Loyixa smeta qiymatining oshish riski
–
loyihalash jarayonidagi xatolar,
pudratchilarning resurslardan samarali foydalanishni ta’minlay olmasligi, loyihani
amalga oshirish shartlarini o’zgarishi va boshqalar sababli kelib chiqadigan risklar.
Loyiha hujjatlari
- ishchi hujjatlarni ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan
arxitektura-shaharsozlik echimlari va texnik echimlarni, qurilishning smeta
qiymatini o’z ichiga oluvchi hujjatlar. Loyiha hujjatlari tasdiqlangan texnik-
iqtisodiy asoslash asosida ishlab chiqiladi;
Mamlakat riski
– bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo’lib, uning mazmuni
shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari
va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va xatto
loyihani barbod bo’lishiga olib kelishi mumkin. Davlatning siyosati bilan bog’liq
mamlakat risklarini shartli ravishda ikkita guruhga bo’lish mumkin: siyosiy va
iqtisodiy mamlakat risklari.
Do'stlaringiz bilan baham: |