o’rganish, raqobatchilar tovarlarini va narxlarni tahlil qilish bozor chegaralarini
kengaytirish borasidagi tadqiqotlarni amalga oshiri bo’ladi.
Jumladan, avtomobil bozorining shakllanishi va rifojlanishiga nazar
tashlasak, ushbu fikrimizning to’g’ri ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. XX
asrning 60-70 yillarida jahon avtomobil bozorida Yaponiya va Janubiy Koreya
avtomobillarining nomi hali tilga olingani yo’q edi. Hozirgi paytda esa, ushbu
davlatlarda yaratilgan avtomillar AQSh, Olmoniya, Frantsiya, Italiya kabi
davlatlardagi mashhur firmalarning tajribasini o’rganish, avtomobillarni tadqiq
qilish asosida rivojlandi.Hozirgi kunda Yaponiyaning Toyota, Nissan, Mittsibushi,
Xonda, Janubiy Koreyaning Xunday, Deu kabi kompaniyalari ayrim davlatlar
bozorlarida peshqadamlikka erishish strategiyalarini amalga ashirishga harakat
qilmoqdalar.
Shu sababdan marketing tadqiqotlarini uyushtirish bozorning rivojlanish
holati, raqobat jaddalligi, firmalarning ushbu bozorlarda faoliyat yuritish
maqsadlari va vazifalar inobatga olinishi zaruriy ahamiyat kasb etadi.
Marketing tadqiqotlari yo’nalishlarini belgilashda tegishli firmaning bozorda
faoliyat yuritish o’rni, vazifalarini inobatga olish lozim. Marketing tadqiqotini
amalga oshirishda izlanish muammosi bilan uning maqsadlari o’rtasida tafovut –
farqlanish mavjudligiga etarlicha e’tibor berilmaydi. Buning oqibatida keyingi
bosqichlarda sezilarli xatolarga yo’l quyiladi. Shu sababdan to’g’ri va aniq
belgilangan muammo, tayinli maqsadga erishish uchun puxta zamin yaratadi.
Masalan, yuqori sinfdagi avtomobillar ishlab chiqaruvchi «A» firmaning X –
modelli avtomobillarini ichki bort kompyuteri va radio telefoni bilan bir yo’la
jihozlab chiqarishni misol qilib olaylik. Dunyo tajribasidan shu narsa ma’lumki,
barcha avtomobil ishlab chiqaruvchi firmalar ushbu «qo’shimcha jihozlarni»
qo’shimcha tanlov va unga xos bo’lgan haq evaziga bajaradilar. «A» avtomobil
firmasi raqobatchilardan ajralish, yuqori iste’mol darajasidagi xaridorlar uchun
urinishi qanday muammoni hal etishi va maqsadlarni ko’zlashini ko’rib o’tamiz.
Bort kompyuter va radio telefonli avtomobillarga bo’lgan ommaviy ehtiyoj va
buyurtma asosida bajarish qanday manfaatlarga erishish imkonini beradi? Ushbu
«qo’shimcha jihozlar» uchun xarajatlar va daromadlarga ta’siri qay jihatda bo’ladi?
«Qo’shimcha jihozlar» avtomobil harakati xavfsizligiga va boshqaruvchiga qanday
afzalliklar va xatarli xolatlar yaratadi?
Ushbu savollar tadqiqot maqsadiga yo’naltirilgan savollar ko’lami bo’lib,
ular ko’lamni kengaytirish va yanada aniqlashtirish mumkin. Asosiy maqsad esa
«A» firmaning yangi modeliga bo’lgan ehtiyojini oshirish imkoniyatlarini topish
hisoblanadi. Demak, «A» avtomobil firmasi «qushimcha jihozlar» hisobiga
iste’mol doirasini oshirish siyosatini yuritmoqda.
Marketing tadqiqotlarining
Do'stlaringiz bilan baham: