Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti


-Mavzu.    MUSTABID SOVET TUZUMINING O'ZBEKISTONDAGI QATAG'ONLIK



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

 


11-Mavzu.    MUSTABID SOVET TUZUMINING O'ZBEKISTONDAGI QATAG'ONLIK 
SIYOSATI VA UNING OQIBATLARI 
 
1. Sobiq Ittifoqda ma'muriy-buyruqbozlik, totalitar tizimning qaror topishi. Respublika 
huquqlari, manfaatlarining cheklanishi 
Totalitar rejimining qaror topishi. XX asrning  20  -  yillari ikkinchi yarimlariga kelib sovetlar 
mamlakatining hokimiyat boshqaruv - idora tizimida ham keskin o'zgarish hollari yuz berib bordi. Partiya 
va davlat boshqaruvi murvatlarini o'z qo'H ostiga kiritib borgan I. V. Stalin asta -sekinlik bilan o'zining 
yakka hokimligini butun choralar bilan qaror toptirish harakatida bo'ldi. Shu maqsadga erishish yo'lida u 
o'z atrofiga bir guruh hushomadgo'y, labbaychi rahbar kadrlarni to'plab, ularni ishga solib, partiyaning 
ko'plab tajribali, inqilobiy kurashlar  jarayonida toblangan, g'oyaviy va siyosiy jihatdan yetuk, nufuzli 
arboblarini obro'sizlantirishga intildi. 20—  yillarda atayin avj oldirilib, odatiy tusga kirgan «partiyaviy 
tozalashlar» bahonasida mamlakat hayotining u yoki bu muhim masalasida sog'lom, xolis fikr bildirgan 
kadrlar egallab turgan yuqori vazifalaridan chetlashtirildi. Stalin o'z yo'liga g'ov bo'lgan bunday 
muxolifatchi kuchlar, kadrlarni tor -  mor yetish, o'z shaxsiy hoki-miyati rejimini qaror toptirishda 
V.M.Molotov, K.E.Voroshilov, L.M.Kaganovich, L.P.Beriya singari maslakdoshu hamfikr safdoshlari 
xizmatidan ustamonlik bilan foydalandi. Mamlakatda yuz berayotgan barcha o'zgarishlar, yangilanishlar 
Stalin nomiga nisbat berildi. Hukmron Markaz mafkurasi bu nomni zo'r berib ko'klarga ko'tarib maqtash, 
madh qilishga yo'naltirildi. 
20—  yillar oxirlariga kelib Stalin tomonidan yangi nazariy qarash sifatida ilgari surilgan 
«sotsializm mustahkamlanib borgan sari sinfiy dushman qarshiligi ham shunchalik kuchayib boradi», 
degan soxta g'oya butun mamlakat uchun halokatli oqibatlarga olib keldi. Stalin va uning yaqinlari 
mamlakat va partiya hayotiga oid har bir masalada o'z irodasi, hukmini boshqalarga o'tkazib bordilar. O'z 
davrida komparliya va sovet hokimiyati rahbariyatining o'zak — negizini tashkil etgan Trotskiy, Buxarin, 
Kamenov, Zinovyev, Rikov, Tomskiy singari taniqli arboblar shunday muxolifatchi guruh vakillari 
sifatida egallab turgan lavozimlaridan olinib, keyinchalik, qatag'on domiga duchoretildilar. Shu tariqa, 
sobiq Ittifoqda 1917—  yildan  boshlab shakllana boshlagan totalitar siyosiy rejim 20—  yillarning oxiri 
30—  yillarning boshlarida to'liq qaror topdi. Totalitar rejimning mazmun-mohiyati, belgilari 
quyidagilardan iborat: 
•  ko'ppartiyaviylik tugatiidi, bitta partiya (VKP(b)) butun mamlakatda yagona hukmron partiyaga 
aylandi, Lining qarorlari, ko'rsatmalari barcha hokimiyat organlari tomonidan so'zsiz bajarilishi majburiy 
bo'ldi; 
•  davlat boshqaruvi markazdan, diktator tomonidan ma'muriy-buyruqbozlik tarzida amalga oshirildi, 
mahalliy hokimiyat organlari amalda qo'g'irchoq bo'lib qoldi; 
•  ijtimoiy munosabatlar siyosiy,   iqtisodiy,  mafkuraviy, jismoniy zo'rovonlik asosida tartibga solindi, 
xususiy mulkni milliylashtirish orqali shaxsning iqtisodiy erkinligi tugatiidi, rejali iqtisodiyot qaror topdi; 
•  oshkoralik, turli xil fikr bildirish, muxolifatchilik harakatlari qat'iyan man etildi; 
•  ommaviy axborot vositalari, ta'lim tizimi, ijodiy uyushmalar orqali targ'ibot-tashviqot ishlari 
kuchaytirilib, aholi rasmiy (kom-munistik) mafkura nuqtayi nazardan qayta ishlandi, ular ongiga 
mafkuraviy aqidalar singdirifdi; 
•  siyosiy qatag'on shaxsning ongi va xatti-harakatlarini nazorat ostiga olish, mavjud tuzumga nisbatan 
xayrixohlik, sodiqlik, qo'llab-quvvatlash tuyg'usini singdirishning asosiy vositasiga aylandi; 
•  rasmiy mafkuraga mos bo'lmagan barcha nashriy mahsulotlarni yo'q qilishga, intellektual va ijodiy 
faoliyatni bo'g'ishga yo'naltirilgan senzura organi faoliyat yuritdi; 
•  siyosiy qatag'onni amalga oshirish uchun maxsus hokimiyat organlari, mehnat va axloq tuzatish 
lagerlari tarmog'i tuzildi va faoliyat yuritdi, birga ishlovchi, qo'ni-qo'shnilardan kuzatuvchi, ig'vogar-
chaqimchilar yollandi, aholi qo'rquv ostiga olindi. 
Respuhlika huqaqlarining cheklanishi,   Mamlakatda totalitar tizimning qaror topishi, shubhasiz,  milliy 
sovet respublikalari hayotiga ham daxl qilib, ularning butun inon -  ixtiyorini lttifoq davlati tasarrufiga 
bog'lab qo'ydi. Bu O'zbekiston timsolida ham yaqqol ko'zga tashlandi. Avvalo, respublika hokimiyati 
boshqaruvining hamma bo'g'inlari to'liq ravishda, SSR ittifoqi organlariga bo'ysun-dirildi. Shuningdek, bu 
yerdagi yagona rahbar tashkilot -O'zbekiston kompartiyasi ham VKP(b) ning viloyat bo'limi maqomida 


faoliyat yuritardi. Binobarin, hukmron partiya va uning Markazqo'mi qabul qiladigan har qanday qaroru 
farmoyishlar, rahbariyat ko'rsatmalari respublika partiya tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy va 
shart edi. 
Respublikaning kasaba uyushmalari, yoshlar tashkiloti (komsomol) va boshqa jamoat tashkilotlari 
ham Markazning shu xildagi tashkilotlari andozasiga ko'ra tuzilgan bo'lib, ularga to'liq bo'ysungan holda 
faoliyat yuritardi. Shu bilan birga, bu tashkilot-larning barchasi kompartiya yetakchiligida, uning siyosiy - 
g'oyaviy ta'sirida bo'lib, o'z a'zolarining  ongi, tafakkurini shu partiyaning mafkurasi, g'oyasi ruhida 
shakllantirib, tarbiyalab borishlari kerak edi. Negaki, mustabid tuzum sharoitida jamiyat a'zolarini 
boshqacha ruhda tarbiyalash to'g'risida gap bo'lishi mumkin emasdi. 
Stalincha ma'muriy - buyruqbozlik tizimi ko'zga ko'rinarli va ko'zga ko'rinmas ming xil qizil iplar 
bilan O'zbekistonni o'z domiga ilintirib, uning amaldagi rasmiy mustaqilligini yo'qqa chiqargan edi. 
Uning mahalliy rahbariyati respublikaning iqtisodiy, xo'jalik, madaniy-ma'naviy hayotiga oid biror bir 
masala, muammoni mustaqil hal etishga haq-huquqli emas edi. Buning uchun, avvalo, Markazning 
roziligini olish talab etilardi. O'zbekiston mustaqilligining nechog'li rasmiy va yuzaki mazmunga ega 
bo'lganligi uning yuksak qonuniy hujjatlarida ham o'z aksini topgan edi. Jumladan, O'zbekistonning 
1937—  yilda qabul qilingan Konstitutsiyasi ham mohiyat e'tibori bilan ,asosan, 1936—  yil 5-  dekabrda 
kuchga kirgan SSSR Konstitut-siyasining aynan nusxasi edi. Unda respublika mustaqilligi, fuqaro-
larining huquq- erkinliklari aksini topsa-da, biroq ular amafiyotda nechog'li soxta, quruq safsatalar bo'lib 
chiqqanligi hammaga ayon. 
 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish