- materiallar (asosan, o’zgaruvchan xarajatlar), ya’ni xom ashyo, asosiy va
yordamchi ishlab chiqarish materiallari, ehtiyot qismlar;
- ishchi kuchi (ishlab chiqarishdagi xodimlar);
- ishlab chiqarish elementlari va mehnatning turlariga bog’liq holdagi
doimiy yoki o’zgaruvchan xarajatlar;
- umumishlab chiqarish ustama xarajatlari (ya’ni, doimiy xarajatlar).
Amortizatsiya xarajatlari - bu har yillik sof daromad (foyda
va zararlar
hisoboti) hisobotida aks etuvchi ajratmalar va ular asosiy kapitalning ishlab
chiqarishda ishlatilishi xarajatlari holida emas, aksincha, investitsion faza
mobaynidagi real pul chiqimi uchun amalga oshiriladi. Ular o’zlarini ishlab
chiqarish yoki investitsiya xarajatlari sifatida namoyon etadilar.
O’z navbatida, sof real pul oqimi sof daromadlar to’g’risidagi hisobotlarda
keltirilgan sof foydadan (soliq to’langandan keyingi) hisoblansa, amortizatsiya
ajratmalari qayta qo’shilishi lozim.
Amortizatsiya ajratmalari qanchalik yuqori bo’lsa, soliqqa tortiladigan
daromad shunchalik past bo’lishi va daromaddan olinadigan soliqqa muvofiq real
pul chiqimi shunchalik kam bo’lishi sababli, amortizatsiya xarajatlari sof real pul
oqimlariga kuchli ta’sir etadi. Xarajatlar tarkibiva uning loyihafoydaligiga
(investitsiyalar foydasi va tegishlicha aktsiyador kapitali foydasi) ta’siri to’g’risida
tasavvurga ega bo’lib, TIAdagi xarajatlarning turli xil elementlarining o’zarota’siri
3-ilovada keltirilgan.
Real pul oqimini tahlil qilish uchun har yilgi xarajatlarni hisoblash etarlidir,
lekin texnik-iqtisodiy asoslash uchun mahsulot ishlab
chiqarishga nisbatan sotish
baholari bilan taqqoslashni engillashtirishda nisbiy xarajatlarni ham aniqlash zarur.
Bir turdagimahsulot ishlab chiqaruvchi korxona loyihalari uchun nisbiy xarajatlar
tayyorlangan mahsulotlar soniga ishlabchiqarishxarajatlarini bo’lish yo’li bilan
hisoblab topiladi.
Bunday foyda yig’indisi bilvosita va ustama xarajatlarni, ya’ni aniq bir
mahsulotga bevosita bog’liq bo’lmagan xarajatlarni qoplash uchun xizmat qiladi.
Nisbiy ustama xarajatlarni aniqlash uchun hisoblashning oddiy
usuli - bu turli xil
foiz ustamalari yordamida ishchikuchigaqilingan bevosita nisbiy xarajatlar va
materiallarga qilingan bevosita nisbiy xarajatlarning moddalari bo’yicha ustama
xarajatlarningtaqsimlanishi. Ishlab chiqarishdagi xarajatlarni hisobga olishdagi
ustamalar turli davlatlarda turlichadir. Davom etuvchi loyiha uchun ustamalar
o’tgan yilgi ma’lumotlarga asoslanadi.
Ishlab chiqarish va marketing xarajatlari
bevosita va bilvosita
xarajatlargabo’linishi lozim.To’g’ri xarajatlar bevosita mahsulot birligiga taalluqli
bo’lib, ishlab chiqarish xodimlari va ishlab chiqarish materiallariga qilinadigan
xarajatlar ko’rinishida aks ettiriladi.
Egri xarajatlarni (ishlab chiqarish va boshqaruv xarajatlari, shu jumladan,
boshqaruvchilar va xodimlarni nazorat qiluvchilarning ish haqi,
aloqa vositalari
xarajatlari va boshqalar) mahsulotning aniq birligiga bevosita olibborishmumkin
emasligi sababli ularni,avval,xarajatlar markazi bo’yicha taqsimlashga,so’ngra
xarajatlar hisobini bajaruvchi bo’linmalar tomonidan aniqlangan ustama yordamida
ishlab chiqarishning ustama bahosiga kiritishga to’g’ri keladi.
Bevosita va bilvositaxarajatlar orasidagi chegaralanishlar xarajatlar
moddalari va xarajatlar markazi o’rtasidagi aloqani ko’rsatish uchun belgilanadi.
Bupaytda ishlab chiqarish hajmi va xarajatlar moddalari o’rtasidagi
aloqa
o’zgaruvchanlik (yoki o’zgarmaslik) kabi tavsiflanadi.
YUNIDO qo’llanmasida kutilayotgan nisbiy sotish bahosidan o’zgaruvchan
nisbiy xarajatlarni chiqarib tashlash va so’ngra qolgan foydani ishlab chiqarilgan
mahsulot birligi miqdoriga ko’paytirish usuli qo’llaniladi.
Yillik foyda ushbu davr mobaynida yuzaga keluvchi barcha xarajatlarni,
shuningdekinvestorlar tomonidan taqdim etilgan etarlicha ortiqchalikni (ortiqcha
chiqimni) qoplash uchun etarli bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: