dollari miqdorida imtiyozli davlat krediti berildi. Yaponiya xalqaro hamkorlik banki esa yoqilg'i-
energetika va to'qimachilik sohalari uchun O'zbekistonga 720 mln. AQSH dollari miqdorida kredit berdi.
O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2002— yil 28-31-iyul kunlari Yaponiya hukumatining
taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo'ldi. Yaponiya bosh vaziri Dzunitiro Koidzumi va
imperator Akixito bilan samimiy uchrashuvlar, suhbatlar bo'lib o'tdi. Tashrif natijasida O'zbekiston
Respublikasi va Yaponiya o'rtasida:
• do'stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to'g'risida Qo'shma Bayonot;
• iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va O'zbekistondagi islohotlarni qo'Hab-quwatlash to'g'risida
Qo'shma Bayonot»;
e ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari
hamkorligi, O'zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar vaziriigining
«Mitsubisi», «Mitsui», «Marubeni», «Nishe Ivai» korporatsiyalari bilan hamkorligi, O'zbekiston tashqi
iqtisodiy faoliyat banki bilan «Bank of Tokyo-Mitsubisi» o'rtasida imtiyozli kredit borasidagi va boshqa
jami 14 ta hujjat imzolandi.
Safar natijasida O'zbekiston bilan Yaponiya o'rtasidagi hamkorlik yatigi,
strateglk bosqichga
ko'tarildi.
1995-2002— yillarda Yapoaiyaning O'zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan kreditlari miqdori 1,6
mird. AQSH dollarini tashkil etui, O'zaro tovar ayirboshlash hajmi yildan-yilga oshib bormoqda.
O'zbekistonda 10 dan ortiq O'zbekiston-
Yaponiya qo'shma korxonalari Ьафо etildi va faoliyat
ko'rsatmoqda.
O'zbekiston Tinch okean havzasi mamlakatlari - Malayziya va Indoneziya
bHan davlatlararo
aloqalar o'rnatdi. Bu borada O'zbekiston Prezidenti I.Karimov boshliq davlat delegatsiyasining 1992— yil
iyun oyidagi Malayziya va Indoneziyaga safari muhim ahamiyatga ega. Safar kunlarida O'zbekiston va
Malayziya o'rtasida iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to'g'risida bitimlar imzolandi. Shuningdek,
O'zbekiston va Indoneziyao'rtasidadiplomatakaloqalar o'rnatish bo'yicha qo'shma axborot, ikki
tomonlama munosabatlar bo'yicha qo'shma bayonot, iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to'g'risida bitim
imzolandi.
1995— yil 8-10~aprel kunlari Indoneziya Rcspublikasi Prezidenti Suxarto rasmiy tashrif bilan
O'zbekistonda bo'ldi. Muzokaralar nihoyasida O'zbekiston Prezidenti I.Karimov
va Indoneziya Prezidenti
Suxarto O'zbekiston RespubHkasi bilan Indoneziya Respublikasi o'rtasidagi munosabatlar va hamkorlik
tamoyillari to'g'risida qo'shma bayonnoma imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o'rtasidagi sayyohlik
sohasidagi hamkorlik haqidagi memorandum hamda ikki mamlakat poytaxtlari oralig'ida samolyotlar
qatnovini yo'lga qo'yish to'g'risidagi hukumatlararo bitim imzolandi.
O'zbekistonning Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi Vyetnam Sotsialistik Respublikasi,
Kambodja,
Tailand, Avstraliya va boshqa mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik aloqalari yo'lga qo'yildi, iqtisodiy va
madaniy hamkorligi rivojlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: