Mumkin bo’lmagan hodisa deb tajriba natijasida ro’y bermaydigan hodisaga aytiladi va biz bu hodisani ∅ belgi bilan belgilaymiz.
Tasodifiy hodisa deb, tajriba natijasida ro’y berishi ham, ro’y bermasligi mumkin bo’lgan hodisaga aytiladi. Tasodifiy hodisalarni A, V, S, … katta lotin harflari bilan belgilaymiz.
Misol:O’yin kubigi bir marta tashlanadi. Bu holda
Ω={Tushgan ochko 6 dan katta emas } –muqarrar hodisa;
∅={Tushgan ochko 10 ga teng }-mumkin bo’lmagan hodisa ;
A= {Tushgan ochko juft son }-tasodifiy hodisalardir.
Albatta bu tajribaga mos bo’lgan boshqa ko’plab hodisalarni tariflashimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |