So‘z gaplarni gap bo‘laklariga ajratib bo'lmaydi.
So‘z gaplar quyidagi turlarga bo'linadi:
Tasdiq so‘z-gaplar. Bunday so‘z-gaplar so'zlovchining aytilayotgan fikrni tasdiqlashi yoki biror fikrga qo'shilishini ko‘rsatadi. Tasdiq so‘z-gaplar vazifasida albatta, xo‘p, ha, shunday, to‘g‘ri, yaxshi, bo‘lmasa-chi kabi so'zlar ishlatiladi. Bu ko'rinishdagi so‘z-gaplar berilgan savolga javob bo'ladi yoki ifodalanayotgan fikrni tasdiqlaydi.
Fikrimni tushundingizmi?
Albatta.
Inkor so‘z-gaplar. Bu xil so‘z-gaplar berilgan savolga so'zlovchining inkor javobini yoki ma’lum fikrga qo'shilmaganini ifodalaydi. Inkor so‘z-gaplar vazifasida yo‘q, hech, aksincha kabi so'zlar ishlatiladi:
Siz ham shunday o'ylaysizmi?
Aksincha.
So‘roq so‘z-gaplar so'zlovchining savoli, taajjubini anglatadi yoki tinglovchini javob berishga, biror ish-harakatga undaydi. So'roq so'z-gaplar shundaymi, yo'qmi, nahot, rost bilan-a,
Do'stlaringiz bilan baham: |