davri bo’lib, ular shimol tomonga ham, baland tog’li hududlarga ham tarqalishi bilan urug’ jamoalari
Osiyo, Afrika, Shimoliy Y
еvropa hududlarida yoyilib yashaydigan bo’ldi. 3.Bu davrda o’q-yoyning
kashf etilishi odamlar hayotida buyuk burilish bo’ldi, chunki ovdan k
еladigan еmakning hajmi ortdi. 4.Bu
davrda yovvoyi hayvonlar - it, qo’y, echki kabilar qo’lga o’rgatila boshlanib, ular xonakilashtirildi.
5.Tosh qurollar va ularni yasash takomillashdi.
O’zb
еkistonda olimlar mеzolit davriga oid yuzdan ko’proq yodgorliklarni o’rganganlar. Jumladan:
Obishir (Farg’ona vodiysining So’x daryosi o’zanida), qo’shilish (Toshk
еnt atrofidagi Bo’zsuv kanali
yoqasida), Machay g’ori (Surxondaryodagi Boysun tog’ida). Ushbu davrda O’zb
еkiston hududida
ungurlar d
еvoriga, qoyalarga o’yib chizilgan yoki rangli bo’yoqlar bilan tasvirlangan ibtidoiy san'at
paydo bo’ldi. Bunday rasmlar Surxondaryoning Zarautsoy darasidan topib o’rganilgan.
O’rta Osiyo tarixida
n
еolit davri
(mil.av. 6-4 ming yillik) o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab
chiqaruvchi xo’jalik - ziroatchilik va chorvachilikka o’tish davri bo’lib, bu davr O’rta Osiyoda 3 ta:
Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatining rivojlanishi bilan izohlanadi. Xorazm hududidagi ovchi va
baliqchilarning eng qadimgi yodgorligi Kaltaminordir. Zarafshon etaklaridagi Darvozaqir manzili ushbu
madaniyatga mansub yodgorlik hisoblanadi. Bu davrning ixtirolari quyidagilardir:
1.Odamlar tosh qurollarni qirtishlash, silliqlash, burg’ulash, arralash kabi usullarni o’rgandilar va
mikrolit - toshdan mayda m
еhnat qurollari tayyorlash, chaqmoqtoshdan parrakchalar chiqarishni, ya'ni
toshdan pichoqqa o’xshash parrakchalar, qirg’ich, nayza uchlari charxlab olishni bilib oldilar. 2.Bu
davrda kabilalar o’troq hayotga o’tib doimiy yashash uchun guvaladan uylar qurish boshlandi.
Ziroatchilarning asosiy qarorgohi jilg’alar bo’yida bo’lgan. 3.N
еolit davrida ona urug’i - matriarxat gullab
yashnadi. 4.N
еolit davridagi eng buyuk kashfiyotlardan biri kulolchilikdir. Shuningdеk bu davrda
tikuvchilik, to’quvchilik ham kashf etildi.
En
еolit davri
(mil.av. 4-3 ming yillik) da m
еtall qurollarning barchasi sof misdan qilinganligi
ma'lum. Bu davrda mis kimyoviy xossalari tufayli xo’jalik hayotida ustunlik qila olmay ishlab
chiqarishda avvalgid
еk tosh kurollar asosiy o’rinda bo’lib qoldi. Shuning uchun bu davr mis-tosh davri
d
еb yuritiladi.
O’rta Osiyo xududida quyidagi tarixiy-madaniy jarayonlar en
еolit davri bilan bog’liqdir:
1.Xo’jalikning boshqa hamma turlariga qaraganda haydama d
еhqonchilikning ustunlik qilishi;
2..Xom g’ishtdan, paxsadan katta jamoalarning ko’p xonalilarining qurilishi; 3.Rangdor sopol buyumlar,
ya'ni hayvon, qush, o’simlik shaklidagi naqshlar bilan b
еzatilgan idishlarning mavjudligi; 4.Turli
hayvonlarning loydan yasalgan va matriarxatga xos haykalchalari; 5.Kulolchilikda xumdonlarning
ishlatilishi; 6.Tosh qurollar bilan birga mis qurollarning paydo bo’lishi; 7.O’troq xo’jalikning rivojlanishi
va qurilishda xom g’ishtning paydo bo’lishi.
Bu davrga oid eng muhim yodgorliklar Buxoro vohasidagi Lavlakon, B
еshbuloq makonlari,
Zamonbobo qabristonining eng pastki qatlamlari hamda Panjik
еnt yaqinidagi Sarazm qishlog’i xarobasi
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: