O‘zbek tili grammatikasining aksiomatik nazariyasi.
1.
Aksioma (yun. axioma) – o‘z-o‘zidan ravshanligi, ayonligi sababli is-botsiz qabul qilinadigan holat, tasdiq, fikr. Deduktiv quriladigan ilmiy nazariyalarda asosiy tushunchalarning boshlang‘ich xossalari. A.lar tizimi bilan kiritiladi va boshqa hamma xossalar, tasdiqlar (teoremalar) ulardan foyda-lanib mantiqiy isbot qilinadi. Ayniyat qonuni, ziddiyat qonuni, uchinchi istisno qonuni mantiqiy A. hisoblanadi. A.ga misol sifatida Yevklid geometriyasiiat parallellik A.sini keltirish mumkin: "Tekislikda a to‘g‘ri chiziqqa tegish-li bo‘lmagan O nuqta orqali shu to‘g‘ri chiziqqa bittadan ortiq parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin emas". Arximed aksiomasi, Sermelo aksio-masi va boshqa A. atamasi Yunonistonda paydo bulgan, birinchi marotaba Aristotel asarlarida ishlatilgan.Abu Nasr Forobiy, Umar Xayyom, al-Xorazmiy va boshqa allomalar ham A.ni atroflicha tekshirishgan.
2.
Postulat (lot. postulatum - talab) — biror ilmiy nazariyada isbotsiz qabul qilinadigan, lekin biron asosi boʻlgan prinsip yoki qoida. Postulat, odatda, biror mulohazaga koʻra asoslanadi, ana shu asoslash uning kabul qilinishiga sabab boʻladi. Postulat tushunchasi aksioma tushunchasining sinonimi sifatida ham qoʻllaniladi.
Postulat tushunchasi qanday hollarda qoʻllanilishiga qarab turlicha maʼnoni bildiradi. Mas, birinchi marta geomet-riyaning izchil aksiomatik bayonini yaratgan Yevklid aksiomalar deb isbotsiz qabul qilingan sof mantiqiy (no-geometrik) qoidalarni (mas, kiyem bu-tundan kichik), Postulat deb esa baʼzi geometrik yasashlarning mumkinligini tasdiqlovchi daʼvolarni tushungan. Gilbert aksiomatikasida esa Yevklidning mashhur V (parallel chiziqlar haqidagi) postulati "parallellik ak-siomasi" deb nomlangan.
3.
Aksioma- ilmiy nazariyaning hech qanday mantiqiy isbotsiz to'g'ri deb tan olinuvchi va boshqa ilmiy xulosalar uchun asos bo'luvchi maqbul deb topilgan haqiqat.
Teorema- aksiomadan farqli ravishda mantiqan keltirib chiqariladigan jumlalar. U shart, isbot hamda xulosa qismlardan iborat bo'ladi.
Aksiomaga misol qilib Nyutonning 3ta qonunini, teoremaga Pifagor teoremalarini misol qilib olishimiz mumkin.
4.
Aksiomatik nazariya xulosalarini chiqarish qoidalari ya'ni mutlaq to'g'ri formulalardan boshqa mutlaq to'g'ri formulalarni keltirib chiqarish imkonini beruvchi barcha qoidalarni hisoblab chiqish ( berilgan konstruksiyalardan yangi gap konstruksiyalarini hosil qilish qoidalari ).
Do'stlaringiz bilan baham: |