1.1 rasim. Yuridik shaxslarning o’ziga xos xususiyatlari
Soliq agentlari soliq qonunchiligiga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni hisoblab chiqqarish, soliq to`lovchidan ushlab qolish hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga o`tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslardir.
Soliq to`lovchining vakillari qonunga yoki ta`sis hujjatiga muvofiq soliq to`lovchining vakili bo`lishgа vakolatli shaxslardir.
Vakolatli organlar quyidagilardir:
1. Davlat soliq xizmati organlari.
2. Bojxona organlari.
3. Moliya organlari.
4. Boshqa majburiy to`lovlarni undirish vazifasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |