Shartnomaviy joriy narx - tanlov savdolari natijalari bo’yicha
belgilanadigan tanlov savdolari predmeti narxi;
Emissiya – qog’oz pullarning g’aznaxonaga yoki boshqa davlat moliya
organlari tomonidan muomalaga chiqarilishi; barcha shakldagi pul belgilarini
muomalaga chiqarish.
Eng yuqori narx - tender savdolari to’g’risidagi axborotda ko’rsatilgan
sotib olinadigan tovarning eng yuqori narxi;
Yagona soliq to’lovi – kichik biznes sub’ektlarini qo’llab-quvvatlash
maqsadida turli solik va yig’imlar o’rniga soddalashtirilgan tartibda to’lanuvchi
soliq turi.
Yakka investorlar - o’z moliyaviy manfaatlari uchun shaxsiy mablag’larini
tasarruf etadilar;
Yalpi ichki mahsulot – mamlakatda bir yil davomida ishlab chiqarilgan
jami pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor qiymati.