Birinchidan, - ishlab chiqarish orqali turli ne’matlar va shu ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga imkon yaratiladi. Ehtiyojni qondirilishi o’z navbatida yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, avtomobil sotib olib ehtiyojni qondirilishi o’z navbatida qator yangi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi: mashina turadigan joy kerak, yonilg’i, ehtiyot qism va boshqalar, sug’urta qildirish, va hokazolarga ehtiyoj.
Ikkinchidan - fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi, aholi turmush tarzi ham ehtiyojlarni tubdan o’zgartiradi. Yangi ixtiro qilingan narsalarni ishlab chiqarish, ularga extiyojlarni vujudga keltiradi. Ularni odamlar sotib olishga harakat qiladilar. Masalan, kir yuvish mashinasi, video magnitafon va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |