Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

11.
 
«O'zbek» atamasi va uning keng yoyilishi o'zgarishlar. 
 
1.
 
Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari 
Mehnat qurollarining takomillashishi natijasida yerga ishlov berish yaxshilanib, ekin maydonlari 
kengayib, odamlarning mehnati unumliroq bo'lib bordi. Temirning kashf etilishi, undan yasalgan mehnat 
qurollari qishloq xo'jaligi va hunarmandchilikningtez o'sishiga olib keldi. Odamlarning daryolarni bo'g'ib, 
lo'g'onlar qurib, kanallar qazib yerlarga suv chiqarish imkoniyati kengaydi. O'rgatilgan ishchi hayvonlari 
qo'shilgan temir tishli omochlar bilan yer haydashning o'zlashtirilishi hosildorlik oshishini, ko'proq 
mahsulotlar ye-tishtirishni ta'minladi. Bu odamlar turmushini ancha yaxshiladi, umrini uzaytirdi, aholi 
son jihatdan ko'payib bordi. 
Urug'chilik munosabatlari ham o'zgarib boradi. Ikki urug' a'zolaridan tashkil topgan er-xotin - juft 
oilalar vujudga keladi. Katta patriarxal oilalar urug' jamoalaridan ajralib chiqadi, ularga urug' jamoalariga 
qarashli yerlardan chek yerlari ajratib beriladi. Shu tariqa urug1 jamoasining umumiy xo'jaligi oilalar 
jamoasiga bo'linadi, Bunday oilalar jamoasi ishlab chiqarish jamoalari deb ham ataladi. 
Katta oila jamoasining oqsoqoli bir vaqtning o'zida oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy boshliq, 
piru ustod va murabbiy bo'lgan. Urug' - qishloq oqsoqoli esa butun qishloq ahlining boshlig'i hisoblangan. 
Oqsoqollar kengashi qo'lida diniy va dunyoviy hokimiyat jamlangan bo'lib, u jamoa faoliyatiga oid 
barcha masalalarni hal qilgan. Mo'tabar shaxslarning topshiriq va buyruqlari jamoa a'zolari uchun 
majburiy hisoblangan. 
Ishlab chiqarish jamoalari tarkibini tashkil etgan har bir oila o'z xususiy mulkiga ega bo'lgan. 
Xususiy mulkning kelib chiqishi, jamoalarning ishlab chiqarish qonun-qoidalari asosida tashkil topishi o'z 
navbatida mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqardi. Boylik, avvalo, jamoa oqsoqollari, harbiy boshliqlar, 
mo'tabar shaxslar qo'lida to'plana boshladi. Ular yerning hosildor qismini egalladilar, ko'plab chorva 
mollariga ega bo'ldilar. Oqsoqollar oila jamoalari, urug' va qabiia ishlarini boshqargani uchun jamoachilar 
ularga yetishtirgan hosillarining, chorva mollarming bir qismini berishga majbur bo'lgan. Oqsoqollar o'z 
iste'molidan ortib qolgan bunday mahsulotlarni mis, oltin, kumush buyumlarga ayirbosh qilganlar. 
Qabilalar o'rtasida yaxshi yer va yaylovlar uchun, chorva mollari uchun urushlar kelib chiqqan. 
Qabiladosh jangchilar urush harakatlariga boshchilik qilish uchun o'z harbiy yo'lboshchilarini saylaganlar. 
Urushda qoMga kiritilgan o'ljaning ko'p qismi yo'lboshchiga hamda oqsoqolga bcrilgan. Shu tariqa, 
oqsoqollar va yo'lboshchilar jamiyatda alohida, ustun mavqega ega bo'lib, ularni zodagonlar deb 
atashgan. Keyinchalik, zodagonlar o'z o'g'iilariga nafaqat boyligini, mulkini, shuningdek, o'z 
lavozimlarini ham meros qilib qoldirganlar. Zodagonlar jamoa, urug' va qabilalar ustidan o'z 
hukmronligini o'rnatganlar. 
Ishlab chiqarish jamoalarining paydo bo'lishi asta-sekin ortiqcha mahsulotlarni ayirboshlashni 
hamda ijtimoiy mehnat taqsimotini keltirib chiqaradi. Jamoa a'zolari ishlab chiqarishning o'zlariga qulay 
sohasini tanlab oladilar. Shu tariqa, dehqonchilikdan chorvachilik, keyinroq hunarmandchilik mustaqil 
xo'jalik turlari sifatida ajralib chiqadi. Ayrim ishlab chiqarish jamoalari dehqonchilik bilan, boshqalari 
chorvachilik yoki hunarmandchilik bilan shug'ullanadilar. Ular o'rtasida dehqonchilik, chorvachilik va 


hunarmandchilik mahsulotlanni o'zaro ayirboshlash kengayib boradi. Bu esa, o'z navbatida, savdogarlar 
tabaqasini, ilk shaharlarning muhim belgilaridan biri sifatida bozorlarni keltirib chiqaradi. Jamiyatning 
ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tovar ayirboshlash yuz bcradi, dastlabki shaharlar paydo bo'ladi. 
 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish