Bitkazuvchi talaba n
оmi va imzоsi: Raхmоnоva Muхabbat ________________
Ilmiy rahbar n
оmi va imzоsi: dоts.Sh.Ismailоva _______________
Talaba __________________________________ ning
«___________________________________________________________
___________________________________________________________»
mavzusida bajargan malakaviy bitiruv ishi «Pеdagоgika va psiхоlоgiya»
kafеdrasining «_____» ___________ dagi yig’ilishida muhоkama qilinib, Davlat
Attеstatsiya Kоmissiyasida himоya qilishga ruхsat bеrildi. Bayonnоma № ______
Kafеdra mudiri:
____________________
Malakaviy bitiruv
ishi rahbari:
______________________
Kоtib:
______________
Mundarija
Kirish……………………………………………………………………
…………1
1 bob.Kasb-hunar kollej o’quvchilarida tolerantlik sifatlarini
shakllantirishning nazariy asoslari.
1.1 Tolerantlik tushunchasining mohiyati va
mazmuni……………………………9
1.2 Tolerantlik shakllantirishning ijtimoiy,falsafiy va ma’naviy-ma’rifiy
negizlari…………………………………………………………………
………19
2 bobKasb hunar kollejlario’quvchilarida tolerantlik sifatlarini
shakllantirishning shakl va usullari.
2.1 Tolerantlikni shakllari va uni kasb-hunar kollej o’quvchilarida
shakllantirishning usul va
vositalri……………………………………………….31
2.2 Tajriba sinov natijalar
tahlili………………………………………………….49
Xulosa……………………………………………………………………
……….57
Adabiyotlar
ro’yhati………………………………………………………………60
Ilov
Kirish
O’zbek xalqi o’zining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida o’zida
ajoyib fazilatlarni rivojlantirib kelayotgan xalqlardan biridir.Uning bu
fazilatlari mustaqillik yillarida yanada ham yorqin nomoyon bo’ldi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqimiz o’zining azaldan mavjud
bo’lgan yaratuvchanlik,bunyodkorlik,barqarorlik va bag’rikenglik kabi
qadriyatlarini qayta tikladi.
Prezidentimiz Islom Karimov bu haqida quyidagicha ta’kidlagan edi.
“Biz xalqimizning aql –idroki mustahkam irodasi,bag’rikengligi va
insonparvarligiga tayangan holda bu borada amalga oshirilgan bir
qator ishlar bugungi kunda o’z samarasini bermoqda”.<7.b-12>
Insoniyat keng qamrovli tushuncha bo’lib u o’z ichiga yer kurrasidagi
barcha insonlarni,ularning millati tili,urf-odati,an’ana va qadriyatlaridan
qat’iy nazar yagonadir.Ammo ular qanchalik “yagona”
bo’lmasinlar,nafaqat ana shu o’ziga xos bilimlari,
shuningdek,inson,millat va xalq sifatida nomoyon bo’lishlari bilan ham
o’zaro farqlanadilar.Ayniqsa ular millat omili darajasida yaqqol
namoyon bo’ladi.Chunki millatni o’ziga xos tili,urf-odat,an’ana,qadriyat
va mintaliteti bilan o’zligini namoyon etadi hamda ularni saqlab qolish
va rivojlantirishga harakat qiladi.
“Millat real shaxslar orqali namoyon bo’ladi.U til, urf-
odat,an’analar,qadriyatlar,o’zligini anglash ruhiyatini umumiy bo’lgan
shaxslar majmuasidan iborat”.
Shaxslar majmuasidan iborat bo’lgan millat qanchalik murakkab
bo’lmasin u butun insoniyatning
manaviy va moddiy
boyligi,go’zalligining timsoli hisoblanadi.,yani paytda uning o’ziga
xosligi bilan bir qatorda manfaatlari ham mavjudligi va cheksizligini
hisobga olsak,millatning tinch va barqarorlikda yashasshlari uchun ular
ongida o’zaro tolerantlilik,birdamlik manfaatlarini hisobga olshning
muhim omili bo’lgan tolerantlilikni shakllantirish amaliy ahamiyatga
egadir.
O’zbeklar azal-azaldan o’zida talerantlik tuyg’ulariga boy millat
hisoblanadi.Prezidentimiz Islom Karimov takidlaganlaridek “ota
bobolarimiz necha asrlar moboynida shu bepayon mintaqada
qandayhamjixat bo’lib,qanday qadriyatlar asosida yashab kelgan bo’lsa
,tarix va hayot qadrini tabiatning o’zi bizni-butun O’rta Osiyo xalqlarini
aynan ana shunday do’stlik va hamkorlik ruhida hayot kechirishga
da’vat etmoqda ” Haqiqatdan ham mintaqamizda millatlar va xalqlar
o’rtasida hamjihatlik barqarorlik rivojlanib borganligi bois ular
o’rtasidagi munosabatlardagi bag’rikenglik qadriyat darajasida
mustahkamlanib bormoqda.
Hozirgi davrda millatlarning o’zligini anglashga o’z manfaatlarini
himoya qilishga,urf-odat, an’ana va qadriyatlarini saqlab qolish hamda
ularni dunyo xalqlari o’rtasida ommalashtirishga qaratilgan harakat
kuchayib bormoqda . Bu jarayon o’z navbatida turli milliy va xalqlar
o’rtasida o’zligini himoya qilishga bo’lgan intilishlarida tolerantlik
tuyg’ularini toboro takomolllashib borishini taqozo qiladi.Talerantlik
umuminsoniy qadriyatlar timida alohida o’ringa egadir.
Yoshlarda tolerantlik sifatlarini shakllantirishda oilani o’rni kattadir.
Tadqiqot maqsadi:Kasb-hunar kollejlari o’quvchilarida tolerantlik
sifatlarini shakllantirish jarayonini samarali kechishini ta’minlovchi
pdogogik shart-sharoitlarini aniqlash.
Tadqiqot obyekti:Kasb-hunar kollej o’quvchilarini tolerantlik sifatlarini
shakllantirish jarayoni.
Tadqiqot predmeti:Kasb-hunar kollej o’quvchilarini talerantlik
sifatlarini shakllantirishning mazmuni.
Tadqiqot vazifalari:
1)Muommoga oid ilmiy-tarixiy ,falsafiy ,pedogogik manbalarni
o’rganish tahlil qilish va umumlashtirish,pedogogik manbalarni
o’rganish tahlil qilish va umumlashtirish
2)Kasb-hunar kollej o’quvchilarini tolerantlik sifatlarini shakllantirishga
yo’naltirilgan faoliyat mazmunini ilmiy jixatdan asoslash
3)O’quvchilarda talerantlik bo’yicha muayyan nazariy bilim hamda
amaliy ko’nikma va malakalarning shakllanganlik darajasini aniqlashga
hizmat qiluvchi mezonlarni ishlab chiqish.
4) Kasb hunar kollejlarida o’quvchilarni tolerantlik sifatlarini
shakllantirish jarayonini tashkil etishga yo’naltirilgan pedogogik
faoliyat mazmunining eng maqbul va samarali shakl,metod va
vositalarini ishlab chiqarish.
Tadqiqot metodi:Tadqiqot mavzusiga oid nazariy,metodik,pedogogik
adabiyotlarni o’rganish va umumlashtirish ,kuzatish,anketa,savol-javob;
Tadqiqotning metodologik asosi:O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi,O’zbekiston respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi O’zbekiston respublikasi prezidenti I.A.Krimov asarlarida ilgari
surilgan fikrlari qarorlari va davlat dasturlari mavzuga oid ilmiy
pedogogik,ijtimoiy-psixologik,tarixiy-falsafiy manbalar.
Tadqiqotning ilmiy farazi.
Agar kasb hunar kollejlarida o’quvchilarning tolerantlik sifatlarini
shakllantirish jarayoni ilmiy asoslangan mazmunan asosida olib borilsa
bu jarayon ilmiy asoslangan maqbul mazmun shakl va vositalarzamirida
tashkil etilsa,tadqiq etilayotgan muommo o’zining samarali yechimini
topadi.
Tadqiqotning ilmiy yangili
Kasb hunar kollejlarida o’quvchilarni tolerantlik sifatlarini shakllantirish
muommosi bir butun yahlit pedogogik muommo sifatida o’rganilib bu
jarayonni samarali kechishini ta’minlovchi pedogogik tizim yaratldi.
Tadqiqotni nazariy va amaliy ahamiyati:Kasb-hunar kolljlarida
o’quvchilarni tolerantlik sifatlarini shakllantirishga oid
qarashlar,mulohazalarda kollej o’quvchilarni tolerantlik ruhida
tarbiyalashga yo’naltirilgan faoliyatni tashkil etish mavzu yuzasidan
o’quv-qollanmalar yaratishda foydalanish mumkin.
Himoyaga olib chiqiladigan holatlar
1) Kasb hunar kollejlarida o’quvchilarni tolerantlik sifatlarini
shakllantirish dolzarb ijtimoiy pedogogik muommo ekanligi.
2) Kasb hunar kollejlarida o’quvchilarni tolerantlik sifatlarini
shakllantirish jarayonining mazmuni hamda pedogogik shart
sharoitlari;
3) Kasb hunar kollejlarida o’quvchilarni tolerantlik sifatlarini
shakllantirishga yo’naltirilgan faoliyatning maqbul shakl,metod
va vositalari;
Tadqiqot ishi yuzasidan tajriba sinov ishlari.Xazarasp tumani
pedogogika kasb-hunar kollejida o’tkazildi.
Bitiruv malakaviy ishini tuzulishi :Kirish,2bob,xulosa foydalanilgan
adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
1.bob. Kasb hunar kollejlarida o’quvchilarni tolerantlik sifatlarini
shakllantirishning nazariy asoslari.
1.1 Tolerantlik tushunchasining mohiyati va maznmuni.
Tolerantlik,yangi “bag’rikenglik” tushunhasi o’ziga xos sinonim va
antonimlarga ega bo’lgani holda ,manbalarda turliha
izohlanadi.O’zbekiston Milliy ensiklopediyasida unga:
“Bag’rikenglik-o’zgalar turmush tarzi hulq atvori,odatlari his
tuyg’ulari fikr mulohazalari g’oyalari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli
bo’lish”,-deb ta’rif berilgan.Ijtimoiy ensiklopedik lug’atda:
“Tolerantlik-ijtimoiy ishninng boshqaruv tamoyili,guruhlar va
ijtimoiy hamjamiyatlar o’rtasidagi madaniy irqiy va boshqa
tafovutlarni tan olish,odamlarning tashqi qiyofasi,hatti-
harakati,qadriyatlar yo’nalishi va ulardagi farqlarga nisbatan
bag’rikenglikdir”,-deyilgan.Bu bilan bag’rikenglik insonning ichki
ruhiy holati uning ongi,haqiqatgo’yligi ko’tarinki kayfiyati,ishga
munosabati ,salomatlik darajasi,qiziqishi,ishonchi,xavfsizligi, qo’rquv
hissi,ochko’zligi javobgarlikni o’z zimmasiga olishi ishq muhabbati
kuchliligi insonlar haqiqotdan ochiqdan ochiq gapira olishi yetakchi
bo’la olishi,sustkashligi,tabiatan o’z hususiyatlarini muvofiqlashtira
olishi,muloqot va munosabatga yengil kirisha olishi,ruhiy tetikligi
kabilar)eknligi tasdiqlanadi.
Tolerantlik terminini ingliz olimi P.Medaver tomonidan ko’chirilib
o’tkazilgan
Begona to’qimaga nisbatan organizmimmun sistemasi “chidamliligi
” ko’rsatish maqsadida taklif etilgan”.
Xuddi shunday tarif sotsiologik ensiklopedik lug’atda ham
quyidagicha kiritiladi.Tolerantlik(lotincha-“chidamoq”)-a) o’zgalar
turmush tarziga,hatti-harakatiga urf-odatlariga his tuyg’ulariga
nisbatan chidamlilik-b) noqulay emotsional omillarga nisbatan
chidamlilikdir.
Z.Xusniddinov esa bu tushunchaga quyidagi ta’rifni bergan.
“Tolerantlik(lotincha “tleranc”-chidamoq) umumiy ma’noda biror
narsa ,hodisani o’zgacha fikr yoki qarashni o’z shaxsiy
tushunchalaridan qatiy naar imkon qadar chidam va toqat bilan qabul
qilishni anhlatadi.Diniy bag’rikenglik va vijdon erkinligi nuqtai
nazaridan muhim ahamiyat kasb etib boshqa shaxsiy etiqodi o’ziga
dinga uning vakillariga nisbatan hurmat bilan munosabat da bo’lishni
turli din hamda konferensiya vakillari e’tiqodida aqidaviy farqlar
bo’lishiga qaramay ularning yonma-yon va o’zaro tinch totuv
yashashini anglatadi.Diniy tolerantlik to’la ijtimoiy teng huquqlilik
inson erkilligiga nisbatan zo’rlikni qaralovchi qarashlar va
munosabatlarda yaqqol namoyon bo’ladi”.
Yoshlar faoliyati bilan bo’glab o’rganishga harakt qilgan
Z.R.Qodirova,A.J.SHaripov,V.Alimasov,E.karimova,SHmadyevalar
birgalikda yozgan kitoblarida quyidagi ta’rifni berganlar:
“tolerantlik-bu xilma xillikdagi uyg’unlikdir.Bu jahon madaniyatining
hilma hillligi, o’zligimizni namoyon qilish shallari va insoniy
fazilatlarni ifodalash usullariga hurmat va uni qabul qilishdir ”
Tolerntlik tushunchasiga bir qadar kengroq qarash
tadqiqotchi
E.Karimova tomonidan berilgan tarifda uchraydi.unig fikricha
“…tolerantlikodamlarga mehr muhabbat bilan qarash,ularni hurmat
qilish insonning,moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uning
shaxs sifatida erkinligi va huquqlarini taminlash kabi g’oyalar bilan
sug’orilgan diniy,falsafiy,huquqiy ahloqiy va shular kabi barcha
insoniy qarashlardan iborat progressiv dunyoqarashning asosi bo’lib
hizmat qiladi.”Tolerantlik tuhunchasiga psixologik nnuqtai nazardan
tarif berish uning turli munosabatlarda namoyan bo’lish
hususiyatlaraini ochib berishga harakatlar ham
mavjud.Jumladan,psixolog olima profesor V.M.Karimova shunday
yozadi: “Psixologiya nuqtai nazaridan tolerantlik (lotincha-
“tolerantia”-sabrlilik –chidam insoniy bag’rikenhlikning bir
ko’rinishi yoki ifodasi bo’lib,inson uchun yoqimsiz nohush bo’lgan
biror omilga nisbatan qatiy javobning yo’qligi yoki uning
kuchsizligini bildiradi.O’sha va ziyat yoki omil qanchalik shaxsga
yoqmasa-da u bnga chidaydibosiqlik qiladi,kerak bo’lsa moslashadi.
1995-yil 25-oktabrda,16- noyabrda Birlashgan Millatlr Tashkiloti
ta’lim fan va madaniyat masalalari bo’yicha tuzulmasi YUNESKO
Bosh Konfferensiyasining parijdagi yigirm sakizinhi sessiyasida “Biz
birlashgan millat xalqlari ,,kelajak avlodlarni urish halokatlaridan
halos qilish istagi bo’lgan yana bir bor insonning asosiy huquqlariga
shaniga va inson shaxsining qadr qimmati ga nisbatan ishonchni
tasdiqlab va shu maqsadlarda bag’rikenglikni namoyon qilib va
o’zaro tinch va yahsi qoshnilar shil yashashga chaqiramiz”degan
fikrlariga yodda tutish darajasi inson huquqlari bilan bog’liq bo’lgan
xalqlar qabhul qilgan hujjatlarini” qabul qilishlarini takidlaganlar
Ana shu qabul qilingan hullatlardan biri “bag’rikenglik tamoyllari
deklartsiyasi ” edi.Uning 1-moddasi “Bag’rikenglik tushunchasi’ deb
belgilanib uning ma’nosi quyidagi to’rt bqismda ko’rsatilib berilgan .
1-modda .Bag’rikengliktushunchasi.
1.1 Bag’rikenglik-bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni
,o’zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning
qabul qilishning va to’g’ri tushunishni anglatadi.Uni
bilim’samimiyat’ochiq muloqat hamda hur fikr,vijdon va etiqod
vujudga keltiradi .Bag’rkenglik turli tumandagi birlikdir.Bu faqat
ma’naviy burchgina emas,balki siyosiy huquqiy extiyoj
hamdir.Bag’rikenglik-tinchlikka erishishini musharraf qilguvchi va
urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir.
1.2 Bag’rikenglik- yon berish yoki hushomad emas. Bag’rikenglik-
eng avvalo,insonning universal huqulari va asosiy erkinliklarini tan
olish asosida shakllangan faol munosabatdir.Hech anday vaziyatda
ham bag’rikenglik ana shu asosiy qadriyatlarga tjovuzlarning
bahonasi bo’lib hizmat qilmaydi.
Bag’rikenglikni alohida shaxslar ,guruhlar va davlatlar namoyon
qilishi lozim.
1.3
Bag’rikenglik-inson huquqlarini qaror toptirish
,pluralizm,(shu jumladan,madaniy pluralizim) demakratiya va
huquning tantanasi uchun ko’maklashishi majburiyatidir.
Bag’rikenglik-aqidabozlikdanhaqiqatni mutloqlashtirishdan
voz kechishini anglatuvchi va inson huquqlari sohasidagi
halqaro-huquqiy hujjatlarda o’rnatilgan qoidalarni
tasdiqlovchi tushunchadir.
1.4
Bag’rikenglikni namoyon qilish inson huquqlariga ehtirom
bilan hamohang,u ijtimoiy adolatsiz likka nisbatan sabr toqatli
munodsabatda bo’lishni o’z imon-e’tiqodidan voz kechish
yohud boshqalarning etiqodiga yon berishni anglatmaydi.
Ushuni anglatadiki,har kim o’z e’tiqodiga amal qilishda
erkindir va har kim va boshqalar ham bu huquqqa ega
ekanligini tan olimog’i lozim.
U yana shuni anglatadiki,odamlar o’z tabiatiga ko’ra tashqi ko’rinishi
qiyofasi o’zini tutushi nutqi hulqi va qadriyatlari jihatidan farqlanishi
e’tirofga loyiqligi barobarida ular dunyoda yashashga va o’zlarining
anashu individulalligini saqlab qolishga haqlidirlar.U yana shuni
anglanadiki,bir kishining qarashlari majburan singdirilishi mumkin
emas.
Keltirilgan hujjatdan ko’rinib turibdiki, “bag’rikenglik” xalqaro
ahamiyatga ega bo’lgan tamoyil hisoblanadi. Chunki bir qator
yo’nalishlari ma’no mazmuni ham xalqaro miqyosida inson
huqquqlari ularning tinch o’zaro bag’rikenglikda hayot
kechirishlariga qaratilgan.
Bu hujjatning yana bir muhim jihati shundaki ,unda
bag’rkenglikning chegaralari va huquqiy maqomlari ham beklgilab
berilgan Professor Bekmurodov.VA E.Karimovalar “tolerantlikka
munosabat bildirib quyidagicha yozadilar: “Ijtimoiy-ruhiy tasnif
talablariga ko’ra ,tolerantlikdarajasini ikkiga bo’lib o’rganish
mumkin.”
1,Anglangan tolerantlik
2.Anglanmagan tolerantlik
Anglanmagan tolerantlikda jamiyat yashayotgan kishilarning
murosaviy turmush tarzi,kamolotga hamkorlikda intilishular o’rtasida
o’zaro bir-birlariga bo’lgan qadr qimmat ifodalanadi.Anglanmagan
tolerantlik esa ijtimoiy-ma’naviy qaramlik,intellektual turg’unlik
holatlarida jamiyatda yashayotgan kishilarning o’zlarini tutishlarida
namoyon bo’ladi.
Masalan yuz berayotgansiyosiy-madaniy jarayonlar mohiyatini
tushunib yetmaslik yoki tabiat hodisaklarini tushunmasliklari
sababli,ularni taqdir taqozosi yuz berish muqarrar hodisa sifattida
talqin etish inertsion sabr-toqat qilishlari anglanmagan
tolerantlidir.Mualliflarning bu fikriga asosan qo’shilish
mumkin.Shuning bilan bir qatorda ularda bir qator munozarali fikrlar
ham borligini ta’kidlash lozim.Jumladan “anglangan” va
“anglanmagan” tolerantlik o’rtasidagi kishilarning u yoki bu hodisa
va jarayonlarga bo’lgan munosabatlariga qarab farqlashda
masalaning shunday qo’yilishi to’g’ri bo’larmikan degan savol
kelib chiqadi.chunki, “… yuz berayotgan siyosiy-madaniy
jarayonlar mohiyatini tushunib yetmaslik yoki tabiat hodisalarni
tushunmasliklari sababli ularni taqdir taqozosi yuz berishi muqarrar
hodisalar sifatida talqin etish,inertsion sabr-toqat qilishlari
anglanmagan tolerantlikdir ”-degan fikr ilgari surgan
1.2 Tolerantlik shakllanishining ijtimoiy-falsafiy va ma’naviy –
ma’rifiy negizlari
Jamiyat,inson,ijtimoiy guruh va millatlarning o’zaro munosabatlari
murakkab bo’lganligi,ularning barqaror taraqqiyotiga erishish
masalasi insoniyat ongli faoliyati boshlangandan to hozirgi kungacha
bo’lgan davrgacha mutafakkirlari olimu ziyoli mnazariyotchi
siyosatchi amaliyotchi va oddiy insonlarning diqqat markazida
bo’lib kelgan va bundan keyin ham muhim masalalardan biri sifatida
qoladi. Bag’rikenglik goyalarining dastlabki yozma g’oyalari
xalqimiz manaviyati madaniyati davlatchiligini asosiy manbalaridan
biri BO’Lgan zardushtiylikning “Avesto” kitobida tarannum etilgan.
“Avesto” da ilgari surilgan “ezgu fikr,ezgu kalom,ezgu amal
so’zlarining zamirida bag’rikenglik g’oyalari o’z ifodasini topgan.
Chunonchi ezgu fikr insonni kamolatga yetaklaydi,garazli niyatlardan
holi bo’ladi. Ezgu so’z insonlarni o’zaro yaqinlashtiradi Ular
o’rtasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan turli ziddiyat yohud bir-
birini ko’ra olmaslik yovuzlik kabi salbiy holatlardan xoli bo’lishiga
yordam beradi.Ezgu amal esa bir tamondan,insonlarni,odamlarni
mehnat qilish yaratuvchanlikka undasa ikkinchi tomondan mehnat
orqaligina inson faravon yashashligini ko’rsatib beradi.”
Ko’rinib turibdiki, bu tarixiy falasafiy asarda tolerantlik goyalari
o’zak goya hisoblanadi “Insonni hunarmand tilu zabonli qilib
yaratgan tangriga olqishlar bo’lsin U insonni yamonlikka qarshi
kurashsin,uni nest-nobud etsin, deb barcha mavjudotga rahbar va
sarvar etdi.”Tolerantlik goyalari islom talimotida ham o’z ifodasini
topgan .Uning muqaddas kitobi QUR’ONI Karimdan boshlab
hadislarda hamda tasavvuf ta’limotida bagrikenglik goyalari ilgari
surilgan Mehmat bilan hayot kechirishni o’zining hayot mazmuni
deb hisoblagan insonda ham, hallollik,samimiylik, mehr-oqibat va
bag’rikenglik tuyg’ularini mustahkamlamaydi.Islom dinida tinchlik
va hamjixatlik goyalari ham katta o’rinni egallagan.Bag’rikenglik
goyalari o’zbek xalqining buyuk merosi bo’lgan
“Alpomish”,go’ro’g’li kabi dastonlarida o’z ifodasini
topgan.Ajdodlardan avlodlarga meros bo’lib kelgan bu noyob
dostonlar xalqning ong tafakkurining mahsuli hayot kechirishi
turmush tarzi,orzu umidlarini o’zida mujassamlashtirgan Bu
dostonlarda do’stlik,mehr-muhabbat dushmanga nafrat vatanni
ulug’lash xalq manfaatlari yo’lida hatto jonini ham ayamaslik kabi
ulug’ qadriyatlar drajasiga ko’tarilgan goyalar ilgari surilganligini
ko’rish mumkin.Aslida ham bag’rikenglik g’oyalrini ajdodlarimiz
bugungi avlodlarga yana dastonlar orqali meros qilib qoldirilgan
desak to’g’ri bo’ladi.Haqiqatdan ham alpomish,gorogli va boshqa
dostonlari o’zbek xalqining yuksak manaviyat ,insonni
uluglash,do’stlikni qadrlash,vatanniu yuksak darjada
kuylash,muhabbatga sadoqatni tarannum etishni o’zida aks ettirgan
manaviy meroslardan birini tashkil etadi.Bag’rikenlik goyalari
taraqqiyoti ix-xii asrda O’rta Osiyoda fan va madaniyatning gullab
yashnashi bilan bogliq holda kechganligida ko’rish mumkin.Bu
davrda bu zaminda yashagan muhammad muso al-Xorazmiy Abu
rayhon beruniy Abu nasr Farobiy va boshqa allomalar
fan,manaviyat va madaniyatni grivojlantirish bilan omma oldiga
ongli tafakkurining taraqqiy qilishga mamlakatlar va xalqlar
o’rtasida do’stlik aloqalarining mustahkamlanib borishga katta hissa
qo’shganlar.Xorazmiy o’zining mashhur al jabrlari bilan matematika
taraqqiyotida yangi oliy matematika bosqichiga oaso solgan edi.
Umuman olganda jahonda fan yutuqlari har dolim ham
umuminsoniyatga hizmat qilgan umuinsoniyat mulki bo’lib
kelgan.Fan ana shu yo’l bilan Xalqlar va mamlakatlatni o’zaro
yaqinlashtirib kelganligini ko’ish mumkin Hatto l xorazmiyning
ilmga bo’lgan munosabatlarida ham ko’rish mumkinki u turli
ilmlarning o’zaro bog’liqlik g’oyalarini ilgari surib butun
insoniyatning o’zaro bog’liq ekanligiga ham ishora qilgan
deyishimizga to’la haqlimiz U turli ilmlar bir-birini inkor va istisno
egallaydi, Balki o’zaro biri bilan bog’liq va dunyoni bilishga hamda
baxt-saodatga erishashga xizmat qiluvchi yagona xalqni tashkil
etadi”.
Keltirilgan bu fikrdan ko’rinib turibdiki AL Xorazmiy ilm hayot xalq
manfaati va tarqqiyot g’oyalarini o’zaro uyg’unlikda ko’radi Bu
bilan u insonlarni bir biri bilan o’zaro bogliq holda rivolanishi
mumkinlagi goyasini ilgari suradi Bu davrning yana bir mutfakkiri
Abu ryhon beruniy XISOBLNADI.Buyuk jdodlrimiz ABU Rayhon
Beruniy o’zining aqliy salohiyi yuksak ilm sohibi qalbida mavjud
urgan bag’rikenglik tuygulari bilan xalqimiz ongi va tafakkurida
bag’rikenglik ruhiytining rivojlanib borishig katt hiss qo’shgn
ajdodlrimizdan biri edi. Beruniyning bag’rikenglik goyasining
umuminsoniytga hizmat qilayotgan kshfiyotlarida u ilgri surgan
falsafiy goyalarida ham o’z ifodasini topganligini ko’rish mumkin.U
o’z asarlarida adolat,insong hurmat mehnatni ulug’lashdo’stlik
hamdardlik o’z yurtiga ,xalqiga sdoqat goyalrini ilgri surgan.
Bag’rikenglik goyalarining negizlri haqida fikr yuritganimizda buyuk
bobomiz o’zbek sheriyatining sultoni Alishwer navoiyni ijodini va
faoliytini alohida takidlshimiz lozim.AlisherNavoiy butun umri
davomida yozgn sherlarid oddiy insonlarning baxtli saodtli
bo’lishini,adoltning qaror topishinni insonlarning tinchligini va
farovon hayot kechirishini trnnum etdii.U bir- biriga dushman bolgan
oddiy insonlar bilan hukmdorlarni kelishtirishga hukmdorklarni
xalqqanisbtan dolatlui bo’lishg chqirib yashadiBobur Mirzo v ulardn
keyin yashb ijod qilgan Ogoxiy,Komil Xorazmiy va Feruz kbi
ulkan shoirlar hayoti ijodi oddiy insonlr manfaatini ko’zlab amalga
oshirilgan iahlarning zamirida bagrikenglik goyalari turganligini
ko;rish mumkin Zero bagrikenglik nafaqat goya shuningdek u hayot
faoliyti orqali namoyon bo;ladign ma;naviyat hamdir.
Millatimiz,bagrikenglikning ildizlri n shu mnviytga borib taqladi
Ongimizda mavjud bo’lgan bag’rikenglik g’oyolari manaviyatdan
bahra olgan ularni o’ziga singdirgan desak to’g’ri bo’ladi.
Bag’rikenglik g’oyolari hr doim yovuzlik ustidan g’olib kelib
chunki uning zamirida oddiy insonlr m’arifatprvar siyostchi dvlat
arboblri adbiyot san’at arboblari, olimu zukko nazaryotchilarning
qrashlari umumxalq manftlri biln uyg’unlshib ketgan. Ushbu ijobiy
manbalr tasirida millat ongida bag’rikenglik tuyg’ulri rivojlnib
borgan.Bag’rikenglik traqqiyotidan Turkistonda Xix asrning
jadidchilik hrakatida o’z ifodasini topdi.Bu harakatdagi bag’rikenglik
g’oyalari shunday ediki,bu harakatdan ko’zlangn maqsad
Turrkistonni chorizm bosqini ularni zo’ravonligidan ozod qilish.Bu
o’lkada yashayotgan xalqlarning mustaqil bo’lib yshashlariga erishish
edi.Ammo ular bu maqsadni amalga oshirishda qurol bilan emas blki
mariftni ko’tarish xalqning ongini oshirish yo’lini tanlaganligida
namoyon bo’lgan edi.Jadidchilik hrakatining asoschilridan biri uning
Turkistond keng quloch yoyishiga fidoyilik ko’rstgan Ismoilbek
Gaspaerali mustaqillikga erishishda eng avvalo xalqning ongini
o’stirish uni jaholatdan qutqarish va ularni yagona maqsad yo’lida
birlashtirish zarurligi g’oyasini ilgari surgan edi.Xatto u bosqinchi
russiya o’z qo’l ostidagi xalqlar biln hamkorlik qilishi g’oyasini ham
ilgari surgan edi.Jadidchilik harakatidagi bag’rikenglikning yana bir
muhim ko’rinishi shunda bo’ldiki bu harakatning ko’zga ko’ringan
vakillari Turkiston xalqlarining millatidan qatiy nazar mustaqillik
yo’lida hamkor bo’lishlri lozimligi g’oyalarida o’z ifodasini topgan
edi.Jumladan bu harakatning ko’zga ko’ringan arboblaridan biri
Muhammad xo’ja Behbudiy edi.Proffessor Begali Qosimov bu haqida
shunday fikir bildirgn edi “bu qadim otlar yurtini unda yashab turgan
barcha qon qarindoshlar millatlarning birligi bilangina saqlab qolish
mumkinligini teran angldi.”
2
bob Ksb hunar kollejlari o’quvchilarida torelntlik sifatlrini
shakllantirish shkl v usullari.
2.1 Tolerantlikning shakllari va uni kasb hunar kollej o’quvchilrida
shkllantirish usul va vositalari
Tolerantlik hissini rivojlantirish ta’lim sohasi uchun bosh maqsadlardan
biriga aylanib borrmoqda.Ayni shuni o’zi ham tolerantlik masalasi
so’ngi yillarda pedogogika fnlari doirasida dolzarb muammoga
aylanmoqda.
Tolerantlik shakllanishi murakkab jarayon bo’lib,millatlr taraqqiyoti
uchun zaruriy ehtiyoj sifatida turli darajda rivojlanib bordi.Bir qator
olimlar tolerntlikning turli shakllarini mavjudligi g’amini ilgari surib
kelmoqdalar.
Millatlar aro tolerantlik deganda munosabtlar aro hususiyatlar
tushuniladi.Bunda, birinchidan hr bir millatning bir biriga nisbtan
ijtimoiy munosabarlarig ta’siri.Ikkinchi tomondan esa na shu
munosabatlarni butun bir dvlat ravnaqiga ta’siri nazarda
tutiladi.Boshqacha aytganda millatlar aro munosabatlarning
ijtimoiylshuvi jmiyat ravnaqiga milliy mustaqillikni ynada
mustahkmlashga ta’siri asosida millatlarning o’zaro
integrallashuvi,fikirlar o’zgarishi yotadi, deb hisoblanib,bu ijtimoiy
munosabatlarning transformatsiyasi davrida katta ahamiyat kasb
etadi.O’zbek millatidan tashqari boshqa millat vakillari ham vatn
mustaqilligida o’zlarining ijtimoiy maqomlariga ega bo’ladilar.Endilikda
tolerantlar inson his tuyg’ulari v etiqodlariga ikki yoqlama ta’rif bera
olish imkoniyatida foydalanmoqda.Birinchidan,miliy madaniyat
hususida “O’zbekchilik” “Bag’rikenglik kabi tushunchlr” yoshlar
tomonidan o’z o’zidan yoki tarqoq holda o’lashtirmasdan balki jamoalar
shahar qishloq mahalla va boshqalar tomonidan hr bir farzandning o’
millati vakili sifatida o’zligini anglashiga yordam bermoqda.Bu bola
dunyoqarashi faoliyati ijtimoiylashib,u ka uka mahalladosh sinfdoash
kabi milliy tushunchalarga ega bo’lib odob axloq milliy va millatlar aro
muloqot hamda munosabatlrning mdaniy meyorlarini o’zlashtirib
bormoqda.Keng ma’noda esa farzandlarning yoshiga mos ijtimoiy
foydali mehnatga tortilishi,ijtimoiy topshiriqlarni bajarishga jalb qilishi
orqali u turli yo’nalishda ijtimoiylashib bormoqda.Natijada milliy axloq
meyorlarini o’z ongida singdirgan xolda ijtimoiy hayotga tayyorlnib
milliy o’zlikni anglsh imkoniyatini kengaytiradi.Tolerantlik aynan mana
shu jarayonida rivojlnib boradi.Farzandlar ongidasi o’zlikni anglash
ularning ozod shaxs ekanligidan dalolat beradi va boshqalarni anglash
qobiliyatiga aylanib bir birlarig yaqinlashuv jarayoni sodir
bo’ladi.Ularning dunyoqarashida mavjud bo’lgan ikkinchi yo’nalish
boshqalarni anglash bo’lib u ongni ijtimoiylashuv jrayoniga olib
keladi.Xalq ma’naviy taraqqiyotining muhim tarkibiy qismi bo’lgan
milliy o’zlikni anglash uning o’z madaniy mulkiga vorislik ongini
mustahkamlaydi.Milliy o’zlikni anglash tolerantlikga mos holat bo’lib u
shahsning boshqa millatlarga munosabatini nafaqat o’ millatining
merosiga va madaniy boyliklariga balki boshqa halqlarning ham
manaviy boyliklariga samimiy munosabatlarini shkllantiradi.O’zbekona
milliy qadriyatlar negizini ifodalovchi o’zbek halqi fazilatlri turkumi
tolerantlikni ifodalovchi omillaridan bo’lib,undagi hayo,ibo, kattalarga
hurmat,kichiklarga izzaat,mehmondo’stlik,ota onani ulug’lash, o’z
manfatini ijtimoiy manfaatlaridan ustun qo’ymasligi,boshqalarning htti
harakatlariga toqat qilish kabi fazilatlar har qanday tolerantlik yo’nalishi
sosining ta’minlaydi.Tolerantlikga hos o’zlikni anglagan kishi millatni
boshqalar tomonidan kamsitilishiga yo’l qo’ymaydi.Bu faqt oliyjanoblik
tuyg’usi bo’lib qolmasdan balki uning hulq atvorini axloqini siyosiy
manaviy pokligini,burch huquqiga o’z halqi va uning muqaddas
manbalari boyligi kabilarga munosabatini belgilab beradi.Tolerntlikning
har qanday shakllaridagi munosabat tizimlarini ochib berishdan bir
biriga bog’liq quyidagi uch jihatini ya’ni.1.Komuniqativ 2.Persevtiv
3.Interaktiv jihatlrini nazarda tutish kerak.
Tolerntlik hususida to’g’ri tashkil qilingan ta’lim tarbiya viy
tadbirlarning suhbat savol jvob kabilarning ahamiyati katta
bo’lib,birinchidan ular orqali jamoa ichidagi munosabatlar tizimini
chuqurlashtirib borish ularda hayot mazmuni sifatida foydalanishda
faqat ijobiy yo’naltirish mumkin.Bu jarayonda shaxsiy qiziqishlarning
umum qiziqishlarga aylantirishning do’stlarning kamchiligini tanqid
qilib ,o’zi ham tanqidga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’la bilishga
boshqalar tolerantligiga etibor qilib, ular tomonidan ifodlanadigan
tolerantlik talablariga sabr toqat bilan bo’ysuna olish qobiliytiga ega
bo’lishga ehtiyoj tug’iladi. Jmoa guruh ichidagi tolerantlik
munosabatlarining bunday murakkab tizimi tolerantlik holatlarini amaliy
bajarish jarayonlarida milliy ong hususioda uning mazmun mohiyati
ifodasi yuzaga keladi v bo’lg’usi ksb egalarid shunga muvofiq
jamoatchilik sifatlarini tarbiyalashda asosiy vazifani o’taydi.Ikkinchidan
milliy ong tizimida tolerantlik yo’nlishlari shakllanishi jarayonida
yoshlarning ma’lum bir jamoa tolerantlik hususida boshqa bir
jamoalarga bog’liq bo’lib, qoladi.O’zbekiston halqlari hayot tarzidan
kelib chiqib shuni aniq aytish mumkinki har bir millt har bir hlq o’z
hayot tarzini keljagini ajdodlrning tarixiy tajribasi asosiga quradi.Xech
bir xalq begona andozalar asosida erkin yashab taraqqiy eta
olmaydi.Buni tarix tastiqlaydi.Lekin o’zbekistondagi millatlar aro
do’stona hamkorlikka asoslanib mnfaatlar uyg’unligi ulrda o’zlariga xos
tolerantlik faollashtirib, O’zbekistonning mustaqilligini yanada ynd
mustahknmlashg yo’nltirilgnligidadir. Bu yerda yurt hyotining hr bir
hondon hyoti,tartib intizom qoidalri manfaatlarig moslashtirilganligi
tolerantlikning asosiy yo’nlishi hisoblanadi Hr bir xonadon ‘zolari
O’Zbekistonning tabiiy jug’rofiy shart sharoiti tarixiy tajribasi milliy
fel atvori bilan bog’liq tarzda yashar ekan davlat ham ularning baxtli
saodatli yashashlari uchun turli imkoniyatlarni yaratib beradi, zero
xalqning tinch totuvligi dvlat rivojining asosi hisoblnadi. Asrlar
davomida O’zbekistonda yashab faoliyat ko’rsatgan xalqlarning o’zaro
siyosiy, ma’daniy ijtimoiy aloqalari hamjihatligi bugungidek yorqin
bo’lgn emas. O’zbekistonda yashovchi turli millat vakillari umummilliy
ma’daniyati bilan bir qatorda, o’zlarining milly onggiga hos
ma’daniyatlar mazmun mohiyatini rivojlantirib borish imkoniyatiga ham
egadir. Vatan tushunchasi keng qamrovli, ko’p ma’noli bo’lib, shaxs o’z
ma’naviy kamolot darajasiga ko’ra ijtimoiy falsafiy tushunchalarga
egadir. Aynan ana shu tushunchalar ma’naviy qadriyat sifatida inson
ongida har xil ko’rinishd tarannum topadi. Ijtimoiy muhitdagi, ijtimoiy
vaziyatdan kelib chiqib, turlicha talqin etiladi. Agar bularning barchasi
e’tiborga olinmasa, qiyosiy tahlillar o’tkazilmasa yosh avlodlar ruhiga
singmaydi. Natijada oddiy bir shior darajasida qolaveradi-“Vatan” degan
so’zning mazmun mohiyatini anglab olgan holda faoliyat yuritish
tolerantlik yo’nalishi sifatida, vatanni sevish, unga xizmat qilish, uni
ardoqlash kabi majburiyatlarni keltirib chiqarar ekan, demak, Vatan
manfaatlarini ko’zlab xizmat qilish, Vatan manfaatlari bilan o’z
manfaatlarini uyg’unlashtira bilish, ijtimoiy manfaatlar uyg’unligini
ta’minlashni, Vatan ravnaqini, insonlar baxt saodatini nazarda tutadi.
Shu ma’noda o’zbekona tolerantlik, Vatan tushunchasi o’zi fuqarosi
hisoblangan mamlakatga taalluqli ekanligini unutmaslikdan iborat
bo’lib, mahalliychilik, olia, qarindosh-urug’ manfaatlarini xalq va millat
manfaatlaridan ortiq bilish, ularni bir biriga zid qo’yish, ma’naviy
nokastlik nishonalaridandir. Tolerantlik yo’nlishiga ko’ra Vatan
tushunchasi mamlakat, milliy davlat bilan tengligi, ona zamin va
millatlarning millat tushunchasi asosida uyg’unlshishidadir.
Millat tuyg’usi, undan manfaatini seza olmagn insonda o’z oilasi
tug’ilib o’sgn shahar, qishlog’iga intilish bo’lishi mumkin. Lekin u keng
ma’nodagi Vatan bo’lmaydi, fidoiylik darajasidagi Vatan tuyg’usi unga
yod bo’ladi, chunki u faqat o’z manfaatini ko’zlab, xalqi, Vatani
manfaatlarini chetlab o’tadi. Vatan turli xalqlar eltarlar umumlashgan
diyor sifatida bu yerda yashovchi har bir shaxsning, har bir millarning
qon qoniga singib ketgan tuyg’u bo’lib, uni sevishga ehtiyoj tug’diradi.
Bu yerda shaxs vujudga keladi, ma’naviy kamolot, yuksak ma’sulyat
hissi shakllanib, o’z manfaatlarini xalqi, Vatanni manfaatlari bilan
uyg’unlashitirshga qaratilgan tolerantlik yo’nalishlari kengayib,
umulashib boradi.
Insonning tabiatga munosabati iqtisodning asosini tashkil etadi, chunki
u o’z aql zakovati bilan tabiatni o’ziga moslashtirar ekan, tabiatning
qarama-qarshiliklari asosida o’z tabiatini ham o’zgartirdi. Natijada
yangidan yangi ehtiyojlari paydo bo’ldi.Lekin bugungi kunda hr bir
inson o’z moddiy manfatlrini ehtiyojlarini qondirish uchun fqat tbit
emas blki, o’zga insonlar bilan hm turli munosbatlrga kirishdi. Natijada
bir-birlarining ehtiyoj va manfaatlarini vatan tuygusi asosida qondira
olish imkoniyati paydo bo’ladi.Bunday munosabatlar maqsadi
yo’nlishidan kelib chiqib tolerantlikning ham turlicha yo’nalishlari
shakllanib boradi Har qanday yo’nlishidagi munosabatlarida mulk
tushunchasi taklif va talab maanfat nisbati asosiy nuqtalardan
hisoblanib iqtisodiyotga nisbatan ham shakllanib boradi. Natijada
tolerantlik tushunchasi odamlar jamoasidagi iqtisodiy munosabatlarning
turli darajada va yo’nalisharida xuddi shu munosabatlarga xos bo’lgan
manfaatlar orqali tolerantlik yo’nalishlari darajalarini aniqlash mumkin.
Ularning bir birlari bilan uyg’unlashgan iqtisodiy manfaatlariga
asoslangan munosabatlarda toleratlikning o’rni ifodalanib boradi.
2.2 Tajriba sinov natijalar tahlili.
Bitiruv malakaviy ishi maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda
Hazarasp pedagogika kasb hunar kollejida eksperiment o’tkazildi.
Pedagogik eksperiment o’tkazish tartibi aniqlandi. Eksperiment
o’tkazish bo’yicha reja tuzildi . Tadqiqot izchilligi, vaqti, joyi belgilandi.
Tushunchalar tizimi ishlab chiqildi. Pedagogik eksperiment o’tkazishdan
maqsad tadqiqot ishida ilmiy farazning amaliy asosda ekanligini
tekshirib ko’rishdan iborat edi. Eksperiment davomida qo’yilgan
vazifalar amalga oshirildi. Eksperimentning ilmiy va amaliy asoslarini
o’tish maqsadida tadqiqot mavzusi bo’yicha ilmiy, uslubiy adabiyotlar
o’quv qo’llanmalari monografiyalar o’rganib chiqildi.
Hazarasp pedagogika kasb hunar kollejida o’quvchlarning bag’ri
kenglik, mehmondo’stlik, sahiyligi, mehr oqibatliligi, hamkorlik,
hamfikrlilik, millatlararo totulik sifatlari o’rganildi va tahlil qilindi.
To’plangan material umulashtirildi, qayd qilindi. O’rta maxsus kasb
hunar kollejida o’quvchilardan tolerantlik sifatlarni shakllantiishda
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o’rni, darsdan tashqari vaqtdagi
mashg’ulotlarda o’quvchilarning tolerantlik sifatlarini shakllantirishdagi
ijtimoiy pedagogik ahamiyati masalalari o’rganildi va tarbiyaviy soatlar
mavzularida va muayyan tadbirlar tizimi ishlab chiqildi. Ushbu ishlarni
amalga oshirish uchun uslubiy ko’rsatmalar tayyorlandi. Eksperiment
obyekti sifatida Hazarasp pedagogika kasb hunar kolleji 101 jismoniy
tarbiya nazorat maqomini, 102 boshlangich ta’lim eksperimental guruh
maqomini oldi. Hazarasp iqtisod kasb hunar kollejida buxgalteriya 101-
102 guruhlarida o’tkazildi. 101 guruh nazorat maqomini va 102 guruh
eksperimental guruh maqomini oldi. Eksperiment jarayonida
sinaluvchilar soni va tajribalar miqdori aniq belgilab olindi. Har ikki
guruhda o’quvchilar soni teng miqdorda tashkil qilindi. Eksperiment
guruhlarda respondentlar soni 54 kishini va nazorat guruhlarida
sinaluvchilkar soni 55 kishini tashkil qildi. Jami eskperimentda
qatnashuvchilar soni 109 kishini tashkil qildi. Eksperiment o’tkazish
uchun qulay shart sharoitlar yaratildi, tajriba ishlari olib borildi. Tajriba
ishlari olib borish va natijalarni qayd qilish uchun usullar ishlab chiqildi.
Esperimental guruhlarda biz taklif qilgan dars ishlanmalari, tadbir
rejalari va uslubiy tavsiyalar asosida ish olib borildi. Nazorat sinflarida
esa ta’lim tarbiya ananaviy pedagogik jarayonlarda olib borildi.
Eksperimentning nazariy qidiruv bosqichida tadqiqot mavzusi bo’yicha
adabiyotlar tahlil qilindi. Hazarasp pedagogika kasb hunar kollejida
Saidjalolova Salomat rahbarlik qilayotgan guruhlarni o’quvchilari
o’rganildi. Oila psixologiyasi, umumiy psixologiya, sport psixologiyasi
fanlaridan dars mashg’ulotlari kuzatildi. Hazarasp iqtisodiyot kasb hunar
kollejida Rahimova Intizor, Abdirimova Sanobar rahbarlik qilayotgan
guruhlarni umumiy psixologiya fani dars jarayonida kuzatildi. Bu
jarayon 2011-yil noyabr, dekabr oylarida amalga oshirildi. Biz
guruhlardagi o’quvchilarning tolerantlik sifatlari ya’ni sahiylik,
mehmondo’stlik, mehr-oqibatliligi, murosalik, hamfikrlik, millatlararo
totuvligi tahlil qilindi. Faoliyatni o’rganish davomida ma’lum bo’ldiki
o’quvchilarning tolerantlik sifatlarini shakllantirish jarayonida bir qator
muammolar mavjud. Bular:
1) O’quvchilarda tolerantlik sifatlari to’liq shakllangan emas. Buning
asosiy sababi dars va darsdan tashqari vaqtda tolerantlik
tushunchasi to’liq olib borilmaganligidir.
2) O’quvchilar manaviy-marifiy tadbirlarga qatnashishi sust. Bu esa
o’z navbatida kasb hunar kollejlarida o’quvchilarni tolerantlik
sifatlari shakllanish jarayoni to’gri tashkil etilmaganidan, darsda va
darsdan tashqari mashg’ulotlarda, tadbirlarda tolerantlik bo’yicha
yetarli ma’lumot berilmaganligi shaxsni o’rganish bo’yicha chora
tadbirlar ishlab chiqilmaganligi oilaviy shart sharoitlari to’liq
o’rganilmaganligi bilan izohlandi. Eksperimentning
umulashtiruvchi 2-bosqichida nazorat va eksperimental
guruhlarda, tarbiyaviy soat va tadbirlarda biz tomonimizdan taklif
etilgan dars ishlanmalari va ularni faoliyatini samarali qo’llash
bo’yicha uslubiy tavsiyalar asosida ish olib borildi. O’quvchilarda
tolerantlik sifatlarini shakllantishda manaviy-marifiy tadbirlarni
o’rni juda kattadir. Muhim sanalarga bag’shlangan tadbirlar
o’quvchilarni tolerantlik sifatlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Tolerantlik umuminsoniy qadriyatlar tizimida alohida o’ringa ega
bo’lib, uning millatlararo diniy konfensiyalararo va insonlararo
qadriyatlar sifatida amalga oshirish millatlar taraqqiyotiga xizmat
qiladi. Chunki turli manfaatlarga ega bo’lgan millat, elat va xalqlar
o’rtasida o’zaro jibslilik samimiylik va do’stona munosabatlarga
amal qilinsagina yuzaga keladigan har qanday muammolarni hal
qilishi mumkin. Ana shu ma’noda ham kasb hunar kolleji
o’quvchilarida tolerantlik sifatlarini rivojlantirish, mustahkamlash,
bir tomondan millatlarning o’zaro totuvlikda yashashlariga,
ularning yuzga keladigan muammolarini hamjihatlikda hal qilishda
amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. Ikkinchi tomondan umuminsoniy
qadriyatlarning tobora ommoviylashib borishiga xizmat qiladi.
Kasb-hunar kolleji o’quvchilarining tolerantlik sifatlarini
shakllanganlik darajasi quydagi mezonlar asosida aniqlanadi.
1. O’quvchilarda sahiylik, mehmondo’stlik, mehr oqibatlilik
sifatlarini shakllanganligi;
2. O’quvchilarda murasalilik,hamkorlik, hamfikrlilikni
shakllanganligi;
3. O’quvchilarda millarlararo totuvlik sifatlari tarkib topganligi;
Eksperiment
bosqichlari
Topshiriqlar
Nazarot
guruhlari
Eksperimental
guruhlar
Qayd etuvchi
eksperiment
I
II
III
18%
24%
16%
17%
23%
16%
Tajriba
umulashtiruvchi
eksperiment
I
II
III
19%
25%
14%
27%
33%
23%
Xulosa
Fuqarolik jamiyatini qurish jarayonida shaxs, millat va xalqlar
o’rtasidagi munosabatlarning barqaror taraqqiyotini
ta’minlashning muhim omillaridan biri sifatida toleratnlikni
rivojlantirib borishni talab qiladi. Chunki tolerantlik insonlar
millatlar, ijtimoiy guruhlar, shaxslar va turli diniy e’tiqodlardagi
kishilarni bir-biri bilan bog’lab, ular o’rtasidagi munosabatlarda
do’stona munosabatning yuzaga kelishi va mamlakatning
barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.
1. Kasb hunar kollejlari o’quvchilarida tolerantlik sifatlarini
shakllantirish muhim pedagogik muammodir. Zero, Vatan
tinchligi, farzandlarning inson bo’lib voyaga yetishi
tolerantlik sifatlariga egalik darajasini katta ahamiyatga
egaligi.
2. Kasb hunar kollej o’quvchilarida tolerantlik sifatlrini
shakllantirish aniq maqsadga yo’naltirilgan hamda muayyan
obyekt tashkil etilishi lozim bo’lgan pedagogik faoliyat
jarayoni sanalib , u individual xususiyatlarini namoyon etish
bilan birga ijtimoiy xususiyatlari ham kasb etadi.
3. O’quchilarning tolerantlik sifatlarini shakllanganlik darajasini
aniqlashga xizmat qiluvchi mezonlarning ishlab chiqishi
ushbu yo’nalishda tashkil etilgan pedagogik faoliyat yakuni
samaradorligini belgilovchi muhim ko’rsatkichlardan biri
bo’la oladi.
4. Kasb hunar kollejida o’quvchilarni tolerantlik sifatlarini
shakllantirishga yo’naltirilgan faoliyatni turli shakl, metod
hamda vositalar yordamida olib borish, ularning rang barang
hamda qiziqarli bo’lishini taminlabgina qolmay balki
shuningdek tadbirlar samaradorligini kuchaytiradi.
Kasb hunar kollejida o’quvchilar tolerantlik sifatlarini
shakllantirishga qaratilgan faoliyatning ma’ruza, suhbat,
uchrashuv, bahs, munozara, davra stoli, ko’rik tanlov kabi
shakl, kuzatish, og’zaki bayon etish, manbalar bilan ishlash,
treyning, namoyish etish, namuna ko’rsarish kabi metodlar,
shuningdek so’z yuritilayotgan muammo borasida tashkil
etilayotgan ta’lim tarbiya, milliy va umuminsoniy
qadriyatlar, milliy-madaniy meros namunalari ommoviy
axborot vositalari imkoniyati bilan boyitilishiga erishish
kutilgan natijalarni beradi.
5. Tadqiqot muammosi doirasida tajriba sinov ishlarini tashkil
etish jarayonida yuqorida bayon etilgan holatlarni hisobga
olish evaziga muayyan soha xususiyatlariga erishiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.”O’zbekiston” T.2010,
40 bet.
2. “Ta’lim to’grisida” O’zbekiston Respublikasining Qonuni. T,
1997. 10 bet.
3. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milly dasturi”,
T.1997.
4. Bag’rikenglik tamoyillari Dekloratsiyasi YUNESKO bosh
konferensiyasining 28-sessiyasida qabul qilingan( 1995, 16
noyabr, Parij) 1 nashr uchun ma’sullar : A.Saidov, K.Jurayev-T,
YUNESKO, 1999
5. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’grisida (yangi tahriri)
O’zbekiston Respublikasining Qonuni- T. “Adolat”, 1998
6. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot-
pirovard maqsadimiz. T, “O’zbekiston”, 2000
7. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz ma’sulmiz. T.
“O’zbekiston” 2001, bet 12
8. Karimov I.A. Havfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T.
“O’zbekiston”, 2002
9. Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l demokratik taraqqiyot va marifiy
dunyo bilan hamkorlik yo’li. T. “O’zbekiston”, 2003
10.
Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni
demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va
isloh etishdir. T. “O’zbekiston”, 2005
11.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. T.
“Manaviyat”, 2008, 6-7 bet
12.
Abdilov O’. Milliy g’oya va ma’naviy omillar.
T.”Ma’naviyat”, 1999
13.
Athamdjanova A.R. Tolerantlik psixologik muammo sifatida.
Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi. T. 2012, 212-215 bet
14.
Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub-T. G’ofur G’ulom
nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1993- 62 bet
15.
Bekmuradov M, Karimov E. Sabr – millat qadriyati (O’zbek
mentalitetida tolerantlik xususiyati).- “Jamiyat va boshqaruv”
jurnali, 2011, 11-bet
16.
Husniddinov J. O’zbekistonda diniy bag’rikenglik. T.: “Islom
universiteti” 2006 – 8-bet
17.
Hasanov S. Xorazm manaviyati darg’alari . T.: “Adolat”,
2001. 55-bet
18.
Hamidov H. “Avesto” fayzlari (ilmiy muharrir: N.Kamilov).
T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi, 2001. 30-bet
19.
Imonnazarov M. Milliy ma’naviyatimizning takomil
bosqichlari- T.: “Sharq”, 1996
20.
Karimova E. O’zbek tolerantligi – T.: “Aloqachi”, 2005. 18-
16 bet
21.
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.:
O’zbekiston, 1999. 23-bet
22.
Karimova V. Oila va jamiyat Ta’lim tizimida ijtimoiy -
gumanitar fanlar. 3-son 2007. 62-bet
23.
Karim Tohir. Milliy tafakkur taraqqiyotida (“Avesto”
zaminlarida to XXI asr boshlarigacha ) T.: “Cho’lpon”, 2003. -49-
bet
24.
Muradov M, Ergashev A. “Alpomishnoma” (birinchi kitob
Surxondaryo talqini) masul muharrir professor Hakimov N- T.:
“Mehnat”, 1999, 70-bet
25.
Qodirova J, SharipovA. Karimov E, Tolerantlik madaniyati –
davr taqozosi
26.
Qodirova J. Yoshlar ijtimoiy faolligi va tolerantlikni
yuksaltirishning ijtimoiy – falsafiy masalalari. – T.: “Falsafa va
huquq instituti nashriyoti”. 2006. 212-bet
27.
Yunusov M. Komil Xorazmiy davri, hayoti va ijodi. –T.:
O’zbek badiiy adabiyoti, 1960, bet 69-70 bet
28.
O’zbekiston Respublikasi va inson huquqlari bo’yicha
Xaqlari shartnomalar ma’sul muharrir A.Saidov. – T.: “Adolat”.
2002. 261-263 bet
29.
O’zbekistonda tolerantlik jarayoni. M. Xajiyeva. “ABU
Matbuot Konsalt” T.: 2008, 87-90 bet
Do'stlaringiz bilan baham: |