Qutblangan suyuqliklarda kuzatiladigan isrof sharoitga (harorat, chastota) bog’liq bo’lib, dipolli relaksasion qutblanishdagi elektr o’tkazishi evaziga sezilarli kattalikka erishadi
Qutblangan suyuqliklarda kuzatiladigan isrof sharoitga (harorat, chastota) bog’liq bo’lib, dipolli relaksasion qutblanishdagi elektr o’tkazishi evaziga sezilarli kattalikka erishadi.
Texnikada qo’llaniladigan ayrim suyuqliklar qutbli va qutblanmagan jismlarning (masalan, moy- kanifolli kompaundlar) aralashishidan iborat bo’ladi.
Suyuq qutblangan molekulali dielektriklardagi dielektrik isrof uning qovushqoqligiga sezilarli bog’liqdir. Bunday dielektriklarning solishtirma o’tkazuvchanligi xona xarorati sharoitida 10-10-10-11 Sm/m ga teng. O’zgaruvchan kuchlanishdagi qutblangan qovushqoq suyuq dielektriklarning dielektrik isrofi ularning elektr o’tkazishida katta ulishini tavsiflaydi. Bunday isrof dipolli-relaksasion isrof deb yuritiladi.