Strategik jarayonni rivojlantirish
Qo‘llanilayotgan strategiyani baholash.
Qo‘llanilayotgan strategiyani baholash uchun kompaniya qanday strategiyaga amal qilayotganligni tushunib olish lozim - bu:
- arzon narx vositasi bilan peshqadamlik qilish;
- raqobatchilardan farq qilib turish;
- iste'molchilarning tor guruhlariga yoki marketing bo‘shliqlariga ixtisoslashish.
Tarmoqdagi raqobatli vaziyatning yana bir xarakteristikasi vertikal integratsiyalanish darajasi va bozorning geografik ko‘lamidir. Bu yerda ishlab chiqarish, marketing, moliya, ishchi kuchidan foydalanish sohalaridagi yordamchi strategiyalarni tahlil qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |