1.4. Tavsiya etilayotgan integrirlangan menejment tizimi modeli doirasida integrirlashning asosiy tamoyillari
Tashkilot – biznes bo‘yicha faoliyat olib boradigan yagona organizmdir. SHu sababli menejmentning barcha tizim osti tizimlari tashkilotning strategik maqsadlariga bo‘y so‘nishi va integratsiya tamoyillariga muvofiq bo‘lishi lozim. IMT tamoyillari quyidagi keltirilgan hujjatlarda bayon etilgan umumiy tamoyillar, yondashuvlar va modellar asosida ishlab chiqilgan:
MT integrirlanishini belgilovchi ISO GUIDE 72, HB139, PAS 99, FD X 50-189, AC X-50-200, AS/NZS 4581 - standartlari.
ISO 9000:2005 – sifat menejmenti tamoyillari;
MTga talab va tavsiyalar bo‘yicha ISO 9001, ISO 9004, ISO 14001, ISO 14004, OHSAS 18001, OHSAS 18002 va h.k.
AS/NZS 4360 va h.k.- xavf-xatarlarni boshqarish tamoyillari.
ISO/TC 176 №544 – jarayonli yondashuv konsepsiyasi.
JIS Q 9005:2005 – muvaffaqiyatli rivojlanish tamoyillari.
ISO 9004 – doimiy takomillashtirish bo‘yicha yondashuv.
Sifat bo‘yicha xorijiy va xalqaro mukofotlar modellari.
TQM (Umumiy sifatni boshqarish) va boshqalar.
IMT asosiy tamoyillari quyidagicha:
1-Tamoyil. Qiziquchi tomonlarning qiziqishlarini balanslashtirish.
Tashkilotning uzoq muddatli muvaffaqiyati hozirda va kelajakda iste’molchilarning ehtiyojlari va ularning kutganlarini tushunishi hamda boshqa qiziquvchi tomonlarning ham ehtiyoji va kutilmalarini hisobga olishi va tushunishiga bog‘liq bo‘ladi. Tashkilot va uning qiziquvchi tomonlari o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, o‘zaro manfaatli munosabatlari tomonlarga muhimlikni yaratib, foydalarni oshiradi. Tashkilot barcha qiziquvchi tomonlar talablarini hisobga oluvchi qo‘yilgan va muvofiq maqsadlarga erishish hsobida qiziqishlarni balansini ta’minlashga harakat qilishi lozim.
2 - Tamoyil. Rahbariyatning peshqadamligi.
Rahbarlar (menejerlar) tashkilotning umumiy maqsadlariga erishishiga mo‘ljallangan integrirlangan menejment tizimiga o‘zining sodiqligini ko‘rsatib, faol va peshqadamlik sifatlarini namoyon etishi lozim. Ular tashkilotning umumiy maqsadlariga erishishida va masalalarni hal etishda xodimlarni o‘liq jalb etib, ichki uhitni yaratishi va qo‘llab-quvvatlashi lozim. YUqori rahbarlar (top-menejerlar) tashkilotning boshqa darajasidagi rahbarlari (menejerlari) bilan birgalikda quyidagilarni ta’minlashi lozim:
- qonunchilik va me’yoriy tlablarni hamda barcha qiziquvchi tomonlarning talablarini hisobga olib, tashkilotda ishlab chiqilayotgan strategik va taktik maqsadlarni yagonaligini;
- qo‘yilgan maqsadlarga o‘z muddatida erishish;
- jarayonli va tizimli yondoshuvlar doirasida jarayolarni doimiy yaxshilash;
- qo‘shimcha qiymat olish.
3 - Tamoyil. Xodimlarni jalb qilish.
Barcha darajadagi ishchilar tashkilotning asosini yaratadi va uning bosh resursi va qiymati ularni to‘liqjalb qilinishi tashkilotga ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish imkonin beradi. Rejalashtirilgan natijalarga erishi va o‘rnatilgan talablarni bajarishda asosiy sharti bu ishchilarning qobiliyatlridan samarali foydalanishdir. Xodimlar to‘g‘risida g‘amxrlik qilish, qiziqishni oshirish, layoqatligini rivojlantirish, tayyorlashga ehtiyojlarni doimiy aniqlash lozim. Doimiy o‘qitish takilotda o‘quvchilarni shakllantirish uchun asos yaratib, innovatsion jarayonlarni joriy etish va natijaviylik hamda samaradorlikni oshirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
4 -Tamoyil. Qonunchilik va boshqa talablarga muvofiqlik.
IMT dorasida menejmentning tizim osti tizimlariga taalluqli barcha qonunchilik va boshqa talablarni bajarish lozim.
5 - Tamoyil. Xatarlarni boshqarishga asoslangan yondashuv.
Ixtiyoriy tashkilot, uning faoliyatiga turli xil ichki va tashqi omillar ta’sirlarni tavsiflovchi, qo‘yilgan maqsadlarga erishish darajasiga muvofiq ta’sir etuvchi sharoitlarda ishchi holatda bo‘ladi. Xatarlarni boshqarish salbiy holatlarni yuzaga kelish ehtimolini kamaytirish va ijobiy imkoniyatlardan samarali foydalanishga yordam beradi.
6 - Tamoyil. Jarayonli yondashuv.
Qo‘yilgan maqsadlarga samarali erishish uchun rahbariyat bajriladigan ishlarning mohiyatini mutaxassislarga shu faoliyat turini aniqlab, ya’ni nazarot qilinayotgn sharoitlarda amalga oshirib va ularni muvofiq resurslar bilan ta’minlash qo‘shimcha qiymat keltirishini asoslab tushuntirish lozim. Istalayotgan natijalarga faoliyat va unga muvofiq resurslarni boshqarishni jarayon sifatida qarash samara keltiradi.
7 - Tamoyil. Menejmentga tizimli yondashuv.
Menejmentni o‘zaro aloqador jarayonlarni sifatida tushunish, aniqlash tashkilotning maqsadlariga erishishida natijaviyligi va samaradorligiga munosib ulush qo‘shadi. Tashkilot rahbariyati maqsadlarga erishish uchun IMTdag asosiy vosita sifatida foydalanishi lozim. O‘z navbatida IMT o‘zaro aloqador jarayonlar majmuasi, ya’ni“rejalashtir – amalga oshir – tekshir (o‘lcha) – tahlil qil va yaxshila” umumiy metodi bo‘yicha doimiy yaxshilash nomi bilan amalga oshiriladigan menejment sifatida ko‘riladi.
8 - Tamoyil. Dalillarga asoslanib qaror qabul qilish.
Tashkilotni turli xil darajalarida rahbariyatning faoliyati boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan uzlksiz bog‘liqdir. Bunday qarorlarni samaradoligi muayyan bajarilayotgan ishlar va mohiyatini tushinishga hamda natijalari to‘g‘risidagi o‘z vaqtida, to‘liq va xolisona ma’lumot va axborotlar tahliliga asoslangan.
9 - Tamoyil. Doimiy yaxshilash.
Tashkilot faoliyatini doimiy yaxshilash tashkilotning maqsadlarini o‘zgaruvchan deb qarashga asoslangan. Bunda rivojlanishning yangi darajasiga o‘tish uchun qisman, turli xil yo‘llar bilan jumladan, innovatsiya hisobiga keskin yaxshilashni talab etadi. YAxshilash, innovatsiya: mahsulot, jarayonlar, tashkiliy tuzilma, menejment tizimiga, inson jihatlari va madaniyatiga taklif qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |