O’ZBEKISTON AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
AKT sohasida iqtisod va menejment fakulteti
Soliq va soliqga tortish fanidan
KURS ISHI
Mavzu: O’zbekistonda soliq tizimi
Bajardi: Toshboyev Sardorbek
Tekshirdi: Xasonova Nigora
MUNDARIJA:
Kirish …………………………………………………………………………….
1-bob Yuridik shaxlarning soliq tizimi….. ……………………………………..1
1.1 Yuridik shaxs tushunchasi. Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar...2
1.1.1 Yuridik shaxs tushunchasi. Yuridik shaxslarni soliqqa
tortish tartibi……………………………………………………….4
1.1.2 Yuridik shaxsdan undiriladigan soliqlar, yig’imlar va
soliqlarga tenglashtirilgan to’lovlar……………………………….3
1.1.3 Yuridik shaxslarni soliqqa tortishning asosiy tamoyillari…..4
1.2 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, uni hisoblash va
budjetga to’lash tartibi……………………….……..…………………….3
1.2.1 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining iqtisodiy mohiyati soliq tizimidagi o`rni…………………………………….2
1.2.2 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i to’lovchilari
tarkibi va soliq solish ob’yekti……………………………………2
1.2.3 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha имтиёзлар ва soliq stafkalari……………………………………2
1.3 O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining foydasiga soliq
solishning o’ziga xos xususiyatlari……………………………………….4
1.4 Egri soliqlarni hisoblash va budjetga to’lash tartibi …………………5
1.5 Resurs to’lovlarini xisoblash va to’lash tartibi ………………………6
1.6 Mahalliy soliqlarni va yig’imlarni hisoblash va to’lash tartibi ……...7
КIRISH
O`zbekiston Respublikasining rivojlanishi, yangilanishi, kelajakda qanday bo`lishi yosh avlodning haр tomonlama yetukligiga, ya`ni ularning qay darajada barkamol shaxs sifatida tarkib topishlariga, o`zlarida ijodiy fazilatlarni mujassamlashtirishga, komil inson bo`lib yetishganligiga bog’liqdir. Bozor munosabatlari ko`lami tobora kengayayotgan hozirgi paytda Respublikamizga kirib kelayotgan yangi texnika va ilg’or zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish davr talabi bo`lib kelmoqda. Shu sababli bugungi davr talabidan kelib chiqqan holda ta`lim tizimidagi o`quv muassasalarida ishlovchi xodimlar oldida talaygina muammolar turadi.
Respublika mustaqilligining poydevorini mustahkamlashda, mamlakat taraqqiyotida, O`zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta`lim-tarbiya ishlarini yo`lga qo`yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish katta ahamiyatga ega. Ayni paytda yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo`lgan barkamol, tashkilotchi va zukko kadrlarga ega bo`lish, birinchi navbatda, ta`lim-tarbiya tizimini tubdan o`zgartirish, uni hozirgi davr talabi darajasiga ko`tarish zarur va muhimligini hayot taqozo etmoqda.
Kadrlar tayyorlash har bir mamlakatning taraqqiy etishi, buguni va ertasiga daxldor bo’lgan o’ta dolzarb muammolardandir. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlashning muhim bo’g’ini – o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi bu borada o’zining noyob va samaradorligi bilan muhim o’rin tutadi. Voyaga yetayotgan har bir yigit-qiz muayyan kasb-hunarga ega bo’lishiga erishish, mehnat bozori talabi asosida eng munosib mutaxassislar tayyorlash – ushbu tizimning asosiy vazifalaridandir.
Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev o`z ma`ruzalarida “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”– deb, alohida ta`kidlab o`tganlar.
Bugungi kunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari kabi ta`lim sohasida ham ilg’or texnologiyalarni joriy etish va shu orqali ta`lim mazmunini jahon andozalari darajasiga olib chiqishga harakaт qilinmoqda.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni yuksaltirish davrida soliqlar va ularga tenglashtirilgan majburiy to`lovlar davlat xazinasining asosiy daromad manbasi hisoblanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar soliq to`lovchi yuridik va jismoniy shaxslardan soliq qonunchiligiga ko`ra belgilangan tartibda undiriladi. O`zbekiston Respublikasi bosh Qomusining 5 chi va 23 chi moddalarida ham fuqarolarning burch va majburiyatlaridan biri sifatida qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lashning majburiyligi belgilab qo’yilgan. Ushbu majburiyatlarni bajarish uchun esa har bir fuqaro soliq tizimi munosabatlariga doir yetarli darajada bilim va ko`nikmaga ega bo`lishlari lozim bo`ladi.
“Soliq tizimi” kursni o`qitishning zarurligi bozor iqtisodiyoti munosabatlari ichida soliq munosabatlarining ahamiyati o`sib borayotganligidan kelib chiqadi. “Soliq tizimi” maxsus kursi soliq voqeliklarini chuqur o`rganish asosida zaruriy xulosalar chiqarib, ularni amaliyotga tadbiq etish yo`llarini o`rgatadi.
“Soliq tizimi” fanining asosiy maqsadi – talabalarda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’g’risidagi tasavvurni hosil qilish va soliq to’lovchilardan undiriladigan soliq hamda majburiy to’lovlarning huquqiy asoslarini, soliq majburiyati, soliq nazorati, soliqqa oid huquqbuzarliklar va ularga nisbatan qo’llaniladigan jazo choralari bo’yicha bilimlarni shakllantirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |