Kimyoviy tarkibi. Meva tarkibida 3-7% efir moyi, 14-22% yog’, 20-23% oqsil moddalar, flavonoidlar ( kvertsetin va kemferol) hamda oshlovchi moddalar bo’ladi. XI DFga ko’ra meva tarkibidagi efir moyining miqdori 2% dan kam bo’lmasligi lozim.Efir moyi maydalangan mevadan suv bug’i yordamida haydab olinadi. Qoraziraning efir moyi sarg’ish suyuqlik bo’lib, zichligi 0,905-0,915; refraktsiya soni 1,4840-1,4890. Moy tarkibida 50-60 % karvon, 40-50 % limonen, 40-70 % karvakrol, digidrokarvon va digidrokarveol birikmalari bo’ladi.
Ishlatilishi. Qorazira mevasining preparati ichak atoniyasini davolashda, og’riq qoldiruvchi hamda ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun, mevasi ba’zan boshqa dorivor o’simliklar bilan birga siydik va yel haydovchi vosita sifatida, shuningdek, me’da kasalliklarida, meva suvi esa ichak sanchig’ida (ayniqsa, bolalarda), tish og’rig’ida va miozitda ishlatiladi (badanning yallig’langan joyiga surtiladi).Qorazira mevasi oziq-ovqat, parfyumeriya va boshqalarda ham katta ahamiyatga ega.
Dorivor preparatlari. Qorazira mevasi, efir moyi (qandga 1-3 tomchi tomizib iste’mol qilinadi) va meva suvi. Mevasi me’da yig’malari-choylari tarkibiga kiradi.
TARKIBIDA BITSIKLIK MONOTERPENLAR BO’LGAN EFIR
MOYLAR VA DORIVOR O’SIMLIKLAR
Bu guruhga kiradigan dorivor o’simliklarning efir moylari tarkibida asosan pinen, borneol, kamfora, tuyol, tuyon va boshqa birikmalar bo’ladi.
Pinen Borneol Kamfora Tuyol Tuyon
ARCHA QUBBASI VA ARCHA MOYI – FRUCTUS JUNIPERI ( BACCAE JUNIPER) ET OLEUM JUNIPERI BACCARUM
O’simlikning nomi. Oddiy archa – Junipegus communis L.; archadoshlar (sarvindoshlar) – Cupressaceae oilaciga kiradi.
Archa bo’yi 1-3 m ga yetadigan ikki uyli, doim yashil buta. Bargi bandsiz, qattiq, nina shaklida bo’lib, poyada uchta-uchtadan joylashgan. Archa ikki uyli bo’lganidan otalik va onalik qubbalari ikkita o’simlikda alohida-alohida taraqqiy etadi. Otalik qubbalari bandsiz, yumaloq-cho’ziq, sariq rangli bo’lib, uchtadan to’p-to’p joylashgan gultevaraklaridan hamda otaliklardan (3-4 tadan) iborat. Onalik qubbalari qisqa bandli, yashil, cho’ziq tuxumsimon shaklda. Bu qubbalar uchtadan xalqa shaklida joylashgan meva barglaridan iborat bo’lib, faqat yuqorigi uchta meva bargining ichki tomonida urug’ kurtaklar bor. Bahorda gullari changlangandan so’ng yuqorigi urug’ barglari shishadi, yumshaydi va birlashib, meva hosil qiladi. Qubbalar pishib yetilganda so’ng qorayadi. Meva ikkinchi yili pishadi. SHuning uchun o’simlikda xom va pishgan qubbalar bo’lishi mumkin.
Geografik tarqalishi. Oddiy archa ninabargli va mayda bargli aralash o’rmonlarda, ba’zan botqoqlik o’rmonlarda o’sadi. Asosan Ukraina, Belorus, Boltiq bo’yi davlatlar, Rossiyaning Ovro’po qismida, Farbiy Sibirda hamda qisman SHarqiy Sibirda uchraydi.Mahsulot tayyorlash. Qubbalar kuzda yig’iladi. Archa tagiga chodir yozib, mahsulot daraxtni silkitib (yog’och bilan urilmaydi) qoqib olinadi. Daraxt silkitilganda pishgan mevalar osonlik bilan to’kilib tushadi, xomlari esa daraxtda qoladi. So’ngra pishgan mevalar qisman to’kilgan xom mevalardan ajratiladi hamda shox va barglardan tozalanib,havo kirib turadigan xonalarda yoki cherdaklarda quritiladi. Mahsulot buzilmasligi uchun quritilayotganda aralashtirib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |