Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti


Xorazm va Baqtriya - ilk davlatchilik asoslari



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

2. Xorazm va Baqtriya - ilk davlatchilik asoslari 
O'rta Osiyo hududidagi ilk davlat tuzilmalari to'g'risida qadimgi yozma tariximizning eng noyob manbasi 
hisoblangan «Avesto» kitobi, shuningdek, qadimshunos olimlarning o'lkamizning turli hududlarida olib 
borgan arxeologik -  qidiruv ishlari, ularning natijalari muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, qadimgi 
Yunon, Rim va Eron manbalari asosida ham bu masalani oydiniashtirish, yetarli, asosli fikrlarni aytish 
mumkin bo'ladi. Bu o'rinda Yunon, Rim mualliflaridan Gerodot, Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqa-
larning asarlari, yodnomalari, forsiy mixxat yozuvlari, qolaversa, oMkamizda keng ko'lamli arxeologik 
tadqiqotlar olib borgan Ya.G'ulomov, S.Tolstov, V.Masson, A.Asqarov, E.Rtvaladze, 
A.SagdulIayevlarning ilmiy tadqiqotlari alohida ahamiyatga molik. 
Arxeolog olimlarimizning so'nggi tadqiqotlari asosida fikr yuritadigan bo'lsak, O'zbekiston 
hududida bronza davridayoq, 2- ming yillik o'rtalarida kichik shahar davlatlari shakllangan. 
Barcha daliliy ashyolar miloddan avvalgi so'nggi ming yillik boshlarida, aniqrog'i VII-VI asrlarda 
Vatanimiz hududlarida 3 ta: Katta Xorazm, Baqtriya hamda saklar va massagetlar konfederatsiyasi 
ko'rinishidagi dastlabki davlatlar shakllangan. Bu davlatlar o'ziga xos rivojlanish jarayonini bosib o'tgan. 
Ayniqsa, bu ilk davlatlar orasida Baqtriya nisbatan barqaror bo'lganligi bilan ajralib turadi. Katta Xorazm 
«ishlab chiqarishning Osiyo usuli»ga ega   bo'lgan davlatlarning qadimgi sharq tipiga mansub edi. Saklar 
va massagetlarning konfederatsiyasi esa chorvador turlarning ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi 
qabilalarning harbiylashgan davlatidan iborat edi. 
Xorazm davlati egallagan hududlar ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, hozirgi Xorazm yerlari bilan 
chegaralanib qolmay, balki undan ancha janubga, ya'ni Murg'ob va Tajang daryolari atroflariga qadar 
ham yoyilgan. 
Miloddan avvalgi so'nggi ming yillikning boshlariga tegishli «Amirobod madaniyati», quyi 
Amudaryo havzasida yuzaga kelgan o'ziga xos sun'iy sug'orish inshooti tizimi hamda dastlabki 
shaharsozlik timsoli bo'lgan shahar-qal'alar Qal'aliqir, Ko'zaliqir, Jonbosqal'a va boshqalar -  bular 
Xorazm vohasida davlat tuzilmalari mavjudligidan daloiat beradi. Negaki, bu singari umumelatlar, qavm-
qabilalar manfaatlariga xizmat qiladigan muhim o'zgarishlar davlat boshqaruvi yo'li bilangina amalga 
oshirilishi mumkin bo'lgan. /jfQadimshunos olim Ya.G'ulomov tomonidan Xorazmda aniqlangan 200 km 
uzunlikdagi, eni bir necha o'nlab metrdan iborat kana! o'zani, obod dehqonchilik madaniyati -  Xorazm 
davlati qadimdan insoniyatning yirik madaniy maskanlaridan biri sifatida shuhrat topganligidan guvohlik 
beradi. «Avesto»da Xorazm Markaziy Osiyodagi rivoj topgan, o'z hududiy chegaralariga ega bo'lgan 
o'lkalardan, viloyat (davlat)lardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas. Gerodot ma'lumoticha, 
qadimda Oks (Amu) daryosi bo'ylab 360 dan ziyod sun'iy sug'orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, 
cho'lli, sahroli yerlarga suv chiqazilib dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib borilgan.f Gerodot 
taassurotlarida Xorazm o'lkasida yashagan aholi dehqonchilikda katta tajribaga ega boiib, ularning donli, 
dukkakli ekinlar, chunonchi, bug'doy, suli, arpa, meva-sabzavot-chilik mahsulotlarini mo'1-ko'l 
yetishtirganligi qayd etib o'tiladi. Xorazm shaharsozligida xom g'isht, paxsalardan keng foydalanilgan. 
Binolarning  tashqi va ichki ko'rinishlariga maxsus ishlov berilib, ularning mustahkamligi, o'ziga xos 
ko'rkamligi ta'minlangan. Bu ko'hna hudud bag'rida ming yillar davomida zamonlar silsilasidan o'tib, 
saqlanib kelayotgan ko'plab osori atiqalar, shahar-qal'alar xarobalari, qoldiqlari ham buni isbot etadiJ 
Xorazm vohasida hunarmandchilik, tog'-kon ishlari ancha rivojlangan. Bu yerdan qazib 
olingan qimrnatbaho ma'danlar ishlov berilib, yuksak sifat ko'rsatkichiga yetganidan keyingina u tayyor 
mahsulot sifatida foydalanishga chiqarilgan. 
Xorazmda aholining bir qismi chorvachilik bilan shug'ullangan, ularning tuya, ot, qo'y-echkilardan 
iborat ko'plab suruvlari bo'lgan. Savdo bozorlarida g'alla, meva, chorvachilik mahsulotlari, hunar-
mandchilik buyumlari ayirbosh qilingan. 
Afsuski, Xorazm davlatida hukmronlik qilgan sulolalar to'g'risida ma'lumotlar hozirgacha yetarli 
emas. Rivoyatlarga ko'ra, Xorazmning qadimiy siyosiy sulolasi -  Siyovushiylar bo'lganlfgi zikr etiladi. 
«Aves-to»da ta'kidlanishicha, Siyovarshon Kavousning o'g'li bo'lgan. Siyo-varshon o'limidan so'ng lining 


nabirasi Kova Xisrav bobosi qotilidan o'ch olib, hokimiyatni egaliab, Xorazmda Siyovushiylar sulolasiga 
asos soladi. 
O'rta Osiyoning yana bir qadimgi davlati - Baqtriya podshohligi bo'lgan. Uning tarkibiga hozirgi 
O'zbekistonning Surxondaryo, Qash-qadaryo viloyatiari, Tojikistonning janubi, Afg'onistonning shimoli-
sharqiy yerlari kirgan, 
Baqtriyadagi koLpdan-ko'p yirik shaharlar orasida Baqtra mashhur bo'lib, mamlakatning poytaxti 
hisoblangan. Baqtra baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o'ralgan, unda podshoh qal'asi alohida 
ajralib turgan. 
Rim tarixchisi Kursiy Rufning shahodat berishicha, «Baqtra daryosi nomidan shahar va 
viloyatning nomi kelib chiqqan». Umuman tarixiy ma'lumotlarga asoslanadigan bo'lsak, qadimgi davlatlar 
nomlari ko'pincha daryo, qabila, xalq yoki shaharlar nomiga qiyosan kelib chiqqan bo'ladi. 
Binobarin, «Baqtriyaliklar», «Baqtriya xalqi» iboralari juda qadimgi manbalarda tilga olinib, bitta 
xalqni yoki bir necha qarindosh qabilalarni birlashtirgan hududiy tushunchani anglatadi. 
«Avesto» kitobida ham Baqtriya «Eng yaxshi mamlakatlar va o'lkalardan bin bo'lgan, baland 
bayroqli, go'zal o'lka» sifatida ta'riflangan. Bu xildagi fikr-mulohazalar Baqtriya o'z davrining yirik 
davlatlaridan biri bo'lganligidan dalolat beradi. 
Ktesiy ma'lumoticha, Baqtriyaga qarashli Vaxsh vodiysi obi-hayotga mo'1-kolligi, unumdor 
yeriari ko'p boMganligidan, bu hududda dehqonchilik madaniyati taraqqiy topgan, aholi bog'dor-chilik, 
mevachilik mahsulotlari yetishtirishda omilkor bo'lgan. Qashqadaryo vohasining miloddan awalgi VIII-
V1I asrlarga oid Sangirtepa, Yangitepa, Chiroqchitepa, Yerqo'rg’on singari aholi manzilgohlarini 
o'rganish shuni ko'rsatadiki, bu joylarda o'troq turmush kechirgan qavm, elatlar dehqonchilik bilan faol 
shug'ul-langanlar. Xuddi shunday fikrni So'g'diyona hududlariga nisbatan ham aytish mumkin. Qulay 
tabiiy-jug'rofiy sharoitga ega bo'lgan Omonqo'ton. Gurdara, Qo'tirbuloq, Zirabuloq makonlarida yashagan 
aholining madaniy hayoti ham ancha to'laqonli kechgan. Baqtriyada oltin, la'l kabi qimmatbaho 
ma'danlarko'plab miqdorda qazib olinib, ular tegishli ishlov berishdan so'ng yurt ehtiyoji uchun, 
qolaversa, xorijiy ellar uchun tayyor mahsulot holiga keltirilgan. Baqtriya la'ligauzoqXitoy, Misr, 
Hindiston singari mamlakatlarda ham talab-ehtiyoj katta bo'lgan. Baqtriyada qimmatbaho ma'danlar 
ishlab chiqarishning yo'lga qo'yilishi bu yurtda maxsus hunarmandchilik turi -  zargarlik, badiiy hunar 
tarmog'ining rivoj topishiga olib kelgan. Buni 1877—yilda  Vaxsh va Panj daryolarining Amudaryoga 
quyilish yerida topilgan «Amudaryo xazinasi» topilmasi timsolida ham kuzatish mumkin. Topilmalar 
orasidagi 179 ta oltin va 7 ta kumush zargarlik buyumlari qadimgi Baqtriyada nafis hunarmandchilikning 
o'sganligidan dalolat beradi. Bu xazina aslida Baqtriya hududiga qarashli Taxti Sangin shaharchasidagi 
ibodatxonaga tegishli bo'lgan. Ular Londondagi Britaniya muzeyiga (1897) oiib ketilgan. 
Shunday qilib, Xorazm va Baqtriya davlatlarida kechgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy 
jarayonlar ajdodlarimizning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot yo'lidan ilgarilab borib, o'z davlatchilik 
tuzilmalarini vujudga keltirib, boshqaruv usullarini takomillashtirib borganligidan guvohlik beradi. 
Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, sha-harsozlik, mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish 
qurollarining tako-millashib borishi ulug' bobokalonlarimiz o'lmas dahosi, salohiyatining yorqin 
ifodasidir. Bular O'zbekiston hududidagi dastlabki davlatchilik tarixiy tajribasining muhim jihatlari, 
namunalari sifatida alohida qimmatga egadir. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish