Takrorlash va nazorat uchun savollar:
Noma‘lum parametrning statistik bahosi deb nimaga aytila-di va u qanday muhim xossalarga ega bo‗lishi mumkin?
Siljimagan baho nima va uning kiritilishi nima bilan asoslanadi?
Effektiv baho nima va uning kiritilishining zaruriyati ni-mada?
Siljigan baho va asosli baho deb nimaga aytiladi?
Bosh o‗rtacha qiymat nima va u qaysi formulalar bo‗yicha hi-soblanadi?
O‗rtacha tanlanma qiymat deb nimaga aytiladi va u qaysi for-mulalar bo‗yicha hisoblanadi?
O‗rtacha tanlanma qiymat bosh o‗rtacha qiymatning qanday baho-si bo‗ladi?
Bosh dispersiya nima va u qaysi formulalar bo‗yicha hisobla-nadi?
Tanlanma dispersiya deb nimaga aytiladi va u qaysi formula-lar bo‗yicha hisoblanadi?
Bosh o‗rtacha kvadratik chetlanish va tanlanma o‗rtacha kvadratik chetlanish nima, ular hamda bosh va tanlanma dispersiyalar nima uchun kiritiladi?
Dispersiyalarni qaysi formulalar bo‗yicha hisoblash qulay-roq?
Nima bosh dispersiyaning siljimagan bahosi bo‗ladi?
Tayanch iboralar:
Noma‘lum parametrning statistik bahosi, siljimagan ba-ho, siljigan baho, effektiv baho, asosli baho, bosh o‗rtacha qiy-mat, o‗rtacha tanlanma qiymat, bosh dispersiya, bosh o‗rtacha kvadra-tik chetlanish, tanlanma dispersiya, tanlanma o‗rtacha kvadratik chetlanish, tuzatilgan dispersiya.
13-mavzu
Intervalli baholar. Ishonchlilik intervali. Normal taqsimotning noma’lum parametrlari uchun ishonchlilik intervallari
Reja:
Bahoning aniqligi, ishonchlilik, ishonchlilik intervali.
Normal taqsimotning o‗rtacha kvadratik chetlanishi ma‘lum bo‗lganda matematik kutilmasini baholash uchun ishonchlilik intervali.
Normal taqsimotning o‗rtacha kvadratik chetlanishi noma‘lum bo‗lganda matematik kutilmasini baholash uchun ishonchlilik intervali.
Normal taqsimotning o‗rtacha kvadratik chetlanishini baholash uchun ishonchlilik intervali.
Parametrlarni baholashning ikkita usuli mavjud: nuqta-viy va intervalli. Nuqtaviy usullar faqat atrofida baholana-yotgan noma‘lum parametr joylashgan nuqtani ko‗rsatadi. Inter-valli usullar yordamida parametrning noma‘lum qiymati ma‘-lum bir ehtimollik bilan yotadigan intervalni topish mumkin.
Nuqtaviy baho deb bitta son bilan aniqlanadigan bahoga aytiladi. Tanlanmaning hajmi kichik bo‗lgan holda nuqtaviy baho baholanayotgan parametrdan ancha farq qilishi, ya‘ni qo‗pol xato-larga olib kelishi mumkin. Shu sababga ko‗ra tanlanma hajmi un-cha katta bo‗lmaganda intervalli baholardan foydalanish lozim.
Intervalli baho deb ikkita son — intervalning uchlari bilan aniqlanadigan bahoga aytiladi. Intervalli baholar baho-larning aniqligi va ishonchliligini baholashga imkon beradi.
Tanlanma ma‘lumotlari bo‗yicha topilgan statistik tav-sif noma‘lum
parametrning bahosi bo‗lib xizmat qilsin. Agar
bo‗lsa, u
holda qanchalik kichik bo‗lsa, baho parametrni shunchalik aniq tavsiflaydi. Bahoning aniqligi musbat son bilan tavsiflanadi.
Biroq baho
tensizlikni qanoatlantiradi deb qat‘iy da‘vo
qilish mumkin emas. Statistik usullar faqat bu tengsizlik amalga oshadigan ehtimollik haqidagina gapirishga imkon beradi.
ning bo‗yicha baholanishining ishonchliligi (ishonchli-lik ehtimolligi)
P
(13.1)
bo‗ladi. sifatida bir soniga yaqin bo‗lgan son olinadi.
tengsizlikdan
(13.2)
qo‗sh tengsizlikni osongina olish mumkin. U holda (13.1) munosa-bat
Do'stlaringiz bilan baham: |