Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


11-Mavzu.  IKKINCHI  JAHON RUSHI YILLARIDA O'ZBEK XALQINING FASHIZM 
USTIDAN QOZONILGAN G'ALABAGA QO'SHGAN HISSASI 
 
1.
 
O'zbekistonnning urush girdobiga tortilishi, moddiy va ma'naviy kuchlarning frontga safarbar   
etilishi  
2. O'zbekiston sanoati va qishloq xo'jaligi front xizmatida 
3. Urush yillarida fan, maorif va madaniyat  
4. O'zbekistonlik jangchilarning fashizmni tor-mor yetishdagi jasoratlari 
 
1.
 
O'zbekistonnning urush girdobiga tortilishi, moddiy va ma'naviy kuchlarning frontga 
safarbar etilishi 
Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar o'rtasidagi ixtiloflar, agressiv davlatlar -  fashistlar 
Germaniyasi, fashistlar Italiyasi va militaristik Yaponiya boshladilar. Ular orasida Germaniya fashistlari 
uyushtiruvchi, yetakchi rol o'ynadi. 
Fashistlar bloki davlatlari tomonidan olib borilgan urush bosqin-chilik, adolatsizlik urushi edi. 
Fashizmga qarshi urushgan davlatlar adolat uchun kurashdilar. Agressiya qurboni boigan mamlakatlarda 
vatanparvar kuchlar, xalq tomonidan qarshilik ko'rsatish harakati boshlangach, urushning ozodlik 
xarakteri yanada kuchaydi. 
Angliya va Fransiya hukmron doiralari birinchi jahon urushida qo'lga kiritgan hududlarni o'z 
tasarrufida saqlab qolishga, Gitler qo'shinlarini Sharqqa, Sovet Ittifoqi tomonyo'naltirishga intildilar. 
Sovet davlatining tashqi siyosati fashistlar Germaniyasini Angliya va Fransiyaga qarshi qo'yishga va 
ularning harbiy kuchlari zaiflashgan paytda zarba berishga qaratilgan edi.  1939— yil 23-avgustda sobiq 
SSSR bilan Germaniya o'rtasida 10 yil muddatga hujum qilmaslik to'g'risida shartnoma imzolandi. 
Shartnomanmg mahfiy qo'shimcha bayon-nomasiga muvofiq, Germaniya va SSSR o'zlarining 
ta'sirdoiralarini bo'lib oladilar. German va Sovet manfaatlari Polsha davlati hududlari bilan bog'liq edi. 
Germaniya Boltiqbo'yi mamlakatlariga da'vo qilishdan voz kechadi. Germaniya 1939—  yil 1-sentabrda 
Polshaga bostirib kirgach, Sovet davlati 1939—  yil 17-sentabrda o'z qo'shinlarini G'arbiy Ukraina  va 
G'arbiy Belorussiyaga kiritadi va bu hududlarni o'z tasarrufiga oladi. 1940— yil iyunda SSSR Boltiqbo'yi 
respub-likaiarini ham egalladi. 
Ikkinchi jahon urushining dastlabki davridayoq fashistlar Ger-maniyasi G'arbiy va Markaziy 
Yevropada hukmronlikni qo'lga kiritdi. Germaniya va Italiya Yevropadagi 10 davlatni — Polsha, Chexos-
lovakiya, Yugoslaviya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, Daniya, Norvegiya, Avstriya, Fransiyani 
bosib oldi. 
Fashistiar Germaniyasi Yevropaning harbiy, iqtisodiy resurslarini qo'lga kiritib bo'lgach, 1941— 
yil 22-iyun yakshanba kuni, long saharda hujum qilmaslik to'g'risidagi shartnomani buzib, urush e'lon 
qilmasdan Sovet Ittifoqiga xoinona hujum boshladi. Fashistlarning maqsadi SSSRni bosib olish, boyligini 
talash, millionlab kishilarni qirish va qolganlarini qul qilishdan iborat edi. 
Germaniya bilan hamkorlikda lining ittifoqchilari-Italiya, Fin-lyandiya, Vengriya, Ruminiya, 
Bolgariya ham Sovet Ittifoqiga qarshi urushga kirishdilar. 
Sovet xalqining fashizmga qarshi urushi boshlandi. SSSR tarkibidagi barcha respublikalar, shu jumladan, 
O'zbekiston ham urush girdobiga tortildi. 
Shu tariqa, ikkinchi jahon urushi jahondagi 61 mamlakatni, Yer shari aholisining 80 foizini, ya'ni 
1,7 milliard kishini o'z girdobiga tortdi. 
Harbiy safarbarlik. Urushning dastlabki kunlaridayoq O'zbe-kistonning moddiy va ma'naviy 
kuchlarini urushga safarbar etishga kirishildi. Barcha viloyat, shahar va tuman harbiy komissariatlari 
harbiy xizmat majburiyatida bo'lganlarni safarbar yetish bilan shug'ullandilar. Urushning dastlabki 
oyidayoq yuz minglab vatan-doshlarimiz qo'lga qurol olib frontga jo'nab ketdilar. 
O'rta Osiyo harbiy okrugi front uchun jangchilar va zobitlar tayyoriaydigan o'choqqa aylantirildi. 
Bu okrug 1941— yil iyunidan 1942— yil oxirigacha bo'lgan muddatda harbiy safarbarlik asosida 109 ta 
harbiy qo'shilma tuzdi, harakatdagi armiyaga va Oliy Bosh Qo'mondonlik qarorgohi zaxirasiga 86 
diviziya va brigada jo'natdi. 


O'zbekiston hukumati va vatanparvar kuchlari milliy harbiy qo'-shilmalartuzishtashabbusi bilan chiqdilar. 
1941—yil 13-noyabrdan 1942— yif martigacha bo'lgan davrda 14 ta milliy harbiy qo'shilmalar,jumladan, 
9 ta o'qchi brigada, 5 ta otliq askarlar diviziyasi tuzilib frontga jo'natildi. 
1941—  yilda O'zbekiston aholisi jami 6,5 million kishini tashkil etgan, ularning yarmini bolalar va 
keksalar tashkil etgan bo'lsa, yaroqli odamlarimizning 50-60 foizi, aniqrog'i 1433230 kishi urushga 
safarbar bo'lgan.1 O'zbek xalqi, keksalar, ota-onalar dahshatli sinov paytida o'z farzandlarini frontga 
jo'natar ekan, ularga mard va botir askar bo'l, qahramonlarcha jang qil, g'alaba bilan qayt, deb nasihat 
qilib qoldilar. 
O'zbekiston partiya va sovet tashkilotlari front orqasini mustah-kamlash, xo'jalikni harbiy izga 
tushirish, barcha odamlarni mehnatga safarbar  yetish, ko'plab jangovar texnika, qurol-aslaha, o'q-dorilar 
ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish bo'yicha shoshilinch tadbirlarni amalga oshirdilar. 
1941—  yilning oxirigacha 300 ga yaqin korxona harbiy izga solindi, jangovar texnika, qurollar, 
o'q-dori ishlab chiqarishga moslashtirib qayta qurildi. Bu korxonalarda frontga safarbar etilgan erkaklar 
o'rnini keksalar, xotin-qizlar egalladilar. Respublika Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, hunar-texnika 
bilim yurtlari, fabrika-zavod ta'limi maktablari urush davri talablariga mos kadrlar tayyorlashga 
yo'naltirildi. Yakka tartibda va brigada tariqasida hunar o'rgatish ishlari yo'lga qo'yildi. Respublikamiz 
qishloqlarining aholisi front va front orqasini oziq-ovqatlar bilan, sanoatni xomashyo bilan ta'minlash 
uchun oyoqqa turdi. 
Urush bo'layotgan va dushman yaqin-lashib kelayotgan hududlardan muhim sanoat korxonalarini, 
kolxoz, sovxoz va MTS laming mulklarini, madaniy boyliklar va o'quv yurtlarini Sharqqa,jumladan, 
O'zbekistonga zudlik bilan ko'chirib keltirish, joylashtirish ishlari boshlanib ketdi. Fashistlar tomonidan 
vayron qilingan shaharlar va qishloqlarning aholisi, ota-onalari halok bo'lgan bolalar, million-million 
kishilar ulkan oqim bo'lib ko'chib kela boshladilar. Kishilik tarixida bunday katta ko'lamli mudhish voqea 
birinchi marta sodir bo'ldi. O'zbekistonga yuzga yaqin sanoat korxonasi, jumladan, 48 ta mashinasozlik, 
metall ishlash, kimyo va boshqa harbiy texnika  ko'chirib keltirilgan  korxonalarning joylashtirilishi  va 
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik zavodlarning asbob-uskunalari ko'chirib keltirildi, zudlik bilan barpo 
etilgan binolarga joylashtirildi va montaj qilindi. Ishchi, xomashyo jihozlari bilan ta'minlandi va front 
uchun mahsulotlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Toshkentda joylashtirilgan  Rostselmash zavodi 
«Katyusha» va minomyot snaryadlari, aviatsiya zavodi jangovar samolyotlar yetkazib bera boshladi. 
O'zbek xalqi urushning dastlabki yillarida Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya, Boltiqbo'yi 
respublikalaridan ko'chirilib keltirilgan kishilarni, shu jumladan, yetim bolalarni o'z bag'riga oldi. 
1941—  yil 3-dekabrda O'zbekiston Kompartiyasi  Markaziy Qo'mitasining ko'chirilib keltirilgan 
fuqarolarni qabul qilish va joylashtirish yuzasidan maxsus qarori chiqdi. Xalq Komissarlari Soveti 
huzurida 1941— yil 10-iyulda tuzilgan maxsus Respublika komissiyasi va Mahalliy sovetlarning ijroiya 
qo'mitalari qoshida tuzilgan alohida bo'limlar kishilarni hisobga olish va joylashtirish bilan 
shug'ullandilar. Ko'chirib keltirilganlar shahar va qishloq tumanlariga joylashtirildi. 
O'zbekiston bo'yicha 1942—  yil bahorigacha ko'chirib keltirilgan 716 ming kishi qabul qilinib 
olindi, ishga joylashtirildi, ular uchun yashash sharoitlari yaratildi. 
O'zbeklar ko'chirilib keltirilgan ota-onasiz bolalarga alohida  g'am-xo'rlik qildilar, 200 ming dan ko'proq 
yetim bolalarni o'z bag'riga oldilar. O'zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti qoshida bofalarga yordam 
ko'rsatish bo'yicha maxsus komissiya tuzildi. O'zbekiston xalq maorifi komissarligi tashabbusi bilan 
bolalarni qabul qilish-taqsimlash markazi tuzildi. Respublikamizning barcha viloyatlari, shahar va 
tumanlarida bolalarni qabul qilish punktlari ochildi, ularda o'qituvchilar kechayu kunduz navbatchilik 
qildilar. Militsiya bo'limlari qoshida 30 dan ortiq bolalar xonalari tashkil etildi. 
1942—  yil 2-yanvarda Toshkent shahrida xotin-qizlar yig'ilishi bo'lib, unda respublikamizdagi 
barcha ayollarga qarata murojaat qabul qilindi. Murojaatda etim bolalarni o'z tarbiyasiga olishga da'vat 
etildi. Ko'plab oilalar4000 dan ortiq yetim bolalarni o'zlariga farzandlikka oldilar, topgan-tutganlarini ular 
bilan baham ko'rdilar. 
O'zbekistonga G'arbiyviloyatlardagi janglarda yarador bo'lgan minglab askar va zobitlar ham olib 
kelinardi. Ularni qabul qilib olish, gospitalga joylashtirish, salomatligini tiklash ishlariga alohida 
mehribonlik qilindi. Respublikamiz sog'lomlashtirish markazlaridan biriga aylandi. 1941—  yil 1 
oktabrgacha O'zbekiston sog'likni saqlash xalq komissarligi tizimida 14950 o'ringa ega bo'lgan 47 


gospital barpo etildi va zarur uskunalar bilan jihozlandi. Ayni paytda Moskvadan, Kalinin, Rostov-Don 
va boshqa viloyatlardan 15900 o'ringa (krovatga) ega bo'lgan 48 gospital ko'chirilb keltirildi, joylashtirildi 
va ishga tushirildi. Jami 39140 o'ringa ega bo'lgan 113 gospital yarador va bemor jangchilarga tibbiy 
xizmat ko'rsatdilar. Sog'ayganlar frontga yoki korxonalarda ishlashga jo'natib qo'yilardi. Nogiron bo'lib 
qolgangarga zarur yordam ko'rsatildi, holiga yarasha ish bilan ta'minlash choralari ko'rildi. 
O'zbekistonliklar orasida mudofaa fondini tashkil etish, front uchun issiq kiyimlar to'plash harakati 
keng yoyildi. Ishchilar, kolxozchilar va ziyolilar shaxsiy jamg'armalarini, qimmatbaho buyumlarini 
mudofaa fondiga topshirdilar. Mudofaa fondiga 650 million so'm pul, 22 million so'mlik qimmatbaho 
buyumlar, 55 kilogramga yaqin oltin, kumush va boshqa qimmatbaho buyumlar to'plandi. Bu jamg'arma 
hisobiga respublikamizda tank kalonnalari, aviatsiya eskadrilyalari, bronepoyezdlar qurilib frontga 
jo'natildi. O'zbekistonlik jangchilarga eshe'lonlab issiq kiyimlar, mevalar jo'natib turdilar. Davlat harbiy 
zayomlariga yozilish yo'li bilan anchagina mablag'lar to'plandi. Aholidan issiq kiyimlar tayyorlash uchun 
jun, terilar yig'ib olindi. Aholiga davlat zayomi, pul-buyum lotoreyasi sotish hisobiga 4,2 milliard so'm 
mablag' yig'ilib g'alaba manfaatlari yo'lida foydalanildi. 
Xullas, urushning dastlabki yiliyoq O'zbekistonning butun moddiy va ma'naviy kuchlari 
fashizmga qarshi g'alaba uchun safarbar etildi, hayot harbiy izga tushirildi, xalq Vatan himoyasiga 
otlandi. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish