6.10 O’zini – o’zi rostlash va o’zini – o’zi tashkil qilish
6.11 O’zini – o’zi boshqarish
Adabiyotlar: 1, 14, 27, 30, 35, 36.
Tayanch iboralar: avtotroflar, allo, veresk, gipotetik,
gomeo, dis-diz, klimaks, migratsiya, morfologiya, neogen,
oligotsen, paleogen, pens, pleystotsen, pliotsen, regress,
rezistentli, sekretsiya, sintez, sinuziya, statika, stoxastik,
substantsiya, substrat, suktsessiya, takson, taksomaniya,
topografiya, transformatsiya, utilitar, fluktuatsiya, to’rtlamchi
davr, emerjentlik, epikontinental
6.1 Umumiy tushunchalar.
Yuqorida qayd etilganidek,
barcha tabiiy hududlarni tizim sifatida qarash mumkin. L. fon
Bertalanfi bo’yicha (1969), tizim – bu o’zaro harakatdagi
elementlar majmuasidir. Tizimdagi elementlarning o’zaro harakati
uning faoliyatidan dalolat beradi. Tabiiy tizimlar ierarxik
tuzilishga ega, ya‘ni har bir tizim bir - necha tashkiliy sathlardan
iborat bo’lib, pastdan yuqoriga qarab murrakkablashib boradi.
Agar daraxtni mustaqil tizim deb qarasak, uning to’qimasi eng
quyi sathi hisoblanadi, keyingi sathi esa daraxtning bargi,
shoxidir, eng yuqori sathi – daraxtning o’zidir. Biosfera ancha
murakkab va yuksak darajada tashkil etilgan tizim bo’lib
hisoblanadi.
A.M.Ivlyov (1986) bo’yicha tizimning faoliyati bu tashqi
muhit ta‘siriga javoban tizimda paydo bo’ladigan reaktsiyalar
misollarga mezazoy va kaynazoy chegarasida qirilib ketgan
reptilitlar o’rniga, ekologik makonni faol egallagan sut
emizuvchilar turlarining paydo bo’lishini keltirish mumkin.
Yerni to’liq geologik tarixida, organizmlar, ekotizimlar
hamda biosfera, murakkab tomondan miqdor va sifat o’zgarishiga,
xilma-xillikning ko’payishiga uchradi. Agar
fanerozoygacha
bo’lgan vaqtda faqat dengiz ekotizimlari ma‘lum bo’lgan bo’lsa,
endi yuqori paleozoyda to’la quruqlik ekotizimlari paydo bo’lgan.
Kelajakda shubhasiz, ekotizim evolyutsiyasinig o’ziga xos
«geneologik daraxti»ni tuzish mumkin bo’ladi. Bu «daraxtning»
ko’pgina shohlari «qurigan», ya‘ni mushkul ahvolda ekanligi bilan
tavsiflanadi. Masalan, bo’r davrigacha dominanti bir ho’jayrali
ohakli suv o’ti bo’lgan –kokkolitlar va juda kichik Protozoa
turidagi hayvonlar bo’lgan.
Bir muncha barqaror evolyutsiya deb, namli tropik
o’rmonlar ekotizmlarini hisoblash mumkin, chunki u o’zgarsa ham
hozirgi vaqtgacha barqaror mavjud (hamda ekvatorial va
subekvatorial geografik kenglikdagi boshqa ekotizimlar). Bu
tizimning qadimgi o’xshashlari, Yerda paleozoy erasi boshlangan
paytdan mavjud. Hattoki, ularning muz davrida yo’qolib
ketganligi to’g’risida bironta ham ma‘lumotlar yo’q. Aksincha,
isish davrida ular erib, qutb kengligida ko’paygan. Antraktida va
Shpitsbergenda
toshko’mir
qazilma
konida
issiksevar
ў
simliklarning qoldirgan izi bu to’g’ridagi ma‘lumotlarni
tasdiqladi. Ekotizimning qadimiyligi haqida, ekvatorial yomg’irli
va tropik nam bargi to’kiladigan o’rmonlar hamda fauna va
ayniqsa, floralarning (50 ming turdan ortiq) xilma-xilligidan
dalolat beradi.
Geologik era va davrlar almashinishi, ilgari ma‘lum
bo’lmagan ekotizimlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Tayga va
cho’l ekotizimlari faqat kaynazoyda (neogen davri) mavjud bo’lib,
ular na mezozoy, na paleozoyda ma‘lum bo’lmagan. Chamasi,
paleozoy erasining oxirida chuqur suv botig’ining ekotizimi paydo
bo’ldi. Yer tarixida muz davri arktika va subarktikada
biotoplarning tundra turini keng rivojlanishiga imkon yaratdi
(tundraga xos serob gulli o’simliklar va sut emizuvchi faunalar
faqat kaynazoy erasining oxirida paydo bo’ldi).
7.11 Ekogenez
. Ekotizim evolyutsiyasi ekogenez deb ham
83
118
www.qmii.uz/e-lib
www.qmii.uz/e-lib
yig’indisi bo’lib, tizimning ichki xususiyatlarini o’zgarishiga uni
o’zining rivojlanishi olib keladi. Bizningcha, A.M.Ivlev
qarashlarida ko’p chalkashliklar bor. Birinchidan, tizim mavjudligi
va faoliyatini olsak, ekotizim faoliyat qilmasdan oddiygina
mavjud bo’lishi mumkin emas, faoliyat ko’rsatmasa ekotizim
mavjudligini yo’qotadi. Ikkinchidan, ekotizimda tashqi ta‘sirga
javoban reaktsiya paydo bo’lishini asoslab berish mumkin emas.
Iqlim, quyosh energiyasi, tuproq, jinslar, relef va boshqalarni
tashqi omillar deb qarash mumkin. Lekin bu omillarni biz
ekotopga (biotop) beogeotsenozning bir qismi sifatida
birlashtiramiz. Biogeotsenoz yoki ekotizimga nisbatan ular
nafaqat tashqi, balki ichki omil hisoblanadi. Faraz qilaylik, bu
omillar ekotizimga ta‘sir qilmay qo’ysa nima bo’ladi? Ma‘lum bir
vaqt ekotizim faoliyatini davom etkazadi. Masalan: o’txo’r
hayvonlar o’simlik qoldiqlaridan, yirtqich-konsumentlar esa ular
bilan oziqlanadi. Shunday qilib tashqi ta‘sir ekotizimni
qo’zg’atuvchi yagona sabab emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |