat ta'siri ostida unda bo'ladigan o'zgarishlam i kuzatib borish;
-atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof tabiiy muhitni sog'lomlashtirish, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlar talablari va atrof tabiiy muhit sifatining normativ- lariga rioya etish borasidagi dasturlar hamda ayrim tadbirlar bajaralishini tekshirish.Ekologiya nazorati murakkab jarayonni o 'z ichiga oladi va turli xil chora-tadbirlar tizimini amalga oshirishni taqazo etadi.
Ekologiya nazorati jarayonida qo'yidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:-atrof tabiiy muhitda bo'ladigan o'zgarishlarni kuzatish, axborot jamlanmasini shakllantirish;
-atrof tabiiy muhit holatiga antropogen ta'sirlami o'rganish;
-ishlab chiqarish va xo'jalik yuritish jarayonining barcha jabhalarida ekologik qonunchilik qoida-talablariga rioya etilishini tekshirish;
-ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslaming tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarning belgilangan amalga oshirilishini tekshirish;-tabiiy resurslardan foydalanish bo'yicha ruxsatnomalar berish;-ekologik qoida-talablami buzgan yuridik va jismoniy shaxslami aniqlash, ogohlantirish, javobgarlikka tortish;-aholi orasida ekologik qonunchilik qoida-talablarni targ'ib va tashviqot qilish va boshqalar.Demak, ekologiya nazorati bilan bog'lik murakkab faoliyatini olib borishda ekologiya nazorati subyektlari tomonidan qo'yidagi asosiy tashkiliy-huquqiy usullar qo'llaniladi:Kuzatish - atrof tabiiy muhitda bo'ladigan o'zgarishlarni o'rganish va ma'lumotlarni to'plash;Umumlashtirish - atrof tabiiy muhit holatiga zararli va xavfli ta’sirlarni aniqlash, tahlil qilish asosida ma'lumotlarni tasniflash.Baholash - antropogen faoliyat ishlarining zararli, xavfli va noqonuniyligini aniqlash.Ruxsatnoma berish - yuridik va jismoniy shaxslarga yer, suv, o'sim lik va hayvonot dunyosi, yer osti boyliklari va atmosfera havosidan foydalanish uchun litsenziya berish;
Ogohlantirish, cheklash va to'xtatish - ekologik xavfli va zararli xo'jalik va boshqa faoliyatni cheklash, vaqtincha to'xtatib qo'yish va bekor qilish;Javobgarlikka tortish - ekologik qoida-talablami buzgan, yuridik va jismoniy shaxlarga nisbatan ma'muriy-huququqiy javobgarlik choralarini qo'llash.
Ekologiya nazorati ekologik-huquqiy mexanizmning muhim tarkibiy qismi sifatida atrof tabiiy muhit barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladi2.


Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish