Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti


O'zbekistonning Mustaqil davlatlar hamdo'stligi mamlakatlari bilan ko'p tomonlama va



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

2. O'zbekistonning Mustaqil davlatlar hamdo'stligi mamlakatlari bilan ko'p tomonlama va 
ikki tomonlama aloqalari 
MDHning  tashkil topishi. 1991—  yil 8-dekabrda Minskda uch slavyan respublikasi -  Rossiya, 
Ukraina, Belorus rahbarlari-B.Yelsin, L.Kravchuk S.Shushkevichlarning uchrashuvi bo'ldi. O'sha kuni 
Belovejskoe Pushcheda uch davlat boshliqlari Mustaqil Davlatlar hamdo'stligi (MDH)ni tuzish to'g'risida 
Shartnoma imzoladilar. Shart-nomada yagona iqtisodiy makon, yagona valyuta va moliya-bank sistemasi 
bo'ladi, fan, ta'lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilinadi, tashqi siyosat, armiya sohasidagi 
siyosat kelishilgan holda yuritiladi, deb belgilangan edi. Hujjatda SSSRning mavjudligi va SSSR 
Konstitutsiyasi to'xtatiladi, deb e'lon qilindi. 
Ukraina, Belorussiya, Rossiya parlamentlari MDHni tuzish haqidagi shartnomani ratifikatsiya 
qildilar va 1922— yil 30-dekabrdagi SSSRni tuzish to'g'risidagi shartnomani bekor etdilar. 
Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkma-niston Prezidentlari MDHga uni 
ta'sis etuvchilar rolida kirishga tayyor ekanligini bildirdilar. 
1991—  yil 21-dekabrda Rossiya (B.Yelsin), Ukraina (L.Kravchuk), Belorus (S.Shushkevich), 
Qozog'iston (N.Nazarboyev), O'zbekiston (I.Karimov), Qirg'iziston (A.Akayev), Tojikiston (R.Nabiyev), 
Turkmaniston (S.Niyazov), Ozarbayjon (A.Mutalibov), Armaniston (Ter-Petrosyan), Moldaviya 
(M.Snegur) davlat boshliqlarining kengashi bo'ldi. O'sha kuni 11 davlat boshliqlari Belovejskoye Pushche 
shartnomasi yuzasidan protokolni imzolab, «Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar» maqomida 
MDH muassisi bo'ldilar. Kengashda Almati Deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada quyidagilar 
haqida bayonot berildi: 


• hamdo'stlik qatnashchilarining o'zaro aloqalari ular o'rtasidagi tenglik asosida tuziladigan bitimlar 
hamda bitimlarda belgilangan tartiblar doirasida faoliyat yuritadigan muvofiqlashtiruvchi muas-sasalar 
orqali amalga oshiriladi; 
•  MDH davlat ham emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas
•  Xalqaro strategik barqarorlikni va havfsizlikni ta'minlash maqsadida harbiy-strategik kuchlarning 
birlashgan qo'mondonligi va yadro quroli ustidan yagona nazorat saqlab qolinadi; 
• MDH ochiqdir, uning barcha a'zolari roziligi bilan sobiq SSSR ning a'zolari va boshqa davlatlar ham 
unga qo'shilishi mumkin; 
  umumiy iqtisodiy makonni, umumiy bozorni vujudga keltirishda va rivojlantirishda hamkorlik qilishga 
sodiqlik tasdiqlanadi; 
•  MDHning tuzilishi bilan SSSRning mavjudligi to'xtatiladi; 
•  Hamdo'stlik qatnashchilari o'z Konstitutsiyalaridagi tartib, qoi-dalarga binoan sobiq SSSR ning 
shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarini bajarilishiga kafolat beradilar
• MDH qatnashchilari mazkur Deklaratsiya qoidalarigaog'ishmay rioya etish majburiyatini oladilar. 
MDH kengashlarini tayyorlash bo'yicha ishchi guruhini tuzish to'g'risida protokol imzolandi. Shu 
tariqa, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi tashkil topdi. 
1993—yil yanvarda Minskda MDH Davlatlari  boshliqlarining navbatdagi kengashi bo'ldi. Unda 
MDHning Nizomi imzolandi va MDHning huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi. 
1991-1999—  yillarda MDH davlat bosliqlarining 25 ga yaqin kengashi bo'lib, ularda hammasi 
bo'lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-
siyosiy,  tashkiliy  va  umumiy  sohalarga  oid  1300  gа  yaqin  masalalar 
muhokama etilib, tegishli hujjatlar imzolandi. 
Hamdo'stlik mamlakatlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar va sekinlik bilan 
mustahkamlanib bordi. Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati qog'ozda qolib ketdi. Bunga sabab 
tomonlarning muammolarni yechishni istamayotganida emas, aksincha, o'zaro hamkorlik teng huquqli 
asosda, har bir mamlakatning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda yuritilishiga intilayotganligi bilan 
bog'liq edi. O'tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirishning samarali mexanizmi 
yaratilmadi, o'zaro hisob-kitoblar muvofiqlashtirilmadi. 
2001—  yil 29-30-noyabrkunJari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10 yilligiga 
bag'ishlangan yubiley sammiti bo'lib o'tdi. Sammit qatnashchilari Afg'onistondagi voqealar to'g'risida 
bayonot qabul qildilar. Bayonotda aksilterror operatsiyasi ijobiy baholandi. 
Yubiley sammitida yana bir hujjat - MDH tuzilganining 10 yilligi munosabati bilan Bayonot imzolandi. 
Bayonotda 10 yil davomida rejalashtirilgan hamma tadbirlar ham amalga oshmagani ta'kidlandi. 
Hamdo'stlik barcha a'zo mamlakatlar xalqlari farovonligini oshirish yo'lida salohiyatga ega ekanligi, 
undan foydalanish zarurati e'tirof etildi. 
MDHnnig 10 yilik tarixi guyohlik beradiki, Hamdo'stlikning tashkil etilishi foydali bo'ldi. 
Hamdo'stlik 10 yil oldin qanday kerakii tashkilot bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda ham shunday keraklidir. 
Sobiq Ittifoq parchalangach, yuzaga kelgan mustaqil davlatlarning bir-biriga bog'langan iqtisodiyotini 
to'ldirib turish zarur edi. Hamdo'stlik mana shuntday to'ldiruvchilik rolini bajardi, parchalanish jarayonida 
nizo-janjal chiqishiga yo'l qo'ymadi.. 
 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish