Educational materials


 Loyiha bo’yicha marketing tadqiqotlarini olib borish



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/374
Sana10.02.2022
Hajmi4,65 Mb.
#441699
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   374
Bog'liq
INVESTITSION LOYIHALASHTIRISH FANIDAN MAJMUA 2020-2021

20.2. Loyiha bo’yicha marketing tadqiqotlarini olib borish. 
Marketing tadqiqoti ishlari barcha tashkilot va korxonalar faoliyatida keng 
o’rin egallab bormoqda. Bozor xususidagi axborot yoki xabarlarga suyanish, 
ulardan kerakli vaziyatlarda foydalanish, tabiiyki, zaruriy shartdir. Lekin, firma va 
tashkilotlarning maqsadli bozor, xaridor sari intilishlarini amalga oshirishda 
muayyan yo’nalishga va maqsadga bo’lgan marketing tadqiqotlari muhim o’rin 
egallaydi. 
Bu o’rinda mashhur «Marks end Spenser» kompaniyasining boy tajribasi 
diqqatga sazovor. Angliyada yirik va nufuzli sanalgan ushbu tashkilot «yumshoq 
tovarlari» (kiyim-kechak va to’qimachilik mahsulotlari) chakana tovar oborotida 


16 foizni tashkil etadi. Har bir kvadrat metrga to’g’ri keluvchi tovar oboroti hajmi 
bo’yicha bu kompaniya dunyoda birinchi o’rinda turadi. 80-yillarda «Marks end 
Spenser» Parijda o’z shahobchasini ochish va frantsuz xaridorlari didiga mos 
keluvchi tovarlarni taklif qilish maqsadida 18 oy mobaynida muttasil marketing 
tadqiqotlarini o’tkazdi. Vaholanki, britaniyalik va frantsuz oilalarining turmush 
tarzi, hayotiy ko’nikmasi, qiziquvchanligi, daromadlari bir-birlariga juda o’xshash 
bo’lsa ham, mahalliy bozor tabiati, undagi raqobat, xaridorlar talabi birmuncha 
farq qilar ekan. 
Bundan ko’rinib turibdiki, har bir tashkilot, firma o’z bozori va xaridori 
ko’lamini saqlash, ular salmog’ini oshirish, yangi ehtiyojni qondirish uchun 
doimiy tarzda marketing tadqiqotlarini amalga oshirmog’i lozim. 
Albatta har marketing tadqiqoti tegishli sarf harajatlarni talab etadi. Asosan 
yirik firmalar o’z tarkibiy tuzilmalari, sho’ba tashkilotlari miqyosida marketing 
tadqiqotlarini o’tkazadilar. Lekin barcha sohalar bo’yicha tadqiqotlarni o’tkazishga 
imkoniyat va muayyan zaruratlar doimiy bo’lmaganligi hamda xodimlarni butun 
yil davomida ishda band qilib turish qimmatga tushish sababli, ayrim 
muammolarni ixtisoslashgan marketing markazlariga, institutlariga topshiradilar va 
davriy tarzda axborot olib turadilar. 
AQShda eng yirik va mashhur firmalar o’z marketing tadqiqotlarini asosan 
besh sohada amalga oshiradilar: 
1.
Reklamani tashkil etishga oid tadqiqotlar. 
2.
Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosatiga oid tadqiqotlar. 
3.
Tashkilotning ichki va tashqi ma’suliyatini baholashga oid tadqiqotlar. 
4.
Bozordagi holat tahlili. 
5.
Sotish va bozor imkoniyatlariga oid tadqiqotlar. 
Mavzu jihatdan marketing tadqiqotlari bir-birini to’ldiruvchi bo’lishi bilan 
birga, bir-biridan tahlilning chuqurligi tayinli muammo va vazifani hal etishga 
qaratilganligi bilan farqlanadi. Masalan, sotuv tahlili, bozor tarkibi tahlili, bozor 
imkoniyatlarini izlanishi, qisqa va uzoq muddatli bozor bashorati, raqobatchilar 
mahsulotlari tahlili, yangi mahsulotning sotuv hajmini aniqlash, sotuv 
shaxobchalarini izlash, narx siyosati tahlili, reklama vositalari tahlili va h.k. Ushbu 
mavzudagi marketing tadqiqotlari yil sayin yangi uslublarning qullanishi, axborot 
ko’lamining qayta ishlanishi, boshqa ko’rsatkichlarning inobatga olinishi, bir 
necha variantli echimlar taklif etilishi bilan boyib bormoqda. Xususan, ushbu 
mavzular bo’yicha sunggi paytlarda ishlab chiqarilga umumiy va maxsus 
kompyuter dasturlarini misol qilib keltirish mumkin. Umuman olganda, marketing 
dasturi va tadqiqotlarida ishlatilayotgan korxona faoliyatiga ta’sir qiluvchi 
ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarga quyidagilar kiradi: 

demografik, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy tendentsiyalar; 

aholi va korxonalarning daromadi, xarajati, iste’mol 
jamg’armalarining tarkibi; 

baholarning umumiy dinamikasi, tashqi savdo; 

soliqlar tizimi; 



raqobatchilar faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar ham ana shunday 
axborotlar jumlasiga kiradi. 
Marketing tadqiqotlarining yo’nalishlari, albatta bozorning rivojlangan 
darajasi, undagi raqobat intensivligi, tegishli tovarlar va xizmatlar bilan mashg’ul 
bo’lgan firmalarning katta-kichikligi, marketing axboroti va xabarnoma 
tizimlarining shakllanish sur’ati va boshqa omillarga bevosita bog’liq bo’ladi. Shu, 
jihatdan rivojlangan xorijiy davlatlardagi firmalarning marketing tadqiqotlari 
yo’nalishlari, uyushtirish tartibi va shakllari bizning mamlakatimiz korxona va 
tashkilotlari uchun o’zgarishsiz qabul qilinishi xususida fikrlash birmuncha noo’rin 
bo’ladi. 
Zamonaviy marketing nazariyasining rivoj topishi va amaliy faoliyatda 
uning hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi, firmalarning marketing tadqiqotlarini 
uyushtirishda ham sezilarli tarzda o’z aksini topmoqda. Xususan, firmalarning 
raqobatdorlik quvvati, bozordagi o’rni, lozim strategik maqsadlari, diversifikatsiya 
sari yo’l tutish taktikasi ko’pgina hollarda tadqiqotlarning yo’nalishi va ko’lamini 
belgilaydi. F.Kotler firmalarning marketing strategiyalarini 4 ta asosiy turi 
mavjudligi va tadbirlar bir-biridan farqlanishini ta’kidlaydi. Jumladan firmalarning 
marketing strategiyalarini quyidagi turlarga bo’lish mumkin. 

peshqadamlikka intiluvchi (bozorda o’rtacha 30% ulushga ega); 

hamqadam intiluvchi (bozorda 20% ulushga ega); 

bozordagi “bo’shliq”ni egallovchi (bozorda 10% atrofida ulushga 
ega). 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish