Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti


Urush yillarida fan, maorif va madaniyat



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

3. Urush yillarida fan, maorif va madaniyat 
F a n. Urushning dastlabki kunlaridayoq Ittifoq Fanlar Akade-miyasining o'zbek filiali, 
respublikada ishiab turgan 75 ta ilmiy muassasalar, shu jumladan, 25 ta ifmiy-tadqiqot institutlari, 23 ta 
ilmiy stansiya va boshqalar, barcha olimlar xo'jalikni harbiy izga solish bilan aloqador muammolarni hal 
etishga jalb etildi. Ularning zavodlar, fabrikalar, temir yo'l, va avtomobil yo'llari, transport korxonalari 
bilan bevosita aloqalari o'rnatildi. 
O'zbekistonlik olimlar ko'chib kelgan yirik olimlar bilan yaqin aloqa bog'ladilar. Respublikamizda 
mavjud bo'lgan va ko'chirilib keltirilgan ilmiy muassasalarning tadqiqot yo'nalishi qayta ko'rib chiqildi, 
urush talablariga moslab o'zgartirildi. 
Geolog olim H.M.Abdullayev va boshqalarning tadqiqotlari natijasida qalay, volfram, molibden, 
o'tga chidamli metallar, nodir metallar va boshqa turdagi xomashyo koniari topildi va o'zlashtirildi. 
A.S.Uklonskiy boshchiligidagi geologfar guruhining Turangli temir konini topish, o'zbek metallurgiya 
kombinati qurulishini loyi-halashtirish va ularni foydalanishga topshirishdagi xizmatlari katta ahamiyatga 
ega bo'ldi. 
D.M.Bogdanov va muhandis G.S.Chikrizovlar Angrenda qidiruv ishlariga boshchilik qildilar va 
ko'mir konining boy resurslarini topib yangi shaxtalar qurishga ko'maklashdilar. 
Dori-darmonlar tayyorlash borasidagi tadqiqotlar natijasida aholi ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan turli xil 
dori-darmonlar ishiab chiqarish yo'lga qo'yildi. Toshkentda farmatsevtika zavodi qurilib ishga tushirildi. 
Urush yillarida gumanitar fanlar ham ancha rivojlandi. Toshkentga ko'chib kelgan yirik tarixchi, 
arxeolog, huquqshunos, sharqshunos, adabiybtshunos olimlar o'zbekistonlik hamkasblari bilan 
O'zbekiston xalqlari tarixi, madaniyati va adabiyotining muhim masalalarini ishiab chiqdilar. V.V.Struve, 
V.A. Shishkin, I.K. Dodonov, V.Yu. Zohidov, X.Sh. Inoyatov, A.Yu.Yakubovskiy, M.E. Masson, 
S.P.ToIstov, Ya.G'. G'ulomov va boshqalar O'zbekistonning eng qadimgi va o'rta asrlar tarixi, moddiy 
madaniyati va ma'naviyati, O'rta Osiyo xalqlarining etnogenezi bo'yicha qator asarlar tayyorladilar. Ikki 
tomlik «O'zbekiston SSR tarixi»ning yaratilishi tarix fanining katta yutug'i bo'ldi. 
Yozuvchi Aleksey Tolstoy rahbarligida rus va o'zbek olimlari birgalikda «O'zbekiston adabiyoti 
tarixi» asarini yaratdilar. 
1943— yji 27-sentabrda SSSR hukumati O'zbekistonda Fanlar Akademiyasini tashkil etish haqida qaror 
qabul qildi. 1943—  yil 4-noyabrda O'zbekiston Fanlari Akademiyasi ochildi, uning birinchi prezidenti 
etib taniqli olim T.N.Qoriniyozov saylandi. Mahalliy millat vakllaridan fan doktori va nomzodlari 
tayyorlash yo'lga qo'yildi. 1944— yilda O'zFA Prezidiumida aspirantura tashkil etildi. 


Ta'lim. Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov, Voronej, Odessa va boshqa shaharlardan ko'chirilib 
keltirilgan 31 oliy o'quv yurti va 7 harbiy akademiya qabul qilib olindi. Ularning ba'zilari o'zaro yoki 
O'zbekiston oliy o'quv yurtlari bilan birlashdilar. 
1945—  yilda oliy o'quv yurtlari soni 1940—  yilga nisbatan 3 taga ko'paydi. Ular 33 tani tashkil 
etdi, talabalar soni esa 19,1 mingdan 21,2mingkishigaortdi. Urush yillarida hammasi bo'lib 10 mingdan 
ko'proq oliy malakali va 3,7 mingga yaqin o'rta maxsus ma'lumotli mutaxassis tayyorlandi. 
Xalq maorifi tizimida jiddiy qiyinchiliklar yuzaga keldi. Ko'plab maktablarning binolari 
gospitallar, yotoqxonalar, harbiy o'quv yurtlariga berildi. Maktablar birlashtirildi, ko'p smenali o'qish 
joriy qilindi. Respublika maktablarida ishlayotgan o'qituvchilarning 74,6 foizini erkaklar tashkil etardi. 
Ular frontga, ishiab chiqarish ishlariga safarbar etildi. Darsliklar, uskunalar, daftarlar yetishmas edi. 
O'zbekiston hukumati umumta'lim to'g'risidagi qonunni bajarish, yoshlarni o'qitish va tarbiyalash 
ishlari bilan muntazam shug'ullandi. Qisqa muddatli o'qishlar tashkil etilib, boshlang'ich sinflar uchun 
o'qituvchilar tayyorlandi. 
Maktablarda ta'lim-tarbiya sifatini yaxshilash maqsadida o'quvchilar bilimini baholashning besh 
balli tartibi, boshlang'ich va yetti yillik maktablarni tamomlovchilar uchun bitiruv imtihonlari, o'rta 
maktabni tamomlovchilar uchun yetuklik attestati-guvohnomasi uchun imtixonlar topshirish majburiyati, 
maktab o'quv dasturlarini a'lo o'zlashtirgan va a'lo hulqli o'quvchilarni oltin va kumush medallar bilan 
taqdirlash joriy etildi. Budars mashg'ulotlari saviyasini ko'tarishga, o'quvchilar intizomini yaxshilashga 
olib keldi. 
Ko'chirilib keltirilgan muassasalar o'z joylariga qaytib keta boshlagach, maktab binolari ham 
bo'shatila boshladi, boshqa ishga o'tgan o'qituvchilar, armiya safidagi o'qituvchilar maktabga qayta-rildi, 
o'quvchilar o'z maktablari bag'riga qaytib, o'qishni davom ettirdilar. 1940-41-o'quv yilida 5504 
umumta'lim maktablarida 1368,9 ming o'quvchi o'qigan bo'lsa, 1945-46-o"quv yilida 4976 umumta'lim 
maktablarida 989,2 ming bola ta'lim oldi. 
Adabiyot va san'at. O'zbekiston madaniyati va san'ati xodimlari o'zlarining qaynoq ijodi bilan 
xalqni mardonavor jang qilishga, fidokorona mehnatga ruhlantirib g'alabaga munosib hissa qo'shdilar. 
O'zbekistonga vaqtincha ko'chirib keltirilgan rus, ukrain, belo-rus, moldavan va boshqa 
milllatlarga mansub yozuvchi va shoirlar ham respublikamiz hayotida faol qatnashdilar. O'zbekistonlik 
ham-kasblari bilan hamkorlik qildilar. «Biz yengamiz» degan almanaxlar, «O'zbekiston shoirlari frontga» 
degan antologiya ana shunday hamkorlik mevasi bo'ldi. Hamid Olimjon, Uyg'un, Sobir Abdulla, Nikolay 
Pogodinlar birgalikda «O'zbekiston qilichi» musiqali dramasini yaratdilar. 
Urush yillarida yaratilgan Oybekning «Navoiy» va «Qutlug' qon» romanlari, Abdulla Qahhorning 
«Oltin yulduz» qissasi jamoatchi-likning yuksak bahosiga sazovor bo'ldi. 
She'riyatda ulkan yuksalish bo'ldi. Hamid Olimjonning «Qo'lingga qurol ol», «Sharqdan G'arbga 
ketayotgan do'stga», emassan», «Men - 
yahudiyman», «Men seni kutaman, o'g'lim» va «Bizning 
ko'chamizdahambayrambo'Iajak», Uyg'unning «Qasam», «Birqadam orqaga chekinilmasin» va 
«Maktub», Maqsud Shayxzodaning «Ona kuzatmoqda» va «Kapitan Gastello» she'rlari fashizm 
kirdikorlarini fosh etib, g'alaba qozonishga chuqur ishonchni kuylab, xalqning jangovar ruhini ko'tardi. 
Urush yillarida sahna san'ati rivojlandi. Toshkentda va Andijonda yangi teatrlar ochildi, 
respublikamizda hammasi bo'lib 36 teatr ishlab turdi. Teatrlarda urush mavzusiga bag'ishlangan «Davron 
ota», «Sherali», «O'zbekiston qilichi» musiqali dramalari, «Ulug'bek» va «Mahmud Torobiy» operalari, 
K.Yashinning «Bosqinchilarga o'lim», M.Shayxzodaning «Jaloliddin» pyesalari ko'rsatildi. 
Toshkent badiiy filmlar studiyasi vaqtincha ko'chib kelgan yirik kinomatograflar bilan 
hamkorlikda «Ikkijangchi», «Nasridddin Bu-xoroda», «Vatanga sovg'a» nomli kinofilmlarni yaratdilar. 
O'zbekiston san'ati xodimlari mehnatkash xalqqa, jangchilarga xizmat qilib, ularning ruhini 
ko'tarib turdilar. San'atkorlardan tuzilgan 30 dan ortiq brigadalar frontdagi jangovar harbiy qismlarning 
askar va zobitlari uchun 400 dan ko'proq konsert berdilar. Respublika hududidajoylashgan harbiy 
qismlarda 15 mingta, gospitallarda 10 mingta konsert uyushtirdilar. Ishchilar, paxtakorlar huzurida doimo 
xizmatda bo'ldilar. Bu tadbirlarda faol qatnashgan atoqli san'atkorlar - Halima Nosirova, Tamara Xonum, 
Abror Hidoyatov, Lutfixonim Sarimsoqova, Sora Eshonto'rayeva, Abbos Bakirov va boshqalar xalq 
hurmatiga sazovor bo'ldilar. 


Stalin va uning atrofidagi yugurdaklari tomonidan urush yillarida ham kichik xalqlar, etnik 
guruhlarga nisbatan adolat-sizlik qilindi. Urushning dastlabki yillari-dayoq Volgabo'yi nemislari 
Avtonom respublikasi tugatildi. Uning 300  mingdan ortiq aholisi, «bosqinchilar ulardan yordam olishi 
mumkin» degan gumon bilan yashab turgan joylaridan Sibir va Qozog'iston viloyatlariga ko'chirib 
yuborildi. 
1943—  yil oxiri, 1944—  yil boshlarida qalmoqlar, qorachaylar, chechenlar, ingushlar, bolgarlar, 
1944— yil iyunda qrim tatarlari, greklar, keyinroq mesxeti turklari yashab turgan joylaridan O'rta Osiyo 
va Sibirga badarg'a qilindi. Uiar fashistlar bilan «hamkorlik» qilishda ayblanib, ommaviy qatag'on qilindi, 
yashirin va shoshilinch ravish-da ko'chirildi. Ko'pchilik odamlar, bolalar yo'lda halok bo'ldilar. 
O'zbekistonga 175 mingdan ortiq chechenlar, 157 ming ingushlar, 150 mingdan ortiqroq qrim 
tatarlari, 4500 bolgarlar, o'n minglab mesxeti turklari, greklar ko'chirilib keltirildi. O'zbek xalqi ularni 
beg'araz kutib oldi, ta'na toshi otmadi, ularni joylashtirishga, oziq-ovqat bilan ta'minlashga ko'maklashdi. 
O'zbek xalqi urush yillarida Vatanidan badarg'a qilingan xalqlarga moddiy va ma'naviy madad berdi. 
Respublika mahalliy hokimiyati ularga hosildor yerlardan tomorqa yer, uy qurish va xo'jalik yuritish 
uchun kredit mablag'lari ajratdi. Ko'chirib keltirilganlar ming mashaqqatlar bilan yangi joylarga asta-
sekin moslashdilar. 
Stalincha milliy siyosat ko'plab xalqlarning milliy davlatchiligini buzdi,  haq-huquqlarini paymol 
qildi. Eng dahshatlisi shundaki, butun-butun xalqlarning milliy madaniyati, qadriyatlari va an'analari oyoq 
osti qilindi. Zo'rovonlikning zararli oqibatlari uzoq yillar davomida to'la bartaraf etilganicha yo'q, vaqti-
vaqti bilan milliy nizolar, mojarolarning kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish