114.Konservatsiya –
(lotincha conservatio - saqlash) –
korroziyadan himoya qilishning texnik tadbiri, rivojlanishini
vaqtincha to’xtatish (3-bob).
115.Konsortsium
– (lotincha consortium) – sheriklik, jamoa (7-
bob).
116.Konsumentlar –
(lotincha consumo – iste‘mol qilaman) –
organik moddalarning iste‘mol qilishi uchun oziqa zanjiri
hisoblangan organizm va barcha geterotrofli organizmlar (4-6-
boblar).
117.Kontekst –
(lotincha contextus – birlashtirish, aloqa) – yozma
yoki og’zaki nutqning (matnning) nisbatan tugagan bo’lagi
(kirish).
118.Kontinuum –
(lotincha continuum) – uzluksiz (7-bob).
119.Kontseptsiya –
(lotincha conseptio– tushunish, tizim) – biron
bir hodisani izohlash (talqin qilish), tushunishning aniq usuli. Uni
yoritish uchun boshqarish g’oyasi muhim o’rin tutadi (kirish).
Do'stlaringiz bilan baham: |