tomo-niga o'tadi. 1944— yil 25-may kuni 28 o'zbekistonlik legionchilar Yugoslaviyada harakat
qilayotgan bolgar askarlari batalyoniga qo'shilib ketadi. Ular orasida jang qilgan toshkentlik
Z.U.Husanovning taqdiri ibratlidir. U 1941— yilda Smolenskda yarador bo'ladi, tuzalib safga qaytadi va
1943- yil 5-iyulda 228-o'qchi polki safida qahramonlarcha jang qilib og'ir yaralanadi. Quroldoshlari u
halok bo'ldi deb hisob-lashadi, uyiga bu haqda xabar ham yo'llashadi, unga Qahramon unvoni beriladi.
Ammo jangchi o'lmay qoladi, dushman uni og'ir yarador holda asirga oladi, keyin «Turkiston legioni»ga
kiritadi. Ziyamat Husanov o'rtoqlari bilan partizanlar tomoniga o'tadi. Priyepol shahrida fashistlarga
qarshi mardona jang qilib, ko'plarini yer tishlatadi. O'zi ham og'ir yarador bo'ladi, do'stlari uni o'ldi deb
hisoblashgan edi. Yo'q, tirik qolgan ekan, bir mahalliy ayol jangchini o'ziga keltiradi, Italiyadagi harbiy
kasalxonaga joy-lashtirishadi. U to'rt rnarta operatsiyani boshidan kechiradi, sog'ay-gach, o'z yurtiga
keladi va Qahramon unvoniga sazovor bo'lganligidan xabar topadi.
Gitlerchi fashistlarning sovet harbiy asirlarini o'z vatandoshlariga qarshi urishtirishga qaratilgan
siyosiy nayrangi, «Turkiston legioni» tuzishga intilishlari ham barbod bo'ladi. Biroq omon qolgan
asirlaming taqdiri ham og'ir kechadi. Ular o'z Vataniga qaytib kelgach, gumon ostida bo'ldilar, ishga
joylashishda, uy-joyli bo'lishda qiynaldilar. O'zbekistonlik harbiy asirlardan 15 mingdan ortiqrog'i yana
lagerlarga, endi sovet hukumatining lagerlariga tashlandi va ularga shafqatsizlarcha munosabatda bo'lindi.
Bunday hollar Stalin va uning atrofidagilar yaratgan ishonmaslik va gumonsirash ning oqibati edi.
Urush o'zining so'nggi pallasiga kirdi. Berlin uchun qattiq janglar bo'ldi. Qahramonlar - Botir
Boboyev, Tojiali Boboyev, Solih Umarov, Shuhrat ordenining to'liq kavalerlari Abdulla
To'qmoqov va Said Nomozovlar Berlinni zabt etishda qahramonlarcha jang qildilar. «Berlin olinganligi
uchun» medali bilan o'zbekistonlik jangchilardan 1706 kishi taqdirlandi. Fashistlar Germaniyasi tor-mor
etHdi. Germaniya ustidan qozonilgan g'alaba uchun medali bilan 109208 o'zbekistonlik jangchi
taqdirlandi.
O'zbekistonlik jangchilar Yaponiyaga qarshi urushda ham faol qatnashdilar. Ular 22-,79-, 275-
,388-,221-diviziya va boshqa harbiy qismlarning tarkibida jang qildilar. Seysin port shahrini egallashda
335-o'qchi diviziyasida leytenant Fozil Karimov, razvedkachi Vali Sulaymonov alohida jasorat
ko'rsatdilar. Dushman sohiliga tushirilgan desantchilar orasida pulemyotchi Nishon Bozorov mardona
jang qilib yaponlarning 10 ta askari, 2 ta zobitini yer tishlatdi. U «Jasorat uchun» medali bilan
mukofotlandi. Shuningdek, leytenant A.A.Karimov, o'qchi vzvod komandiri, kichik leytenant U.Doni-
yorov, pulemyotchilar qismi komandiri S.Qo'chqorov va boshqalar dushmanga qaqshatqich zarba
berdilar.
Shimoli-sharqiy Xitoy va Korayani egallab turgan bir millionlik Kvantun armiyasi tor-mor qilindi,
Janubiy Saxalin, Kurill orollari yapon qo'shinlaridan ozod qilindi. Yaponiya tor-mor etildi.
O'zbekistonliklarning urushda ko'rsatgan mardligi va jasorati yuqori baholandi. 120 ming o'zbekistonlik
jangchilar, jumladan, 70 ming o'zbek yigit va qizlari orden va medallar bilan mukofotlandi. 300 ga yaqin
askar va komandirlar Qahramon unvoniga sazovor bo'lishdi, ularning 75 nafari o'zbeklardir. 32 nafar
o'zbekistonlik jangchi uchala darajadagi «Shuhrat» ordeni bilan mukofotlandi.
6 yil davom etgan, butun insoniyatga og'ir kulfatlar olib kelgan urush tamom bo'ldi. Urush
insoniyatga juda qimmatga tushdi. 50 milliondan ortiq kishi halok bo'ldi, 90 milliondan ortiq kishi
yarador va mayib bo'lib qoldi. Moddiy talafotlar qimmati 4 trillion dollardan oshib ketadi. Urush
Yevropa, Afrika, Osiyo va Okeaniyada turli frontlarda olib borildi, fashizmni tor-mor yetishda ko'p
mamlakatlar qatnashdi. Biroq urushning asosiy og'irligi sovet kishilari zimmasiga tushdi. 27 millionga
yaqin sovet kishilari urush alangasida halok bo'ldi. 18 milliondan ortiq jangchilar yarador va nogiron
bo'lib qoldilar.
O'zbekistondan urushga safarbar etilganlardan 263005 kishi halok bo'ldi, 132 670 kishi bedarak
yo'qoldi, 60 452 kishi urushdan nogiron bo'lib qaytdi. Bu urush tufayli eng kamida 400 000 oila bevosita
ayriliq azobiga duchor bo'ldi, ularning qarindosh-urug'lari nazarga olinsa, butun respublika aholisi motam
libosini kiydi.
Urushga bormaganlarga ham oson bo'lmadi. Yuz minglab vatandoshlarimiz mehnat frontida
zahmat chekdilar, qish qahratonida diydirab, saraton olovida yonib, o'zi yemasdan, o'zi kiymasdan,
topgan nasibasini frontga jo'natib azob—uqubatlar chekdi.
Do'stlaringiz bilan baham: