17.4-rasm. O’zbekistonda mas’uliyati cheklangan jamiyatni ro’yxatga
olish xizmatlari ro’yxati
Jamiyatning ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar jamiyat ishtirokchilarining
umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan kiritiladi. Jamiyatning ta’sis hujjatlariga
kiritilgan o‘zgartishlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlar davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.
Vakolatxonalar va filiallar tashkil etilishi, shuningdek jamiyatning pochta manzili
o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritilgan hollarda, bunday o‘zgartishlar
yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ xabardor qilingan paytdan
boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.
Ta’sis shartnomasi qoidalari bilan jamiyat ustavi qoidalari mos kelmagan
hollarda jamiyat ustavi qoidalari uchinchi shaxslar va jamiyat ishtirokchilari uchun
ustuvor kuchga ega bo‘ladi.
Ta’sis shartnomasida jamiyatning muassislari jamiyatni tuzish majburiyatini
oladilar va uni tuzish yuzasidan birgalikdagi faoliyat tartibini belgilaydilar. Ta’sis
shartnomasida quyidagilar ham belgilanadi:
-
jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) tarkibi;
-
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori va jamiyat har bir
muassisi (ishtirokchisi) ulushining miqdori;
-
jamiyat ta’sis etilayotganda uning ustav fondiga (ustav kapitaliga)
hissalarni qo‘shish tartibi, miqdori, usullari va muddatlari;
-
hissalarni qo‘shish bo‘yicha majburiyatlarini buzganlik uchun jamiyat
muassislarining (ishtirokchilarining) javobgarligi;
-
jamiyatning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida foyda va zararlarni
taqsimlash shartlari va tartibi;
-
jamiyat organlarining tarkibi va jamiyat ishtirokchilarining jamiyatdan
chiqish tartibi.
Jamiyat ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
-
jamiyatning to‘liq va qisqartirilgan firma nomi;
-
jamiyat faoliyatining predmeti;
-
jamiyatning pochta manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
-
jamiyat organlarining tarkibi va vakolatlari to‘g‘risidagi, shu jumladan
jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatiga kiruvchi masalalar
to‘g‘risidagi, jamiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi,
shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki kvalifikatsion ko‘pchilik ovoz bilan qabul
qilinadigan masalalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
-
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori to‘g‘risidagi
ma’lumotlar;
-
jamiyat har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati
to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
-
jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari;
-
jamiyat ishtirokchisining jamiyatdan chiqish tartibi va uning oqibatlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
-
jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning (ulush bir
qismining) boshqa shaxsga o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
-
jamiyatning hujjatlarini saqlash tartibi hamda jamiyat tomonidan jamiyat
ishtirokchilariga va boshqa shaxslarga axborot taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar;
-
jamiyatning vakolatxonalari va filiallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
-
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa ma’lumotlar.
Jamiyat ustav fondi (ustav kapitali) jamiyatning ustavida belgilanadi va
uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatidan iborat bo‘ladi.
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori litsenziya
talablarida belgilanishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi)
ulushining miqdori foizlarda yoki kasr ko‘rinishida belgilanadi. Jamiyat
ishtirokchisi ulushining miqdori uning ulushi nominal qiymati bilan jamiyat ustav
fondining (ustav kapitalining) nisbatiga teng bo‘lishi kerak.
Jamiyat ishtirokchisi ulushining haqiqiy qiymati jamiyat sof aktivlari
qiymatining uning ulushi miqdoriga mutanosib bo‘lgan bir qismiga mos bo‘ladi.
Jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchisi ulushining eng yuqori
miqdori, shuningdek jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nisbatini o‘zgartirish
imkoniyati cheklab qo‘yilishi mumkin. Bunday cheklashlar jamiyatning ayrim
ishtirokchilariga nisbatan belgilanishi mumkin emas. Ko‘rsatib o‘tilgan qoidalar
jamiyat ta’sis etilayotganda uning ustavida nazarda tutilishi, shuningdek jamiyat
ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan bir
ovozdan qabul qilinadigan qaroriga binoan jamiyatning ustaviga kiritilishi,
o‘zgartirilishi va undan chiqarib tashlanishi mumkin.
Jamiyat faqat kredit tashkiloti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan
paytga qadar uning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan jamiyatning
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z hissasining kamida o‘ttiz foizini kiritishi
shart.
Jamiyatning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat
mobaynida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) o‘z hissasini to‘liq kiritishi
kerak.
Jamiyatning ishtirokchisi tomonidan hissaning to‘liq kiritilganligi jamiyat
ishtirokchisiga beriladigan guvohnoma bilan tasdiqlanadi.
Jamiyat ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shiladigan hissalar
Pul, qimmatli qog‘ozlar, o‘zga ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul
bahosiga ega bo‘lgan boshqa shaxsga o‘tkaziladigan o‘zga huquqlar jamiyatning
ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shiladigan hissalar bo‘lishi mumkin.
Jamiyatning ishtirokchilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar
tomonidan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shiladigan pulsiz
hissalarning pul bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning
barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan
tasdiqlanadi.
Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida jamiyatga foydalanish uchun
berilgan mol-mulkning muddat o‘tgunga qadar ushbu mol-mulkdan foydalanish
huquqi tugatilgan taqdirda, jamiyatning mol-mulkni bergan ishtirokchisi
jamiyatning talabiga binoan unga shunday mol-mulkdan shunga o‘xshash
sharoitlarda qolgan muddat mobaynida foydalanganlik uchun to‘lanadigan haqiga
teng pul tovoni to‘lashi shart. Pul tovoni jamiyat tomonidan uni berish talabnomasi
taqdim etilganidan e’tiboran agar jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining
qarori bilan tovon to‘lashning boshqacha tartibi belgilangan bo‘lmasa, bir oy ichida
bir yo‘la to‘lanishi kerak. Bunday qaror jamiyatning ustav fondiga (ustav
kapitaliga) hissa sifatida mol-mulkdan foydalanish huquqini bergan va bu huquq
muddatidan ilgari tugatilgan jamiyat ishtirokchisining ovozini hisobga olmagan
holda jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Ta’sis hujjatlarida jamiyat ishtirokchisi tomonidan ustav fondiga (ustav
kapitaliga) hissa sifatida jamiyatga foydalanish uchun berilgan mol-mulkdan
foydalanish huquqining muddatidan ilgari tugatilganligi uchun jamiyat
ishtirokchisi tomonidan tovon to‘lashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan
bo‘lishi mumkin.
Jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan ishtirokchi tomonidan
jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa tariqasida foydalanish uchun
berilgan mol-mulk, agar ta’sis hujjatida boshqacha qoida nazarda tutilgan
bo‘lmasa, u qancha muddatga berilgan bo‘lsa, shuncha muddat davomida jamiyat
foydalanishida qolaveradi.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirishga u to‘liq
to‘langanidan keyingina yo‘l qo‘yiladi.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish jamiyat
ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari
sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan (agar
jamiyatning ustavida bunday qarorni qabul qilish uchun ovozlarning bundan
ko‘proq soni zarurligi nazarda tutilgan bo‘lmasa) qabul qilingan qaroriga binoan
amalga oshiriladi.
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) ko‘paytirilishi jamiyatning mol-
mulki hisobiga va (yoki) jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalari hisobiga
va (yoki), agar bu jamiyatning ustavi bilan taqiqlangan bo‘lmasa, jamiyatga qabul
qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Jamiyat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga haqli, ushbu
Qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, jamiyat o‘z ishtirokchilarining jamiyat
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish
va (yoki) jamiyatga tegishli ulushlarning haqini to‘lash orqali o‘z ustav fondini
(ustav kapitalini) kamaytirishi shart.
Jamiyatning barcha ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini
kamaytirish yo‘li bilan jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish
jamiyatning barcha ishtirokchilari ulushlari miqdorlari saqlab qolingan holda
amalga oshirilishi kerak.
Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida uning
ustav fondi (ustav kapitali) to‘liq to‘lanmagan taqdirda, jamiyat o‘zining ustav
fondini (ustav kapitalini) amalda to‘langan miqdorgacha kamaytirishini e’lon
qilishi va uning kamaytirilganligini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki
jamiyatni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak.
Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof
aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) kam bo‘lib qolsa,
jamiyat o‘z ustav fondi (ustav kapitali) o‘zining sof aktivlari qiymatidan
oshmaydigan miqdorgacha kamaytirilishini e’lon qilishi va bunday kamaytirishni
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.
Jamiyat sof aktivlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
aniqlanadi.
Jamiyatga qarashli ulushlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida
ovoz berish natijalarini aniqlash, shuningdek jamiyat tugatilgan taqdirda uning
foydasi va mol-mulki taqsimlanayotganda hisobga olinmaydi.
Jamiyatga qarashli ulush u jamiyatga o‘tgan kundan e’tiboran bir yil ichida
jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan jamiyatning barcha
ishtirokchilari o‘rtasida ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi)
ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanishi yoxud jamiyatning barcha yoki ayrim
ishtirokchilariga va (yoki), agar bu jamiyatning ustavida taqiqlangan bo‘lmasa,
uchinchi shaxslarga sotilishi hamda to‘liq to‘lanishi kerak. Ulushning
taqsimlanmagan yoki sotilmagan qismining haqi jamiyatning ustav fondini (ustav
kapitalini) tegishlicha kamaytirgan holda to‘lanishi kerak. Ulushni jamiyat
ishtirokchilarining
ulushlari
miqdorlari
o‘zgaradigan
tarzda
jamiyat
ishtirokchilariga sotish, ulushni uchinchi shaxslarga sotish, shuningdek ulushni
sotish bilan bog‘liq o‘zgartishlarni jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritish jamiyat
ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan
bir ovozdan qabul qilingan qarori asosida amalga oshiriladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan, jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan
o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar, ulush sotilgan taqdirda
esa, jamiyat tomonidan sotilgan ulushning haqi to‘langanligini tasdiqlovchi
hujjatlar ham yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga jamiyat
ishtirokchilari ulushlarining haqini to‘lash yakunlarini tasdiqlash va jamiyatning
ta’sis hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan
kundan e’tiboran bir oy ichida taqdim etilishi shart.
Jamiyat yilning har choragida, yarim yilda bir marta yoki bir yilda bir marta
o‘zining sof foydasini jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida qaror
qabul
qilishga
haqlidir.
Jamiyatning
jamiyat
ishtirokchilari
o‘rtasida
taqsimlanadigan foydasi qismini aniqlash to‘g‘risidagi qaror jamiyat
ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyat foydasining uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash uchun
mo‘ljallangan qismi (dividendlar) ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav
kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Dividendlarni to‘lash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki
ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilanadi. Bunda dividendlarni
to‘lash muddati jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida foydani taqsimlash to‘g‘risida
qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oltmish kundan oshmasligi kerak.
Jamiyat obligatsiyalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqarishga
va joylashtirishga haqli.
Jamiyatning boshqaruv organlari
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyat boshqaruvining oliy
organi hisoblanadi.
Jamiyatning ustavida jamiyatning kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilishi
mumkin.
Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish jamiyatning yakkaboshchilik
asosidagi ijro etuvchi organi tomonidan yoki jamiyatning kollegial ijro etuvchi
organi tomonidan amalga oshiriladi. Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat
ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishiga va, agar tuzilishi jamiyatning ustavida
nazarda tutilgan bo‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari jamiyatning ustavi
bilan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga
quyidagilar kiradi:
-
jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, shuningdek tijorat
tashkilotlarining boshqa birlashmalarida ishtirok etish to‘g‘risida qaror qabul
qilish;
-
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini o‘zgartirish;
-
ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish;
-
jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini
muddatidan ilgari tugatish;
-
jamiyatning taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash va uning
vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
-
agar jamiyatning ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan
bo‘lsa, uni saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
-
yillik hisobotlarni va yillik buxgalteriya balanslarini tasdiqlash;
-
jamiyatning sof foydasini jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash
to‘g‘risida qaror qabul qilish;
-
jamiyat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash
(qabul qilish);
-
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish, auditorlik
tashkilotlari hamda ularning xizmatlariga to‘lanadigan haqning eng ko‘p miqdorini
aniqlash;
-
boshqa yuridik shaxslarni, vakolatxonalar va filiallarni tuzish to‘g‘risida
qaror qabul qilish;
-
jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
-
Oldingi tahrirga qarang.
-
tugatuvchini tayinlash va tugatish balanslarini tasdiqlash;
-
ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish.
-
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlari
jumlasiga kiritilgan masalalar, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno
etganda, uning tomonidan jamiyatning kuzatuv kengashi hal etishi uchun,
shuningdek jamiyatning ijro etuvchi organi hal etishi uchun topshirilishi mumkin
emas.
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi ushbu Qonunda, jamiyatning
ustavida va uning hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Jamiyat
ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi ushbu Qonun, jamiyatning
ustavi va hujjatlari bilan tartibga solinmagan qismida jamiyat ishtirokchilari
umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilanadi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishda shaxsan yoki o‘z vakillari orqali
ishtirok etishga haqlidirlar. Jamiyat ishtirokchilarining vakillari o‘z vakolatlarini
tasdiqlovchi
hujjatni
(ishonchnomani)
ko‘rsatishlari
lozim.
Jamiyat
ishtirokchisining vakiliga berilgan ishonchnoma qonun talablariga muvofiq
rasmiylashtirilgan va notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Jamiyatning ishtirokchilari yoki ularning vakillari kun tartibidagi
masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish va qarorlarni qabul qilishda ovoz
berish huquqiga egadirlar. Jamiyatning jamiyat ishtirokchilarining ko‘rsatib
o‘tilgan huquqlarini cheklovchi ta’sis hujjatlarining qoidalari yoki jamiyat
organlarining qarorlari haqiqiy emas.
Jamiyatning har bir ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy
yig‘ilishida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushiga
mutanosib ovozlar soniga ega bo‘ladi, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno.
Jamiyatni ta’sis etish paytida jamiyatning ustaviga binoan yoki jamiyat
ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan
bir ovozdan qabul qilingan qaroriga binoan jamiyatning ustaviga o‘zgartishlar
kiritish yo‘li bilan jamiyat ishtirokchilari ovozlarining sonini aniqlashning
boshqacha tartibi belgilab qo‘yilishi mumkin. Jamiyat ustavining bunday tartibni
belgilab qo‘yuvchi qoidalarini o‘zgartirish va chiqarib tashlash jamiyat
ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan
bir ovozdan qabul qilingan qarori asosida amalga oshiriladi.
Jamiyatning ro‘yxatdan o‘tmagan ishtirokchisi (jamiyat ishtirokchisining
vakili) ovoz berishda ishtirok etishga haqli emas.
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyat ishtirokchilarining
umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan vaqtda yoki,
agar jamiyatning barcha ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgan bo‘lsa, oldinroq
ochiladi.
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi ushbu Qonun 33-moddasining
birinchi, ikkinchi, uchinchi va beshinchi qismlariga muvofiq jamiyat
ishtirokchilariga xabar qilingan kun tartibidagi masalalar bo‘yichagina qarorlar
qabul qilishga haqli, mazkur umumiy yig‘ilishda jamiyatning barcha ishtirokchilari
qatnashayotgan hollar bundan mustasno.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarorlari, agar jamiyatning
ustavida qarorlarni qabul qilishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa,
ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.
Jamiyatning
ijro
etuvchi
organi
jamiyat
ishtirokchilari
umumiy
yig‘ilishining bayonnomasi yuritilishini tashkil etadi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan jamiyat ushbu
Qonunda nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi mumkin.
Jamiyatni qayta tashkil etish qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratib
chiqarish va qayta tuzish shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Jamiyat, birlashtirish shaklidagi qayta tashkil etish hollarini istisno etganda,
qayta tashkil etish natijasida tuziladigan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan paytdan e’tiboran qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Jamiyat unga boshqa jamiyatni birlashtirish shaklida qayta tashkil etilganda
ulardan birinchisi yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga birlashtirilgan
jamiyat faoliyati tugatilgani haqida yozuv kiritilgan paytdan e’tiboran qayta tashkil
etilgan deb hisoblanadi.
Qayta tashkil etish natijasida tuzilgan jamiyatlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish va qayta tashkil etilgan jamiyatlarning faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi
yozuvlarni kiritish, shuningdek ustavga kiritilgan o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Jamiyatni qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan
e’tiboran, jamiyat qo‘shib yuborish yoki birlashtirish shaklida qayta tashkil
etilganda esa bu haqda qo‘shilishda yoki birlashtirishda ishtirok etayotgan
jamiyatlardan oxirgisi tomonidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz
kundan kechiktirmay jamiyat bu haqda jamiyatning o‘ziga ma’lum barcha
kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi va qabul qilingan qaror haqida
ommaviy axborot vositalarida xabar e’lon qilishi shart. Bunda jamiyat kreditorlari
o‘zlariga xabarnomalar yuborilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yoki qaror
qabul qilingani to‘g‘risida xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida
jamiyatning tegishli majburiyatlari muddatidan ilgari tugatilishini yoki bajarilishini
va ko‘rgan zararlarining o‘rni qoplanishini yozma ravishda talab qilishga haqlidir.
Qayta tashkil etish natijasida tuzilgan jamiyatlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish, qayta tashkil etilgan jamiyatlarning faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi
yozuvlarni kiritish ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan tartibda
kreditorlar xabardor qilinganligining dalillari taqdim etilgan taqdirdagina amalga
oshiriladi.
O‘z faoliyatini tugatgan ikki yoki bir necha jamiyatning barcha huquqlari va
majburiyatlarini o‘tkazish yo‘li bilan yangi jamiyatni tashkil etish jamiyatlarning
qo‘shib yuborilishi deb e’tirof etiladi.
Qo‘shib yuborish shaklidagi qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi har bir
jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi ana shunday qayta tashkil etish
to‘g‘risida, qo‘shib yuborish shartnomasini va qo‘shib yuborish natijasida
tuzilayotgan jamiyatning ustavini tasdiqlash to‘g‘risida, shuningdek topshirish
dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
Qo‘shib yuborish natijasida tashkil etilayotgan jamiyatning barcha
ishtirokchilari tomonidan imzolangan qo‘shib yuborish to‘g‘risidagi shartnoma
ustav bilan birgalikda uning ta’sis hujjati hisoblanadi hamda u O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik kodeksi va ushbu Qonun bilan ta’sis shartnomasiga
qo‘yiladigan barcha talablarga mos bo‘lishi kerak.
Qo‘shib yuborish shaklida qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi har bir
jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan ana shunday qayta tashkil
etish to‘g‘risida va qo‘shib yuborish shartnomasini, qo‘shib yuborish natijasida
tashkil etilayotgan jamiyatning ustavini va topshirish dalolatnomasini tasdiqlash
to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan taqdirda, qo‘shib yuborish natijasida tashkil
etilayotgan jamiyatning ijro etuvchi organlarini saylash qo‘shib yuborishda ishtirok
etayotgan jamiyatlar ishtirokchilarining qo‘shma umumiy yig‘ilishida amalga
oshiriladi. Bunday umumiy yig‘ilishni o‘tkazish muddatlari va tartibi qo‘shib
yuborish to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi.
Jamiyatlar qo‘shib yuborilganda ulardan har birining barcha huquqlari va
majburiyatlari topshirish dalolatnomalariga muvofiq qo‘shib yuborish natijasida
tashkil etilgan jamiyatga o‘tadi.
Bir yoki bir necha jamiyatni ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa
jamiyatga o‘tkazgan holda tugatish jamiyatni birlashtirish deb e’tirof etiladi.
Birlashtirish shaklida qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi har bir jamiyat
ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi bunday qayta tashkil etish to‘g‘risida,
birlashtirish to‘g‘risidagi shartnomani tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi,
birlashtirilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi esa, topshirish
dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida ham qaror qabul qiladi.
Birlashtirishda ishtirok etuvchi jamiyatlar ishtirokchilarining qo‘shma
umumiy yig‘ilishi birlashtirilayotgan jamiyatning ta’sis hujjatlariga jamiyatning
ishtirokchilari tarkibi o‘zgarishi, ularning ulushlari miqdorlarini belgilash bilan
bog‘liq o‘zgartishlarni, birlashtirish to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan
boshqa o‘zgartishlarni kiritadi, shuningdek zarurat bo‘lganda boshqa masalalarni,
shu jumladan birlashtirilayotgan jamiyatning organlarini saylash to‘g‘risidagi
masalalarni hal etadi. Bunday umumiy yig‘ilishni o‘tkazish muddatlari va tartibi
birlashtirish to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi.
Bir jamiyat boshqasiga birlashtirilganda topshirish dalolatnomasiga muvofiq
birlashtirilayotgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari birlashtirib
olayotgan jamiyatga o‘tadi.
Jamiyatni uning barcha huquqlari va majburiyatlarini yangitdan tashkil
etilgan jamiyatlarga o‘tkazgan holda tugatish jamiyatni bo‘lish deb e’tirof etiladi.
Bo‘lish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat ishtirokchilarining
umumiy yig‘ilishi bunday qayta tashkil etish to‘g‘risida, jamiyatni bo‘lish tartibi
va shartlari to‘g‘risida, yangi jamiyatlarni tashkil etish va bo‘lish balansini
tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Bo‘lish natijasida tuzilayotgan har bir jamiyatning ishtirokchilari ta’sis
shartnomasini imzolaydilar. Bo‘lish natijasida tashkil etilayotgan har bir jamiyat
ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyatning ustavini tasdiqlaydi va uning
organlarini saylaydi.
Jamiyat bo‘linganda uning barcha huquqlari va majburiyatlari bo‘lish
balansiga muvofiq bo‘lish natijasida tashkil etilgan jamiyatlarga o‘tadi.
Agar bo‘lish balansi qayta tashkil etilgan jamiyatning huquqiy vorisini
aniqlash imkoniyatini bermasa, qayta tashkil etish natijasida tashkil etilgan yuridik
shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning
kreditorlari oldida solidar javobgar bo‘ladilar.
Qayta tashkil etilayotgan jamiyatni tugatmasdan, uning huquqlari va
majburiyatlarining bir qismini o‘tkazgan holda bir yoki bir necha jamiyatni tashkil
etish jamiyatni ajratib chiqarish deb e’tirof etiladi.
Ajratib
chiqarish
shaklida
qayta
tashkil
etilayotgan
jamiyat
ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi bunday qayta tashkil etish to‘g‘risida, ajratib
chiqarish tartibi va shartlari to‘g‘risida, yangi jamiyatni (yangi jamiyatlarni) tashkil
etish to‘g‘risida va bo‘lish balansini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi,
ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning ta’sis hujjatlariga
jamiyat ishtirokchilari tarkibining o‘zgarishi, ularning ulushlari miqdorlari
aniqlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartishlarni va ajratib chiqarish to‘g‘risidagi
qarorda nazarda tutilgan boshqa o‘zgartishlarni kiritadi, shuningdek zarurat
bo‘lgan taqdirda o‘zga masalalarni, shu jumladan jamiyatning organlarini saylash
to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi.
Ajratib chiqarilayotgan jamiyatning ishtirokchilari ta’sis shartnomasini
imzolaydilar. Ajratib chiqarilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi
uning ustavini tasdiqlaydi va jamiyatning organlarini saylaydi.
Agar ajratib chiqarilayotgan jamiyatning yagona ishtirokchisi qayta tashkil
etilayotgan jamiyat bo‘lsa, uning umumiy yig‘ilishi jamiyatni ajratib chiqarish
shaklida qayta tashkil etish to‘g‘risida, ajratib chiqarish tartibi va shartlari
to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shuningdek ajratib chiqarilayotgan jamiyatning
ustavini va bo‘lish balansini tasdiqlaydi, ajratib chiqarilayotgan jamiyatning
organlarini saylaydi.
Jamiyatdan bir yoki bir necha jamiyat ajratib chiqarilganda qayta tashkil
etilgan jamiyat huquqlari va majburiyatlarining bir qismi bo‘lish balansiga
muvofiq ularning har biriga o‘tadi.
Agar bo‘lish balansi qayta tashkil etilgan jamiyatning huquqiy vorisini
aniqlash imkoniyatini bermasa, qayta tashkil etish natijasida tashkil topgan yuridik
shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning
kreditorlari oldida solidar javobgar bo‘ladilar.
Jamiyat qonunlarda nazarda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi
tijorat tashkiloti etib qayta tuzilishga haqlidir.
Qayta tuzish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat ishtirokchilarining
umumiy yig‘ilishi bunday qayta tashkil etish to‘g‘risida, qayta tuzish tartibi va
shartlari to‘g‘risida, jamiyat ishtirokchilarining ulushlarini qayta tuzish natijasida
tashkil etilayotgan yuridik shaxsning aksiyalariga (ulushlari, paylariga)
ayirboshlash tartibi to‘g‘risida va ana shu yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarini
tasdiqlash to‘g‘risida, shuningdek topshirish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida
qaror qabul qiladi.
Qayta tuzish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari
ana shunday yuridik shaxslar to‘g‘risidagi qonun talablariga muvofiq uning
organlarini saylash to‘g‘risida qaror qabul qiladilar va tegishli organga qayta tuzish
natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan
bog‘liq harakatlarni amalga oshirishni topshiradilar.
Jamiyatni qayta tuzish natijasida tashkil etilgan yuridik shaxsga qayta tashkil
etilgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari topshirish dalolatnomasiga
muvofiq o‘tadi.
Jamiyat ushbu Qonun va jamiyat ustavi talablari hisobga olingan holda
belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda tugatilishi mumkin. Jamiyat qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra sudning qaroriga binoan ham
tugatilishi mumkin.
Jamiyatni tugatish uning huquqlari va majburiyatlari huquqiy vorislik
tartibida boshqa shaxslarga o‘tmagan holda faoliyatining tugatilishiga sabab
bo‘ladi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatni ixtiyoriy ravishda
tugatish hamda tugatuvchini tayinlash to‘g‘risidagi qarori jamiyat kuzatuv
kengashining, ijro etuvchi organining yoki ishtirokchisining taklifiga binoan qabul
qilinadi.
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy
yig‘ilishi jamiyatni tugatish va yuridik shaxslarni tugatuvchini tayinlash to‘g‘risida
qaror qabul qiladi.
Tugatuvchi tayinlangan paytdan e’tiboran jamiyat ishlarini boshqarish
bo‘yicha barcha vakolatlar tugatuvchiga o‘tadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat
nomidan sudda ishtirok etadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra jamiyatni tugatish ushbu
jamiyat moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan
tartibda harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida uning
faoliyati tiklanmagan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda tugatuvchi tayinlanmaydi,
bundan ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan jamiyatni tugatishda
tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini boshqaruvchi
organning vakili kiritiladi.
Jamiyatni tugatish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |