Davrimizning muhim xususiyati aholi talab ehtiyojlarming g'oyat darajada o'sganligi bilan
belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning aholisi talablari, ehtiyojlarini qondirib
bo'lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat uchun ham boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-
texnikaviy hamkorlik qilish obyektiv zaru-riyat bo'lib qoldi.
Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi ham, boshqalardan
ajralgan hudud emas. Sayyo-ramiz yaxlit va bo'linmasdir. Shu boisdan, barcha mamlakatlar, xalqlar bir-
biri bilan bog'langan, o'zaro aloqadadir.
O'zbekistonning geosiyosiy o'rni
. O'zbekiston xalqaro aloqalarni yoiga qo'yish nuqtayi паzаridan
va o'z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulayjug'rofiy-strategik imkoniyatlarga ega.
• Qadim zamonlarda Sharq bilan G'arbni bog'lab turgan Buyuk ipakyo'li O'zbekiston hududi orqali
o'tgan.Bu yerdasavdo yo'llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlar tutashib bir-birini
boyitgan. Bugungi kunda ham Yevropa va Osiyoni bog'laydigan yo'llar Markaziy Osiyodan, uning
o'rtasida joylashgan O'zbekis-tondan o'tmoqda.
• Markaziy Osiyoda jug'rofiy-siyosiy jihatdan markaziy o'rin tutgan O'zbekiston ushbu mintaqada
kuchlar nisbati va muvoza-natini saqlash, barqarorlikni ta'minlash, hamkorlikni mustahkam-lash
imkoniyatlariga ega.
• O'zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida joylashgan.
• Aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqada yetakchi o'rinda turadi.
• Tabiiy iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral xomashyo zaxiralari va strategik materiallarga ega,
dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o'zini ta'minlashga qodir.
• O'zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga ega, o'zini neft, gaz, rangli metallar bilan
ta'minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega.
• Yurtimizning jahonga mashhur boy ma'naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli
o'rin egallab, dunyoning ma'naviy va siyosiy jarayonlariga ta'sir o'tkazish salohiyatiga ega.
Jug'rofiy-siyosiy jihatdan O'zbekistonda qiyinchiliklar tug'diruvchi omillar ham mavjud.
Jumladan:
• O'zbekiston Fors ko'rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga juda boy
konlarijoylashgan yarim xalqaning strategik markazida joylashgan. Shu boisdan, bu hududda butun
dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko'pgina yirik davlatlarning manfaatlari bir-biri bilan
kelishmasligi kuzatilmoqda.
• Yana bir noqulayhk shundan iboratki, O'zbekistonni etnik, demografik, iqtisodiy va boshqa
muammolar yuki ostida qolgan mamlakatiar qurshab turibdi.
• Sovetlar davrida Markaziy Osiyoda, jumladan, O'zbekistonda kommunikatsiyalar nomaqbul ravishda
shakllantirilgan. Janubiy yo'nalishda transport kommunikatsiyalari amalda rivoj topmagan. O'zbekiston
bevosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz bandargohlaridan eng uzoqda joylashgan
mamlakat. Bu bir necha davlatlar hududidan o'tadigan olis yo'l bo'fib, O'zbekistonning iqtisodiy
aloqalarini chegaralaydi, yuk tashishni qimmatlashtirib, mah-sulotlarning raqobatga bardosh berishiga
salbiy ta'sir etadi.
• Suv resurslarining cheklanganligi, ekologik muammolar, Orol fojiasi ham mamlakatimiz uchun noqulay
omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: