1997— yil 9-10-yanvar kunlari Bishkekda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston davfat
boshliqlarining kengashi bo'lib unda uch qardosh davlatlar o'rtasida abadiy do'stlik
haqida shartnoma
imzolandi. Bu hujjatda o'zbek, qozoq, qirg'iz xalqlarining orzu-niyatfari o'z ifodasini topdi. Mazkur
shartnoma uch qardosh davlat xalqlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkor-ligini
yangi asoslarda rivojlantirishga yo'naltirdi.
1997— yil 12-dekabr kuni Qozog'iston Respublikasining yangi poytaxti - Ostona shahrida
Qozogiston, Qirg'iziston va O'zbekiston Prezidentlarining kengashi bo'lib o'tdi. Kengashda uch mamlakat
o'rtasida energetika, suv zaxiralaridan oqilona foydalanish, oziq-ovqat ta'minoti,
kommunikatsiya hamda
mineral xomashyo zaxiralarini o'zlashtirish va qayta ishlash sohalari bo'yicha xalqaro konsorsiurnlar
tuzish to'g'risida muzokara bo'ldi. Prezidentlar xalqaro konsorsiumlar tuzish bo'yicha uch mamlakat
hamkorligi tamoyillari konsepsiyasini ma'qulladilar.
1998—yilda Tojikiston Respublikasi Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a'zo bo'lib kirdi.
2000—yil 20-21-aprel kunlari Toshkentda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston
Prezidentlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda mintaqaviy hamkorlik va mamlakatlararo
munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi. To'rt mamlakat rahbarlari terrorchilik, siyosiy va diniy
ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va mintaqa davlatlariga tahdid
soladigan
boshqa xavf-xatarning oldini olishga qaratilgan hamkorlik to'g'risida shartnoma imzoladilar.
2001—yil 28-dekabr kuni Toshkentda MOIH davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo'lib
o'tdi. Kengashda hamkorlikni rivojlantirish,
Markaziy Osiyo Hamkorlik tashkiloti mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash masalalari
muhokama qilindi. Mazkur kengashda MOIH tashkiloti faoiiyatini to'xtatishga qarorqilindi. Islom
Karimov taklifiga binoan MOIH negizida Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti deb qayta tuzishga
kelishib olindi.
2002—yil 28-fevral - 1-mart kunlari Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining
uchrashuvi bo'lib o'tdi. Muzokaralar yakunida Prezidentlar tomonidan Markaziy Osiyo Hamkorligi
tashkiloti huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. MOHT ning raisi etib Islom Karimov saylandi. Mazkur
tashkilot endi nafaqat iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, siyosiy,
ijtimoiy, madaniy va
boshqa turdagi aloqalar koiamini kcngaytirish masalalari bilan shug'ullanadi. Har bir a'zo mamlakatdan
bevosita davlat rahbariga hisobot berib turadigan bittadan muvofiqlashtiruvchi vakil tayinlandi. 2002—
yiining oktabrida o'tgan Dushanbe sammitida suv-energetika, oziq-ovqat va kommunikatsiya bo'yicha
konsorsiumlar tuzishga kelishib olindi va hukumatlarga konsorsium loyihalarini ishlab chiqish vazifasi
topshirildi.
2004—yil 28-may kuni Ostona shahrida MOIH tashkilotiga a'zo mamlakatlar davlat
rahbarlarining sammiti bo'lib o'tdi. Unda tashkilot qamragan mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash,
umumiy bozor barpo etish masalalari muhokama etildi. Muzokaralar yakunida O'zbekiston, Qozog'iston,
Qirg'iziston va Tojikiston Prezidentlarining qo'shma bayonoti MOHTga a'zo mamlakatlar o'rtasida
televideniye va radio dasturlarini o'zaro tarqatish to'g'risida bitim imzolandi.
2005—yil 6-7-oktabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo'lib o'tgan MOHT Davlat rahbarlarining
sammitida o'tgan davrda amalga oshirilgan ishar sarhisob qilindi. Kengashda Markaziy Osiyo
umumiy
bozorini barpo etish konsepsiyasi tasdiqlandi.
O'zbekiston Prezidenti taklifiga binoan MOHT bilan Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YeOIH)
birlashtirishga kelishib olindi. Negaki, ikki tashkilotning maqsad va vazifalari deyarli bir-biriga yaqin edi.
YeOIH. Rossiya, Belorus, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston o'rtasida 1995— yilda tuzilgan
Bojxona ittifoqi negizida Yevroosiya iqtisodiy hamjamiyati tashkil topgan edi. YeOIXning 2006— yil
24-25-yanvar kunlari Sankt-Petcrburg shahrida bo'lib o'tgan sammitida O'zbekiston unga a'zo bo'lib kirdi.
Mazkur sammitda O'zbekistonning
Do'stlaringiz bilan baham: