Soliq to`g’risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi tamoyili - soliq solish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e`lon qilinishi shart. Barchaning e`tibori uchun rasmiy e`lon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi va soliq sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga, ulardagi ko`rsatmalar bajarilmaganligi uchun biron bir sanktsiyani qo`llashga asos bo`lib xizmat qilishi mumkin emas.
Soliq to`lovchining haqligi prezumptsiyasi tamoyili - soliq to`g’risidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo`lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to`lovchining foydasiga talqin qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |