Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti


 Milliy ziyolilarni qatag'on qilishning yangi to'lqini



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

4. Milliy ziyolilarni qatag'on qilishning yangi to'lqini 
Markaz mutasaddilari, mafkurachilari rahnamoligida o'tgan asrning 50—  yillari boshlarida 
O'zbekistonda boshlanib ketgan ilg'or ziyolilar, ilm-fan, adabiyot, san'at, ma'rifat namoyadalarini quvg'in 
va ta'qib qiiishlar, ular ijodidan kir izlash, ayb topishga urinishlar. shubhasiz, respublika ma'naviy 
hayotiga jiddiy ta'sir ko'rsatmasdan qolmadi. U ko'plab olimu ijodkorlar, shoiru adiblar, iste'dod sohiblari 
hayotini tahlikali holatga duchor etdi. 
O'zbekiston Kompartiyasi Markazqo'mining 1949—  yil 25-iyundagi «O'zbekiston Sovet yozuvchilar 
soyuzining ishi to'g'risida»giqarorida A.Qahhorning «Qo'shchinor chiroqlari» romani tanqid qilindi. 
Yozuvchilardan Oybek, Mirtemir, H.G'ulom, O'.Rashidov, M. Shayxzoda, M.Boboycv, A.Qayiimov va 
boshqalar badnom qilindi. «Sharq yulduzi», «Zvezda vostoka» jurnallarining tahririyatlariga bir qator 
«yaramas» asarlarni chop etishga yo'l qo'ygan, degan jiddiy ayblar qo'yildi. 
1948-1949—  yilarda 20 dan ortiq yirik talantli olimlar, yozuvchi va shoirlar qamoqqa olinib, 
yopiq ravishda so'roq qilinib, mil late hilikda ayblanib, 15-25 yilga ozodlikdan mahrum etiladi va surgun 
qilinadi. 
O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1950—yil 1-sentabrda qabul qilgan «O'zbekiston Fanlar 
Akademiyasining ishi to'g'risida»gi qarorida bir qator iqtisodiyot, til va adabiyot sohasidagi olimlar 
miiiatchilikda ayblandi. 
O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1951— yil 8-apreidagi «O'zbekiston SSRda musiqa san'atining 
ahvoli va uni yanada rivojlantirish tadbirlari to'g'risida»gi qarorida o'zbek xalqining buyuk shoiri Alisher 
Navoiyning «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» dostonlari, «Tohir va Zuhra», «Alpomish» xalq 
dostonlarining afsonaviy folklor syiijetlariga asoslangan opera, balet va musiqali drama spcktakllarini 
yaratish va sahnalarda ko'rsatish «zararli» ish deb baholandi. Bunday spektakllarni sahnalashtirgan 
ijodiyxodimlarqattiq tanqid ostiga olindi. Shuningdek, ko'pgina konsert tashkilotlari va musiqali teatr 
xodimlari «Eski, arxaik musiqani va juda g'amgin, mungli maqom namunalari»ni tarqatganligi uchun 
qoralandi. Qarorda «O'zbekistonning musiqa san'ati hayotdan orqada qolmoqda, o'zbek xalqini 
kommunistik ruhda tarbiyalash maqsad va vazifalariga to'ia-to'kis xizmat qilmayotir", -deb ta'kidlandi. 
1951—  yil 10-avgustda respublika matbuotida "Ba'zi shoirlarning ijodidagi mafkuraviy 
buzg'unliklar to'g'risida" degan maqola e'lon qilindi. Unda Turob To'la, Kamtar Otaboyev, Mirtemir, 
A.Bobo-jonov, Sobir Abdulla, Habibiylarning asarlari kommunistik mafku-raga, xalqlar do'stligiga zid 
g'oyalarni ilgari suruvchi asarlar sifatida tanqid qilindi, ular miiiatchilikda ayblandi. 
1951—  yil 24-avgustda matbuotda e'lon qilingan "O'zbek sovet adabiyoti vazifalaridan chetda" 
nomli maqolada Oybek, X.Zaripov, H.Yoqubov, I.Sultonov va boshqa adiblar mafkuraviy og'ishlarda 
qoralandi. M.Shayxzoda, Shukrullo Yusupov, G'ulom Alimov 
(Shuhrat)lar 1951—  yilda "sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati"da ayblanib qamoqqa olindi va 
keyinchaHk 25 yil ozodlikdan mahrum etishga hukm qilindilar. 
1952—  yil fevralda bo'lib o'tgan O'zbekiston Kompartiyasi MQning X Plenumi ilmiy va ijodiy 
ziyolilarni quvg'in, ta'qib ostiga olishda yana bir turtki bo'ldi. Plenumda "Respublikada mafkuraviy 
ishlarning ahvoli va uni yaxshilash choralari to'g'risida"gi masala muhokama qilindi va tegishii qaror 
qabul qilindi.  Plenumda faylasuf V.Zohidovning ilmiy ishlariga burjua-millatchilik xatolari yuklandi. 
Tarixchi A. Boboxo'jayev va iqtisodchi O.Aminov panturkizmni targ'ib qilishda ayblandi. Ular "siyosiy 
va ishchanliksifatlarijihatidan egallab turgan lavozimlanga to'g'ri kelmaydigan shaxslar" deb hisoblandi 


va ishdan bo'shatildi. T.To'la va M. Shayhzodalarning she'r va qo'shiqlari "g'oyasiz va axloqsiz" asarlar, 
deb baholandi. 
O'zbek xalqining ma'naviy merosi, milliy qadriyallari yana bir bor oyoqosti qilindi, bu sohada 
faoliyat yuritgan ijodkorlar qatag'on qilindi. Tarixiy o'tmish ham, zamonaviy hayot ham kommunistik 
mafkura, sinfiylik nuqtayi nazardan turib qo'pol ravishda buzib baholandi. Natijada ma'naviy hayotga, 
falsafiy va badiiy tafakkurga, madaniyatga katta zarar yetdi. 
^talin vafotidan keyin butun SSSRda bo'lganidek, O'zbekistonda ham shaxsga sig'inish oqibatlarini 
tugatish tadbirlari ko'rildi. Qatag'on qilinganlar ishini qaytadan ko'rib chiqishga kirishildi. Ko'pgina jinoiy 
ishlar to'qib chiqarilgani, minglab odamlar nohaq qamalib, ozodlikdan mahrum etilgani aniqlandi va ular 
oqlandi. A.Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat va boshqa ko'plab yozuvchi va shoirlar oqlandi. Minglab partiya, 
sovet, komsomol xodimlari nomlari poklandi. 50—  yillarning boshlarida shubha ostiga olingan, har bir 
qadami nazorat qilinayotgan 60 nafardan ziyod yirik olimlar, adiblardan «millatchi, sovetlarning 
dushmani» degan yorliqlar olib tashlandi, tuhmatlardan halos bo'ldi., 
Biroq, afsuski, jamiyat ma'naviy hayotida voqe bo'lgan bu bir qadar iliqlik muhiti uncha uzoq 
davom etmadi. Odamlar xohish-erkini bo'g'ib, inon-ixtiyorini o'ziga bo'ysundirib, hamma narsani 
hukmron tuzum manfaatlariga xizmat qildirib kelgan kommunistik mafkura va uning maddohlari ko'p 
o'tmay o'z zulmkorligini qaytadan kuchaytirishga kirishdi. Uning tig'i awalo ijodkorlarga nisbatan 
qo'llanila boshlandi. Burring natijasida respublika ilm-fani va madaniyatiga salmoqli hissa qo'shgan 
taniqli allomalar, iste'dodli ijodkorlar ko'proq aziyat chekkanligi, taqdirning kutilmagan zarbalariga 
uchraganligi ayni haqiqatdir. Aflidan, totaiitar tuzum mutasaddilari atoqli ziyoli arboblarni vaqti-vaqti 
bilan tavbasiga tayantirish, o'zlariga tiz cho'kdirishga majburlash yo'Ii bilan qoilari uzunligini hammaga 
namoyish etib qo'ymoqchi bo'lgan bo'lsalar  ajab emas. Burring uchun esa ular hech narsadan hazar 
qilmaganlar. Jumladan, geologiya-mineralogiya fanida nomi jahonga mashhur, respublikamiz hududida 
qanchalab neft-gaz, qiramatbaho ma'dan konlarini, ularning zaxiralarini kashf etgan, ko'p jildli asarlari 
AQSHdek mamlakatlarda nashr etilgan akademik Habib Abdullayev g'addor tuzum qahriga, quruq 
tuhmatlar kasriga uchrab, boshidan ne azoblarni kechirmadi. Allomaning sovet totaiitar tizim hukmdorlari 
oldida qilgan yagona «gunohi» bu uning yurtparvarligi, elsevarligi, milliy ziyoli kadrlar tayyorlashga jonu 
dili bilan harakat qilganligidir, xolos. Ayniqsa, u respublika Fanlar Akademiyasi prezidenli bo'lib 
ishlagan yillarda iste'dodli mahalliyyoshlarorasidan ko'plab kishilarni ilm-fan dargohlariga, aspirantura va 
doktoranturalarga o'qishga yuborib, ularning kelajakda yetuk olimlarbo'lib yetishishlari uchun rahnamolik 
ko'rsatgan. Shuningdek, alloma o'zbek xalqining boy milliy ma'naviy merosini o'rganish va tiklash 
ishlariga ham muttasil bosh-qosh bo'lgan. Jumladan, A.Navoiy asarlarining 15 jildligi, Beruniy, Ibn Sino 
asarlarining arab tilidan o'zbek tiliga o'girilib nashr etilishi singari xayrli ishlarda ham H.Abdullayev 
xizmati oz bo'lmagan. Shubhasiz, o'z yurti, uning sog'lom avlodi tashvishi bilan yashagan, shu asnoda 
faoliyat olib borgan H.Abdullayev partiya va davlat arboblariga yoqmagan. Shu bois, uni 
obro'sizlantirish, faoliyatiga qora chiziqlar tortish uchun har xil ig'vo-fasod yo'llari ishga solingan. Buyuk 
iste'dod sohibiga qilingan bunday nohaq xuruj va  ta'qiblar uning ijodi ayni barq urib turgan paytida 
hayotdan bevaqt ko'z yumib ketishigaboisbo'ldi. 
Yana bir zabardast olim, akademik Ibrahim Mo'minov tarixiy haqiqatni ochishga qo'l urib, ulug' 
bobokalonimiz Amir Temur shaxsi va uning qilgan betimsol ulkan ishlari haqida to'g'ri, xolis fikrlar 
bildirib risola yaratganligi uchun hukmron tuzum zulmiga uchradi.  Moskvaning nufuzli nashrlari 
sahifalarida olimga qarshiig'voyu bo'htonlardan iborat materiallar bosildi, nomi yomon otliq qilindi. 
Nachora, tarixiy haqiqatni ayta olishga o'zida iroda, jasorat topa bilgan alloma shunday og'ir ko'yga 
mubtalo bo'ldi. Uning pokiza yuragi ham oxirigacha bardosh bera olmadi. 
O'zbek arxeologiya fanining chinakam fidoyisi, akademik Yahyo G'ulomovning ham o'lkamiz 
tarixini ilmiy, xolis va haqqoniy o'rganish, milliy tariximiz to'g'risidagi haqiqatni yuzaga chiqarish 
borasidagi ko'p qirrali faoliyati va barcha ilmiy izlanishlari ham yuqori sovet mahkamalarbyu, ularning 
konservativ fikrlovchi to'ra rahbar-larining ne-ne qarshiliklari va to'siqlariga duch kelmagan. Gap 
shundaki, hukmron tuzum sha'niga biroz bo'lsin no o'rin ishora yohud harakat yuz berguday bo'lsa, o'sha 
zahoti uning ko'p sonli maddohlari nishonni bexato ola bilar edilar. 
Bu davrda o'zbek adiblari, shoirlari ijodi ham doimiy suratda sovet mafkurasining diqqat-e'tiborida 
bo'lgan. Shu bois, ularning har bir asari rasmiy senzuraning qat'iy nazoratiga olinar, yuz chig'iriqdan o'tib, 


nashrga tavsiya etilardi. Bordiyu haqiqat g'oyasi bilan sug'orilgan ba'zi asarlar bosilib chiqquda
y bo'lsa, и 
holda ularning muallfflariyu muharrirlari boshi bilan javob berardilar. Masalan, 60— yillarda taniqli shoir 
Erkin Vohidovning birgina "O'zbegim" she'ri muallifga qanchalik tashvish keltirganligi bunga misol bo'la 
oladi. Yoki atoqli adib Pirimqu! Qodirovning milliy tariximizning nomdor vakili, otashnafas shoir va 
adib, davlat arbobi, mohirsarkardaZ.M.Bobur hayoti va faoliyatidan hikoya qiluvchi "Yulduzli tunlar" 
romani ham feodal o'tmish namo-yandasi timsolini aks ettiruvchi asar sifatida keskin qoralandi. 
Vaholanki, bu buyuk tarixiy siymo to'g'risida ko'plab xorijiy mamlakatlarda son-sanoqsiz tarixiy va 
badiiy asarlar bitilganl edi. 
Shunday qilib, mustabid sovet tuzumi o'zining 70—  yildan ziyodroq davom etgan hukmronligi 
davrida o'ziga qaram va tobe bo'lgan milliy hududlarda, jumladan, O'zbekistonda o'z bedodligi va 
qabohatini qanday yo'l bilan bo'Imasin, amalga oshirishga erishdi. 
Ayniqsa, bundan yurtimiz fuqarolarining sara qismi sanalgan ilg'or, taraqqiyparvar ziyolifar, 
milliy kadrlar eng ko'p  jafo chekdi, ming bir xil azobu uqubatlarga duchor etildi. Yurtimizning bunday 
yurtparvar, vatanparvar sogiom kuchlari har qanday murakkab vaziyatlarda ham o'z fuqarolik 
pozitsiyalarida sobit turib, sobiq tuzum zo'ravonlari zug'umi va xurujiga dosh berib,  Vatan istiqboli 
yo'lida mardonavor harakatda davom etdilar. 
 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish