Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti


Urushdan keyingi yillarda ma'muriy-buyruqbozlik tizimi zo'ravonligining ko'chayishi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

3. Urushdan keyingi yillarda ma'muriy-buyruqbozlik tizimi zo'ravonligining ko'chayishi 
II Jahon urushidan keyin «mamlakatda rahbarlik qilish usullari normal holatga o'tadi, tinch 
qurilishga moslashtiriladi, ijtimoiy-siyosiy hayot demokratlashtiriladi» degan orzu-niyatlar ro'yobga 
chiqmadi. Aksincha, iqtisodiyotda, ijtimoiy -siyosiy va ma'naviy hayotda ma'muriyatchilik kuchaydi. 
Mamlakatni boshqarish partiya-davlat apparatida rahbarlik lavozimlarini egallagan tor doiradagi xodimlar 
tomonidan tayyorlanadigan, shaxsan Stalin imzosi bilan matbuotda e'lon qilinadigan farmon va qarorlar 
orqali amalga oshiriladigan bo'lib qoldi. Hammani, xususan, joylardagi rahbariarni nazorat ostiga olgan 
totalitartuzum Kremlda o'tirganlarga mamiakatni farmon va qarorlar bilan boshqarish imkoniyatini 
berardi. 
RespubJikalarning, jumladan, O'zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohadagi 
muammolarni hal qilish huquqlari yanada cheklanib bordi. Stalinning g'alabani ta'minlashda rus xalqi 
asosiy rol o'ynadi, degan mash'um g'oyasi butun mamlakatni ruslashtirish siyosatiga aylandi. Ommaviy 
axborot vositalari, Kompartiya va komsomol tashkilotlari ruslarni «katta», «ufug' og'amiz» deb baralla 
targ'ib qila boshladi. 
Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridanoq boshlangan qishloq aholisini yerdan mahrum qilish 
jarayoni urushdan keyin ham davom etdi. 1946—  yil sentabrda VKP(b) MQ va SSSR hukumatining 
«kolxozlarda qishloq xo'jalik ustavining buzilishini tugatish choralari to'g'risida» qarori e'lon qilindi. 
Qishloq xo'jaligiga aloqasi boimagan 1300 tashkilotga yordamchi xo'jalik sifatida berib qo'yilgan 6 ming 
gektar yerni kolxozlarga qaytarish, kolxozlardagi boshqaruv apparati shtatidan 51 ming kishini 
qisqartirish kabi ijobiy ishlar bilan birga, jiddiy xatoliklarga, adolatsizliklarga yo'l  qo'yildi. Kolxozlar 
manfa-atlarini himoya qilish bayrog'i ostida respublika qishloqlarida istiqomat qilayotgan 50 ming 
kolxozchi oilasi qo'lidagi tomorqa yerlaridan 25 ming gcktari ustavda belgilanganidan «ortiqcha» deb 
tortib olindi. Koxoz hududida yashagan, ammo unga a'zo bo'lmagan 20 ming xo'jalikning go'yo. 
«qormnga hilof» ravishda egailagan 2,5 ming gektar yerlari ham tortib olindi. Qishloq aholisini yerdan 
mahrum yetish jarayoni 50 -  yillarda ham davom etdi. Bu tadbirlar turmushi nochor bo'lgan qishloq 
aholisining ahvolini yanada og'irlashtirdi. Bunday adolatsizlikka hech kim qarshi chiqa olmadi. Qishloq 
xo'jalik artelining odamlardan so'ramasdan tuzilgan nizomini o'zgaitirishni, nizom qoidalarini qishloq 
aholisining manfaatlariga moslashtirishni respublika rahbariyati ham, qishloq aholisining o'zi ham 
ko'tarib chiqa olmadi. Negaki, totalitartuzum hammani jilovlab olgan edi. Odamlarasoratga solingan, 
siyosiy mutelikda yashardi. 
Totalitar tizimning eski kasali yana qaytalanib, sovet jamiyati urushdan keyin boshdan 
kechirayotgan benihoya og'ir iqtisodiy qiyinchilik, ma'naviy-ruhiy kemtiklik, o'tkir ijtimoiy-siyosiy 
tanglik sharoitida mamlakatda hech bir norozilik, tushkunlik holatlarga izn bermaslik maqsadlarida bir 
yoqlama qattiqqo'l siyosat yuritish yo'lini tutdi. Bunda kommunistik mafkura bosimini ayni chog'da 
Markazda va joylarda, xususan, milliy respublikalarda butun choralar bilan kuchaytirishga asosiy urg'u 
berildi. Hukmron kompartiyaning bu boradagi makkorligi shundaki; u keng milliy hududlar aholisini, 
uning ilg'or, o'qimishli, ziyoli kuchlarini, mahalliy milliy kadrlarni doimiy tahlikada tutish, siltab turish, 
itoatda saqlash uchun bu yangi qatli om mavsumini avvalo Markazdan boshlashni maqbul topdi. Xususan, 
1946-1948— yillarda VKP(b) Markazqo'mi tomonidan adabiyot, san'at, ilm-fan sohalarida o'tkazilgan bir 
qator anju-manlar, bahslar va ular yuzasidan qabul qilingan, mohiyatan «g'oya-sizlik va kosmopolitizmga 


qarshi kurash ruhi» bilan sug'orilgan talay «muhim» qarorlar va hujjatlar qatag'onning yangidan 
boshlanib, avj olishiga sabab bo'ldi. 
Masalan, VKP(b) MQning 1946—  yil fevralida qabul qilgan «Zvezda», «Leningrad» jurnallari 
to'g'risida, so'ngroq «Katta hayot» kinofilmi, V.Muradelining «Buyuk do'stlik» operasi to'g'risidagi 
qarorlari bunga lurtki bo'lib xizmat qildi. 
Shu asosda, 30—  yiflar mash'um qatag'onning davomi sifatida ilg'or, mustaqil fikr yurituvchi, 
yurt, miflat manfaatlarini o'ylovchi, qayg'uruvcki, shu ruhda ijod qiluvchi ziyolilarni ham Markazda, ham 
joylarda ta'qib va quvg'in qilish jarayoni avj olib ketdi. Bundan shu hukmron tuzumga tobe bo'lgan, qo'1-
oyog'i zanjirband etilgan jafokash O'zbekistonning ko'plab ilg'or ziyolilari, ijodkorlari hayoti va qismati 
ham chetda qolmadi. 
 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish