Ee naymtov Avazbek



Download 132,49 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi132,49 Kb.
#469814
Bog'liq
avazbek

44-19 EE

Naymtov Avazbek

Фауст


Johann Wolfgang von Goethe
GYOTE (Goethe) Yoxann Volfgang (1749.28.8, Frankfurtmayn — 1832.22.3, Veymar) — nemis yozuvchisi va mutafakkiri. Yangi davr nemis adabiyotining asoschisi. Ijodi 18-asrning 70—80-yillari Germaniyada mavjud boʻlgan "Boʻron va hujum" adabiy harakatida ishtirok etishdan boshlangan. Shu davrda G. "Ges fon Berlixingen" (1773), "Prometey" (1773) kabi dramalar va lirik sheʼrlar yaratdi. G. adabiy faoliyatining ilk davriga mansub "Yosh Verterning iztiroblari" (1774) romani oʻsha davr nemis adabiyotida katta voqea boʻldi.
Asarda ilgʻor nemis yoshlar avlodining ijtimoiy fojiasi oʻz aksini topgan. 1786—88 yillarda G. Italiyaga safar qiladi. Shu davrda u "Ifigeniya Tavridda" (1779— 81), "Egmont" (1788), "Torkvato Tasso" (1780—89) kabi dramalar yozadi. "Sheʼriyat va haqiqat" avtobiografik kitobi (1811—33), "Vilxelm Maysterning oʻqish yillari" (1793—96), "Vilxelm Maysterning darbadarlik yillari" (1821—29) romanlarida inson bilan jamiyat oʻrtasidagi munosabat masalasi aks etgan.
G. Sharq mamlakatlari tarixi, madaniyati, adabiyotini chuqur oʻrganadi, Firdavsiy, Farididdin Attor, Rumiy, Nizomiy, Saʼdiy, Hofiz, Jomiy kabi shoirlar ijodi bilan tanishadi. Bu paytda Ibn Sino, Ulugʻbek, Alisher Navoiy ijodlaridan namunalar nemis tiliga tarjima qilingan edi. G. "Magʻribu mashriq devoni"ni (1814—19) Sharq sheʼriyatidan ilhomlanib yozgan. Devon "Mugʻanniynoma", "Hofiznoma", "Ishqnoma", "Tafriqnoma", "Ranjnoma", "Hikmatnoma", "Zulayxonoma", "Temurnoma", "Soqiynoma", "Matalnoma", "Forsiynoma", "Xuldnoma" kabi 12 boʻlimdan iborat.
Devonda "bulbul", "hur", "fatvo", "mugʻanniy", "mufti", "tilsim", "mirzo", "darvesh" kabi soʻzlarni asliyatda qoʻllaydi. G.ning "Faust" fojiasi (1768—1832) jahon adabiyotidagi shoh asarlardan hisoblanadi. Bu asar G.ning butun ijodiy faoliyati davomidagi izlanishlarining samarasi boʻldi.
G. falsafa, huquqshunoslik, botanika, geol., geodeziya sohalariga oid asarlar ham yaratgan.
G. sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilish 20-asrning yigirmanchi yillaridan boshlangan (Choʻlpon, Oybek, Shayx-zoda va boshqalar). Keyinchalik G.ning "Faust" (Erkin Voxidov tarjimasi, 1972—75), "Magʻribu mashriq devoni" (S. Salim Buxoriy tarjimasi, 1985—90), "Yosh Verterning iztiroblari" (Ya. Egamova tarjimasi, 1975) kabi asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan.
G. ijodi haqida oʻzbek adabiyotshunos va tanqidchilari (V. Zohidov, I. Gʻafurov, O. Olloberganov, Ya. Egamova, Poshali Usmon ugli va boshqalar) adabiy-tanqidiy makrlalar yozishgan. Germaniyaning maʼrifiy-madaniy tadqiqotlar olib boruvchi nufuzli markazi G. nomi bilan ataladi. Gyote institutining filiallari jahonning 78 mamlakatida, shu jumladan Toshkentda ham faoliyat koʻrsatmoqda (1998 yildan).
G. ijodi haqida oʻzbek adabiyotshunos va tanqidchilari (V. Zohidov, I. Gʻafurov, O. Olloberganov, Ya. Egamova, Poshali Usmon ugli va boshqalar) adabiy-tanqidiy makrlalar yozishgan. Germaniyaning maʼrifiy-madaniy tadqiqotlar olib boruvchi nufuzli markazi G. nomi bilan ataladi. Gyote institutining filiallari jahonning 78 mamlakatida, shu jumladan Toshkentda ham faoliyat koʻrsatmoqda (1998 yildan).
Asar muallif hayotining ko‘plab ko‘tarilishlari va pasayishlari bilan bog‘liq bo‘lgan va u bilan uzoq vaqt birga bo‘lmagan yoshlikdagi do‘stlariga bag‘ishlanishidan boshlanadi. Keyingi qismda teatr direktori, shoir va komik aktyor o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tadi. Unda qahramonlar yuksak she’riyatning haqiqiy maqsadi, omma talablariga moslashtirish muammosini, muvaffaqiyat va mashhurlik bilan yuqori san’atning uyg‘un kombinatsiyasiga qanday erishish mumkinligini muhokama qiladi.
“Osmondagi prolog” qismida “osmon, yer va do‘zax” muammosi rivojlanadi. Bu yerda asosiy qahramonlar – Xudo, Mefistofel, arxangellar; Faust nomi ham birinchi marta esga olinadi. Zulmat egasi Mefistofel bilan suhbatda Xudo Faustni eng sodiq va ishonchli qulining namunasi sifatida keltiradi. Bunga javoban Mefistofel olimning asl mohiyatini ochib berish majburiyatini oladi va uning g‘ayratini aslida harakatlari uchun mukofot olish istagi bilan izohlaydi. Shunda Xudo Mefistofelga butun Yer yuzidagi lazzat va vasvasalar bilan Faustni sinab ko‘rishga va o‘zgarmas sadoqatiga amin bo‘lishiga ruxsat beradi.
lim kun va tunni xafagarchilikda, o‘zining fikrlaridan qiynalib o‘tkazadi. Uzoq umri davomida Faust ko‘p narsalarni o‘rganadi, ammo u barcha bilimlariga qaramay, “ahmoq bo‘lib qolganini” tushunadi. Shogirdi Vagnerdan farqli o‘laroq, Faust cheksiz sir-asrorlarga to‘la inson ongi va ilm-fan imkoniyatlari, tabiat va butun koinot oldida nochorligini tushunadi. Faust baxtsiz, chunki uning butun hayoti behuda edi va haqiqatni bilib olishga bo‘lgan barcha urinishlari behuda ketdi.
Ammo kunlarning birida qora it siymosida unga Mististofel ko‘rinadi va keyin Faust oldida talaba kiyimida paydo bo‘ladi. Vagnerdan farqli o‘laroq, noma’lum mehmon ancha aqlli va idrokli edi. Faust bilan suhbatda u baxtsiz olimni qiynayotgan muammolarning tubiga to‘xtaladi. Mefistofel odamning nochorligi va inson taqdirini mazax qiladi.
Boshqa safar u Faust oldida bashang kiyimda paydo bo‘ladi va uni iztiroblardan xalos qilish uchun o‘zi bilan birga boshlaydi. Agar olim dunyo lazzatlariga o‘rganib qolsa va u hech qachon bundan ajrashni istamasa, bu Faustning Mefistofel tomonidan to‘liq mahv etilganini anglatadi. Ular o‘rtasida qon orqali bitim tuziladi va shundan so‘ng ikkisi safarga chiqadi. Mefistofel bergan damlamadan ichganidan keyin Faust yana yosharib, kuchga, go‘zallikka va istaklarga to‘la bo‘ladi. Endi u haqiqatni bilishga va haqiqiy baxtni topishga qat’iy qaror qilgan.
Faustning birinchi vasvasasi – oddiy oiladan chiqqan, o‘n besh yoshli beg‘ubor Margarita ismli qiz. Yosh Faust bilan tanishib, darhol unga oshiq bo‘lib qoladi, ular o‘rtasida o‘zaro ehtiros alangalanadi. Uning onasi Faust bilan uchrashuvlariga xalal bermasligi uchun Margarita har safar ichimlikka uxlatuvchi dori qo‘shib qo‘yardi. Ammo bir kuni oshiqlarni qizning akasi Valentin ushlab oladi. U bilan Faust o‘rtasida janjal chiqib, Valentin jangga kiradi.
Mefistofel qilichini yalang‘ochlaydi. Faust unga ergashib jangga kiradi va sevgilisining akasini qattiq jarohatlaydi. O‘limidan oldin Valentin yengiltak singlisini abadiy sharmandalikka giriftor bo‘lishini aytib la’natlaydi. Ko‘p o‘tmay Margaritaning onasi vafot etadi. Ma’lum bo‘lishicha, yana bir marta uyqu dorilarini qo‘shganida, qiz dori dozasini oshirib yuborgan va onasi endi uyg‘onmaydi. Bu haqda Faust bilmaydi, chunki u qotillikni amalga oshirgach, shahardan qochishga majbur bo‘lgan.
Keyinchalik Margarita qiz tug‘adi, lekin benikoh farzand tuqqani ortidan kelishi mumkin bo‘lgan odamlar g‘azabidan qutulish uchun qizini daryoga cho‘ktirib o‘ldiradi. Endi u mahkuma, qamoqda o‘z jazosini kutmoqda.
Faustga bo‘ynida dahshatli chandiq bilan asirlikda saqlanayotgan sevgilisining surati namoyon bo‘ladi. Mefistofeldan esa u Margaritani qutqarishni talab qilmoqda. Shoshilish kerak, tez orada ikkalasi ham shaharga qaytib keladi.
Oshiqlarning fojiali uchrashuvi zindonda bo‘lib o‘tmoqda. Avvaliga qiz uni tanimaydi, lekin yaqindagina uning boshiga tushgan dahshatli voqealarning butun tarixi uning xotirasida paydo bo‘ladi. U o‘z baxtiga ishonmaydi: erkinlik haqiqatan ham yaqinmi? Biroq Margarita o‘zi uchun shahidlik, chin dildan tavba qilish va Xudoning hukmini tanlab, zindonni tark etishdan bosh tortadi. Parvardigor esa Mefistofel tomonidan xushmuomalalik bilan taqdim etilgan ozodlikdan voz kechgan baxtsiz qizning ruhini saqlab qoladi.
Asarning ikkinchi qismida iblis Mefistofel Faustni imperator saroyiga olib boradi. Bo‘shab qolgan xazina sabab mamlakatda ishlar yomon. Keyin Mefistofel ayyorona tizim o‘ylab topadi, buning natijasida davlat budjeti tezda to‘ldiriladi, lekin xalq aldanib qoladi. Saroyda qichqa vaqt haqiqiy eyforiya hukmronlik qiladi va fitnachilar hayrat va xursandchilik bilan kutib olinadi.
Mefistofel Faustga qadimgi davr, o‘tmish eshigini ochadigan ajoyib kalitni beradi. Olim dunyodagi eng go‘zal ayol – Faust uchun ruhiy va jismoniy go‘zallik idealiga aylangan Yelena bilan uchrashadi.
Ayni paytda, Faustning shogirdi yana bir tajriba o‘tkazadi, natijada shisha idishda Gomunkul paydo bo‘ladi. Ammo u qisqa umr ko‘radi. Boqiy kurashga bo‘lgan ehtiros tufayli u uchib ketadi va abadiy yo‘qoladi. Ko‘p o‘tmay, Yelenaning o‘zi ham qahramonimizni tark etadi, chunki mutlaq go‘zallik va baxt –bir-biriga mos kelmaydigan narsalardir.
Mefistofel Faustni o‘rta asrlarga qaytaradi. Olimning yangi maqsadi to‘g‘on qurish va yerning bir qismini dengizdan tortib olish edi. Rejani amalga oshirishga kelajakdagi qurilish yo‘lida turgan kulba to‘sqinlik qilmoqda.
Shunday qilib, bosh qahramonning hayoti yakunlanadi. U yana qarib qoladi va endi u butunlay ko‘r edi. To‘g‘on qurish o‘rniga esa, Mefistofel o‘z shotirlariga Faustga qabr qazishni buyuradi. Sodir bo‘lgan barcha voqealardan so‘ng Faust na boylik, na kuch, na shon-sharaf va na eng go‘zal ayolga ega bo‘lish, haqiqiy baxtni bermasligini tushunib yetadi. Faust faqat hayot uchun kurashgan insongina erkinlikni qo‘lga kiritishi mumkin degan xulosaga keladi.
Uning ko‘zlari oldida “ozod yerda erkin odamlar” deb nomlangan rasm paydo bo‘ladi va endi u o‘z hayot daqiqalarni to‘xtatishga tayyor. Shu payt Faustning hayoti tugaydi, lekin Mefistofel uning ruhini qul qilib olishiga qadar, farishtalar Faustning jonini so‘nggi soniyada olib ketishadi. U najot topdi, demak u uzoq umrini behuda o‘tkazmagan edi.
O‘zining doimiy noroziligini hal qilish uchun ruhini iblisga sotishga tayyor bo‘lgan Faust hayotiy istaklarini o‘zgartirgan holda yangi maqsadlar sari yugurib yurgan odam, asrlar davomida saqlanib qolgan va qayta tiklangan murakkab xarakterdir. U hali ham o‘qilmoqda va teatrlarning odatiy repertuarlari tarkibiga kiruvchi operalarda rol o‘ynamoqda. Bu esa asarning o‘z davrining dahosi tomonidan dunyo adabiyoti xazinasiga, mangu turuvchi shedevr asar taqdim qilganidan dalolatdir.
Гёте адабий фаолиятининг илк даврига мансуб «Ёш Вертернинг изтироблари» (1774) романи ўша давр немис адабиётида катта воқеа бўлди. Асарда илғор немис ёшлар авлодининг ижтимоий фожиаси ўз аксини топган. 1786—88 йилларда Гёте Италияга сафар қилади. 
Гёте ижоди ҳақида ўзбек адабиётшунос ва танқидчилари (В. Зоҳидов, И. Ғафуров, О. Оллоберганов, Я. Эгамова, Пошали Усмон ўғли ва б.) адабий-танқидий макрлалар ёзишган. Германиянинг маърифий-маданий тадқиқотлар олиб борувчи нуфузли маркази Гёте номи билан аталади. Гёте институтининг филиаллари жаҳоннинг 78 мамлакатида, шу жумладан Тошкентда ҳам фаолият кўрсатмоқда (1998 йилдан).
 Шу даврда у «Ифигения Тавридда» (1779— 81), «Эгмонт» (1788), «Торквато Тассо» (1780—89) каби драмалар ёзади. «Шеърият ва ҳақиқат» автобиографик китоби (1811—33), «Вильхельм Майстернинг ўқиш йиллари» (1793—96), «Вильхельм Майстернинг дарбадарлик йиллари» (1821—29) романларида инсон билан жамият ўртасидаги муносабат масаласи акс этган.
Гёте Шарқ мамлакатлари тарихи, маданияти, адабиётини чуқур ўрганади, Фирдавсий, Фаридиддин Аттор, Румий, Низомий, Саъдий, Ҳофиз, Жомий каби шоирлар ижоди билан танишади. Бу пайтда Ибн Сино, Улуғбек, Алишер Навоий ижодларидан намуналар немис тилига таржима қилинган эди. Гёте «Мағрибу машриқ девони»ни (1814—19) Шарқ шеъриятидан илҳомланиб ёзган.
Девон «Муғаннийнома», «Ҳофизнома», «Ишқнома», «Тафриқнома», «Ранжнома», «Ҳикматнома», «Зулайхонома», «Темурнома», «Соқийнома», «Маталнома», «Форсийнома», «Хулднома» каби 12 бўлимдан иборат. Девонда «булбул», «ҳур», «фатво», «муғанний», «муфти», «тилсим», «мирзо», «дарвеш» каби сўзларни аслиятда қўллайди. Гётенинг «Фауст» фожиаси (1768—1832) жаҳон адабиётидаги шоҳ асарлардан ҳисобланади. Бу асар Гётенинг бутун ижодий фаолияти давомидаги изланишларининг самараси бўлди.
Гёте фалсафа, ҳуқуқшунослик, ботаника, геология, геодезия соҳаларига оид асарлар ҳам яратган. Гёте шеърларини ўзбек тилига таржима қилиш 20-асрнинг йигирманчи йилларидан бошланган (Чўлпон, Ойбек, Шайхзода ва б.). Кейинчалик Гётенинг «Фауст» (Эркин Воҳидов таржимаси, 1972—75), «Мағрибу машриқ девони» (С. Салим Бухорий таржимаси, 1985—90), «Ёш Вертернинг изтироблари» (Я. Эгамова таржимаси, 1975) каби асарлари ўзбек тилида нашр этилган.
Download 132,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish