3) Izolyasion dielektrik isrof gaz ko’rinishidagi dielektriklar uchun taalluqli. Kuchlanish isrofi bir jinsli bo’lmagan elektr maydonida kuchlanganlik paytida gazning ionlanish davrining boshlanishida kuzatiladi. 4) Bir jinsli bo’lmagan strukturada kechadigan dielektrik isrof asosan qatlamli dielektriklarda, shimdirilgan qog’oz va gazlamalarda, to’ldiruvchili plastmassalarda, mikanitli g’ovakli keramikada, mikaleksda kuzatiladi. Dielektriklarning strukturalari turlicha bo’lganligi uchun, tarkibidagi komponentlar turli xususiyatlarga ega bo’lganligi uchun ulardagi dielektrik isrofni hisoblashning umumiy ifodasi yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |