Ehtiyojlar o`z predmetining xarakterga ko`ra MODDIY va MA`NAVIY bo`lishi mumkin. - Moddiy ehtiyojlarga kishining moddiy predmetlarga qaramligi (ovqatlanishga, qiyinishga, uy-joyga, maishiy turmush ashyolariga va boshqa narsalarga ehtiyoj sezish), ma`naviy ehtiyojlarda esa ijtimoiy ong mahsuliga tobeligi ifodalanadi. Ma`naviy ehtiyojlar ma`naviy madaniyatni yaratish va o`zlashtirishda o`z aksini topadi. Kishi o`z fikr - mulohazalari va tuyg`ularini boshqalar bilan baham qurishga, kitoblar va jurnallar o`qishga, kinofil’mlar qurishga, musiqa tinglashga va shu kabilarga ehtiyoj sezadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |