eng muhim bosqichlaridan
biri bo’lib bu –
tadqiqot rejasini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur bo’lgan
ma’lumotlar va axborotlarni to’plash manbalari, uslublari, qurollari, tanlov
o’tkazish tartiboti va rejalari tuziladi. Tadqiqot asoslanadigan ma’lumotlar va
manbalardan bir necha marotaba tegishli sohalarda foydalanish, ularni qayta
ishlash mumkin.
Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, so’rov, guruhli baxs eng ko’p
qo’llaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning tegishli
bosqichlarida samarali axborot to’plash, uni qayta ishlash, texnik vositalaridan
samarali foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, yuqorida keltirilgan radio telefonli
va bort-kompyuterli avtomobilga bo’lgan boshlag’ich talabni baholash tadqiqotini
olib ko’raylik. Kuzatish uslubi vositasida xaridorlarning joriy davrda va avtomobil
bozoridagi munosabatlari, ko’nikmalarini baholash mumkin. So’rov uslubida esa
aniq bir xaridorning «yangi jihozlarga» bo’lgan qiziqishlari, ularga qo’yadigan
talab va istaklarni baholash mumkin. Eksperiment uslubida esa sinov tarzida
avtomobillarning kichik partiyasini bozorda sotib, xaridorlar holatlarini kuzatish
mumkin.
Tadqiqot rejasini ishlab chiqishda uslubiy jihatdan o’zaro bog’liqlik, aniqlik,
takrorlanmaslik, davriy uzluksizlik ta’minlanishi lozim. Tuzilgan reja malaiy
jihatdan quyidagi savollarga javob berishlari lozim.
1.
Qanday ma’lumotlar to’planishi kerak?
2.
Ma’lumotlarni kim to’playdi?
3.
Kim va nima xususida izlanish olib borishi lozim?
4.
Ma’lumotlarni to’plashda qanday uslublar qo’llaniladi?
5.
Ma’lumotlar qanday shaklda va qanday muddatlarda taqdim etiladi?
6.
Ma’lumotlarni to’plash qachon va qaerda amalga oshiriladi.
7.
Ma’lumotlarni to’plash uchun qanday harajatlar ko’zda tutiladi?
Ushbu savollarga javob topish asosida tadqiqot rejasining izchilligi,
mazmunan va mantiqan bog’liqligi ta’minlanadi. Bu o’z navbatida tadqiqotning
keyingi bosqichlarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan kamchiliklar va
xatoliklarning vujudga kelishiga yo’l qo’ymaydi. Ma’lumotlarni to’plash bosqichi
tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilishi bilan bir qatorda texnik vositalar
yordamida ularni qayta ishlash, tayinli artibga solish vazifasini ham bajaradi.
Chunki jamlanadigan ma’lumotlar qaerda va qachon amalga oshirilishiga, ulardan
samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga katta e’tibor beriladi.
So’nggi vaqtlarda ma’lumotlar va axborotlarni to’plash kompyuter
dasturlaridan foydalanish yuqori samara bermoqda. Chunki to’plangan
ma’lumotlar- bu hali natija emas, balki tayyorlangan dastlabki bir xomashyodir.
Shu tufayli ma’lumotlarni to’plash, ularni tahlil qilish va taqdim qilish
bosqichlarini ancha osonlashtirish maqsadida maxsus kompyuter dasturlaridan
foydalaniladi. Bunda asosiy e’tibor faqat jadval shaklidagi ma’lumotlarga emas,
balki grafik, diogramma, chizma shaklidagi natijaviy ma’lumotlarga qaratilmoqda.
Marketing tadqiqoti ma’lumotlarni imkoni boricha qisqa, ayni mazmuni va
zudlik bilan taqdim etilishi tayinli mahsulot xususida bozorda qaror qabul qilish
ancha osonko’chadi. Shu sababdan taqdim etilgan marketing tadqiqoti natijalari
umumlashtirilgan va umumiy xulosalar keltirilgan qismga ega bo’lishi talab etiladi.
Tadqiqot davomida olingan barcha ahamiyatdagi ma’lumotlar, jadval va
diogrammalar kengaytirilgan shaklda va barcha tafsiloti bilan maxsus
bo’linmalarda keltiriladi.
Demak, marketing tadqiqotlarining yo’nalishlari, uning maqsadlari asosida
muayyan uslublar tanlanadi. Qullaniladigan uslublar istakdagi natijaga erishish
yo’lida bir-birini to’ldirish, aniqlash, xatoliklarni o’z vaqtida bartaraf etish uchun
xizmat qiladi. Tadqiqot qurollari esa, xoh anketa, xoh texnik vositalar tarzida
bo’lsin axborotlarni zudlik bilan to’plash, ularni qayta ishlash, kelgusi faoliyatda
unumli foydalanish vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |