Bir jinsli bo’lmagan maydonning yuqori chastotalarida, qaysiki aloxida bo’lakchalarda kuchlanganlikning qandaydir kritik qiymatlarida molekulalarning ionlashishi natijasida ionizasiyali isrof yuz beradi. Oldingi mavzuda aytilganidek, ya’ni yuqorichastotada dielektrikning ichki gazli ulanishida ionizasiya natijasida isrof kuzatilishini esga olsak, tgδ ning ortishi kuchlanishning o’sishiga mos keladi. Gazli ulanishda Ui kuchlanishning ortishida tgδ ham ortadi (2.2-rasm). U1 kuchlanishda gaz tubdan ionlanadi, tgδ ham sezilarli ortadi. Kuchlanishdan yuqori qiymatlarda gazning teshilishi sodir bo’ladi. tgδ =f(U) bog’lanish odatda ionlanish egri chizig’i deb yuritiladi.