1.1.3 Yuridik shaxslarni soliqqa tortishning asosiy tamoyillari.
Yuridik shaxslarni soliqqa tortish soliq solishning majburiyligi, aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq to`g’risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi va soliq to`lovchining haqligi prezumptsiyasi printsiplariga asoslanadi.
Soliq solishning majburiyligi tamoyili - har bir shaxs soliq qonunchiligida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni to`lashi shart.
Hech kimning zimmasiga soliq qonunchiligida nazarda tutilmagan yoki uning normalari buzilgan holda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni to`lash majburiyati yuklatilishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |