Moliyaviy topshiriqlar: Ularing bajarilishi
Mijoz uchun topshiriqlar: Ularning bajarilishi
Kompaniyaning raqobat pozisiyasi qay darajada mustahkam?
Kompaniyaning raqobatga bardoshliligini aniqlash uchun qiymatlar zanjiridan foydalanish yetarli emas. Kompaniyaning raqobatchilik kuchi va pozisiyasi chuqurroq tahlil qilinishi lozim. Buning uchun quyidagilar aniqlanadi:
1) hozirgi vaqtda kompaniya o‘zining raqobat pozisiyasini qanchalik qattiq ushlab turibdi;
2) amaldagi strategiya saqlanib qolsa kompaniya raqobat pozisiyasining mustahkamlanish va zaiflashish istiqboli qanday;
3) asosiy raqiblar ichida kompaniya qanday o‘ringa ega;
4) hozirgi vaqtda kompaniya asosiy raqiblardan ustunmi yoki orqadami;
5) tarmoqning harakatlantiruvchi kuchlari, raqobat bosimlari, raqobatchilarning kutilayotgan qadamlaridan kelib chiqib kompaniya o‘zining pozisiyasini himoya qila oladimi;
Bu savollarga javob topish uchun quyidagilarni bajarish lozim:
1-qadam - tarmoqdagi muvaffaqiyatning kalit omillari ro‘yxati tuziladi;
2-qadam - har bir ko‘rsatkich bo‘yicha kompaniya va uning raqiblariga baho beriladi;
3-qadam - raqiblarning kuchli tomonlariga berilgan baho umumlashtiriladi;
4-qadam - raqiblarning raqobatda ustunlik yoki zaif jixatlari haqida xulosa chiqariladi. Shu bilan birga moliyaviy strategiya korxona operasion faoliyatini strategik risojlantirishni tashkil etishga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Bu operasion strategiyaning asosiy maqsadlari hisoblangan yuqori darajada mahsulot realizasiyasini, operasion foyda va korxonaning raqobatdagi o‘rnini oshirishni ta'minlash bilan bog‘liq. Agar korxona o‘z moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan tovar va moliya bozorlarining rivojlanish tendensiyalari paydo bo‘ladigan holatlarga mos tushmasa, bu korxona operasion faoliyat rivojlanishining strategik maqsadlari moliyaviy cheklashlar bilan bog‘lanmaganligini ko‘rsatadi. Bunday holatda korxona operasion faoliyat strategiyasini mos ravishda korrektirovka qilishlariga to‘g‘ri keladi. Moliyaviy faoliyatni strategik boshqarishni tadbirkorlik stiliga maqsadli yo‘naltirish prinsipi korxonalarda moliyaviy boshqaruvni o‘sish yoki tadbirkorlik stiliga mos strategik maqsadlarni tavsiflaydi. Strategik moliyaviy boshqaruvning o‘sish stili korxona moliyaviy faoliyatining rivojlanish darajasi yuqori bo‘lgan holatda qabul qilinadigan moliyaviy qarorlar muqobillarini minimallashtirishni o‘zida aks ettiradi va rivojlanish darajasini saqlab qolishni o‘zida aks ettiradi. Strategik moliyaviy boshqaruvning tadbirkorlik stili asosini moliyaviy faoliyatning barcha yo‘nalishlari va shakllari bo‘yicha samarali boshqaruv qarorlari ustida faol ishlash tashkil etadi. Moliyaviy boshqaruvning bu stili tashqi omillar o‘zgarishini hisobga olgan holda qo‘yilgan strategik maqsadlarga erishish uchun barcha yo‘llarda moliyaviy faoliyatlarni amalga oshirishning yo‘nalishlari, shakllari va metodlari doimiy transformasiyasi bilan bog‘liq. Iqtisodiy adabiyotda strategik moliyaviy boshqaruvning o‘sish stili konservativ (eskilikka yopishib olish) usul sifatida, shu bilan bir vaqtda tadbirkorlik stili – agressiv, jadallik bilan rivojlanishga yo‘naltirilgan usul sifatida qaraladi. Bu bo‘yicha ko‘pchilik iqtisodchilar xulosasiga ko‘ra strategik moliyaviy boshqaruvning tadbirkorlik stili yangi boshqaruv paradigmasi – strategik boshqaruv bilan bog‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |