Elementar hodisa deb, tajribaning har qanday natijasiga aytiladi, hamda ω harfi bilan belgilanadi. Tajriba natijasida ro’y bershi mumkin bo’lmagan barcha elementar hodisalar to’plami elementar hodisalar fazosi deyiladi. Elementar hodisalar fazosi Ω kabi belgilanadi.
Misollar:
1.Tajriba tangani ikki marta tashlashdan iborat bo’lsin. Bunda elementar hodisalar quyidagicha bo’ladi.
ω₁=(gg), ω₂=(gr), ω₃=(rg), ω₄=(rr).
Elementar hodisalar fazosi Ω to’rt elementdan iborat׃
2.Agar tanga uch marta tashlansa, u holda
ω₁=(ggg), ω₂=(ggr), ω₃=(grr), ω₄=(rrr), ω₅=(rrg), ω₆=(rgg), ω₇=(rgr), ω₈=(grg).
3.Tajriba o’yin kubigini ikki marta tashlashdan iborat bo’lsin. Bu holda ωij=(i,j) bo’lib, i-birichi tashlashda tushgan ochko’ni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |