Endi so’zingizdan aynamang, xo'pmi?
Mayli, - dedi Fazliddin. (Oybek)
Yo‘q, - dedi Otabek, lekin uning taajjubi uy egasiga ochiq Ko‘rinib turar edi. (A. Qodiriy)
Yo'lchi eshikchani ochib kirdi:
Assalomu alaykum, hormang, ota! (Oybek)
Sog‘lig‘ingiz yaxshimi?
Rahmat. Tuzukman.
Ertalab uchrashamiz-da...
Albatta. Bekatda. Soat 8 da.
Qabulga birga kiramizmi?
Yo‘q. Avval Siz kiring.
Bo'pti. Ma’qul. .
Oh-o! Savollaringiz tugamaydi-ku. Mayli, marhamat.
Kishilar o'rtasidagi oddiy muomalada tez-tez ishlatilib turadigan bir so‘z yoki ibora (birlik)lar so‘z-gaplar vazifasida qo'llanadigan bo'lib qolgan: assalomu alaykum, yoqimli ishtaha, marhamat, salomat bo'ling, qulluq, osh bolsin, yaxshi boring, xush ko'rdik, labbay, jonim bilan, bajonidil kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |